Sana:________ Tershirildi:______________ 18- DARS
Mavzu. Sirg'aluvchi j tovushi.
Maqsad. Sirg'aluvchi j tovushi haqidagi tasavvurni aniqlash, shu tovushli so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va yozish ko'nikmasini shakllantirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
43-mashq shartiga ko'ra bajariladi.
II.Sirg'aluvchi j tovushi va uni harf bilan ifodalash.
1. Ajdar, ajdaho so'zlarini tovush-harf tomonidan tahlil qilib, j tovushini ajratish va talaffuzini tushuntirish. (J tovushi tilning old qismi bilan milk va yuqori jagiar ishtirokida havoning sirg'alib o'tishi natijasida hosil bo'ladi.)
2. Sirg'aluvchi undosh tovush bilan portlovchi undosh tovushning bir harf bilan ifodalanishi haqida 1- sinfda berilgan bilimni yodga tushirish.
Havoni og'izda to'siqqa uchrab sirg'alib o'tishi bilan hosil bo'lgan tovush ishtirok etgan gijda,jurnal so'zlari va portlab o'tish bilan hosil bo'lgan jo'ja, jiyda so'zlari talaffuz qildirilib, sirg'aluvchi undosh tovush - j va portlovchi undosh tovush - j taqqoslanadi. Xulosa chiqariladi: ikkita tovush, ya'ni jo'ja, jiyda so'zlaridagi j undosh tovush va ajdar,jurnal so'zlaridagi j undosh tovush bitta j harfi bilan yoziladi (ifodalanadi).
3. Sirg'aluvchi undosh tovush haqidagi ko'nikmani shakllantirish.
44- mashqni topshiriqlari tartibida birgalikda bajarib, ajdar, ajdaho so'zlaridagi ikkinchi tovush ham j harfi bilan ifodalanishi (yozilishi) haqida ko'nikma hosil qilinadi.
III. O'quvchilarda so'zlarni taqqoslash va so'z ma'nosini farqlash ko 'nikmasini o 'stirish.
45- mashq (og'zaki). O'quvchilar so'zlarni o'qib, ma'nosini aytadilar va so'z ma'nosini farqlagan undosh harfni aniqlaydilar.
IV. Darsni yakunlash.
— Bu darsda nimalarni bilib oldingiz? (O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar. O'qituvchi ularga ikki undosh tovush bitta undosh harf bilan ifodalanganini yodda tutishni ta'kidlaydi.)
V.Uyga vazifa. 45- mashq (yozma).
Dostları ilə paylaş: |