Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Sana:________ Tershirildi:______________ 8- DARS



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə10/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Sana:________ Tershirildi:______________ 8- DARS

Mavzu. Unli tovushlar va harflar. 25-27-mashqlar.

Maqsad. A) ta’limiy: Unli tovushlarni alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilish, unli harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish;

B) tarbiyaviy: o'z Vataniga muhabbatni tarbiyalash.

D) rivojlantiruvchi: so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini tekshirish.

Darsning jihozi: darslik, plakat va tarqatmalar, rasmlar.

Darsning uslubi: aralash: savol- javob, test, amaliy ish.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Tozalikni tekshirish;

Darsga tayyorgarlik.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. Unli tovushlar va hatflar haqidagi ko'nikmalami o'stirish.

1. I tovushini so'z boshida aniq, undoshdan so'ng kelganda qisqa talaffuz qilinishini, ammo har ikkala holatda ham i harfi yozilishini kuzatish. 25- mashq.

2. I va e harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish. 26- mashq.

3. So'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.

— Muhiddin Omon she'riy topishmoqlarini o'qing. Javobini toping va yozing.

Qo'ng'ir boshi ichida

Yashiringan alanga.

Ishlatmangiz behuda

Bermangiz yosh-yalangga.

(Gugurt)


Yer ostida qatormiz,

Sizni kutib yotarmiz.

Uvol qolib ketmaylik,

Qaynatsangiz shakarmiz.

(Lavlagi)

Topishmoqning javobi bo'lgan narsa nomini to'g'ri yozish uchun shu so'zni to'g'ri talaffuz qilishni unutmang.

III. O'quvchilar unli harflarni to'g'ri yozishni qanday bilib olgan-liklarini tekshirish uchun lug'at diktant yozdirish.

Lug'at diktant.

Baho, vazifa, lavlagi, kombayn, burgut, urug', qo'shiq, o'rik, inoq, bilim, sinf, ekin, behi.

IV. Darsni yakunlash.

V. Uyga vazifa. 27- mashq.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin