V. Mashq bajarish.
1. Tovus— tovuq, etik—eshik, stol—stul, etak—etik so'zlari aytib turib yozdiriladi.
O'quvchilardan so'raladi: — Bu so'zlarni talaffuz qilganimizda (ayt-ganimizda) ular bir-biridan nima bilan farqlanadi? (Tovush bilan.) Shu so'zlarni yozganimizda ular bir-biridan nima bilan farqlanadi? (Harf bilan.) So'z ma'nosini o'zgartirayotgan harfning tagiga chizing.
2. 13- mashqni bajarish.
3. Mustaqil yozma ish: «Kim ko'p so'z tanlaydi?» O't so'zi beriladi. O'quvchilar yozuvda faqat bitta harf bilan farqlanadigan so'z tanlaydilar (o 't—ot—it).
Toy, don so'zlari bilan ham analogik ish o'tkaziladi (toy—soy—choy— joy—moy—loy— boy; don—non—kon —jon).
4. 14- mashqni og'zaki bajarish.
VI. Darsni yakunlash.
— Darsda nimalarni bilib oldingiz? Talaffuz qiladigan so'zlarimiz nimalardan tuziladi? Tovushlar yozuvda nimalar bilan belgilanadi? Harf nima?
VII. Uyga vazifa. 15- mashq.
Dostları ilə paylaş: |