Sana:________ Tershirildi:______________
26- DARS
Mavzu. Diktant tahlili. Xatolar ustida ishlash. O'rganilganlarni mustahkamlash mashqlari.
Maqsad. Xatolar ustida ishlash ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
I. Diktantning umumiy natijasi bilan tanishtirish.
1. O'qituvchi diktantning umumiy natijasini qisqa tushuntiradi. (O'quvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashda xatosiz yozilgan, 1—2 xatoga, 3—5 xatoga, 6 va undan ortiq xatoga yo'l qo'yib yozilgan ishlarni belgilab olgan bo'ladi.)
Xatosiz va chiroyli yozilgan ishlar ko'rsatiladi va egalari rag'bat-lantiriladi.
2. Qaysi so'zlarda ko'proq xatoga yo'l qo'yilgan? (Ko'pchilik o'quvchi xato bilan yozgan so'zlar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib tayyorlanadi va o'quvchilarga ko'rsatiladi.)
II. Guruhlarga ajratib tayyorlangan xatolar ustida ishlash.
1. Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlash.
2. Kishilarning ismi va hayvonlarga qo'yilgan nomda bosh harf.
3. So'zdagi harflami tushirib qoldirish va o'rnini almashtirib yozish.
4. Ng, ch, sh harf birikmasi va tutuq belgisi bilan yoziladigan so'zlar.
Gapni kichik harf bilan boshlagan, kishilar ismi va hayvonlarga qo'yilgan nomda harf birikmali va tutuq belgili so'zlarni yozishda xatoga yo'l qo'ygan o'quvchilar o'sha gapni, xato yozilgan so'zlarni to'g'rilab yozadilar. Boshqa o'quvchilar tutuq belgisi va harf birikmasi bilan yoziladigan 4—6 so'z tanlab yozadilar. Yozganlarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar.
III. Mantiqiy mashq.
— Bular nimaligini bilib oling va mazmunga mos so'zlarni qo'yib gaplarni yozing.
1. Choynak, piyola — ....
2. Chumchuq, qaldirg'och —... .
3. It, mushuk — ....
4. Sabzi, bodring — ... .
Qo'yish uchun so'zlar: qushlar, idishlar, sabzavotlar, hayvonlar.
O'quvchilar yozganlarini mustaqil tekshiradilar yoki daftarlarni o'zaro almashtirib tekshirishlari ham mumkin.
IV. Rasmga qarab 2—3 gapli matn tuzish. Matnni yozish. Tekshirish.
V. Tarqatma materia liar bilan ishlash.
VI. Darsni yakunlash.
— Darsda nimalarni o'rgandik? Xatolar ustida qanday ishladik?
VII. Uyga vazifa. Hatf birikmalari va tutuq belgisi bilan yoziladigan ikkitadan so 'z yozish.
O'ZBEK ALIFBOSI
Bu mavzuni o'rganishda ikki maqsad ko'zda tutiladi: 1. Tovushning belgisi boigan harflar haqidagi o'quvchilar bilimini aniqlash, ularni har bir harfni to'g'ri aytishga va uning alifbodagi o'rnini bilishga o'rgatish. 2. Hayotiy vaziyat talab qilganda (masalan, o'quvchilar ro'yxatini tuzishda, kutubxonada kitob tanlashda, «Lug'at»dan foydalanishda) o'quvchilarda alifbodan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
Mavzuni o'rganish bilan bir vaqtda, o'quv yili davomida o'rganiladigan imlosi qiyin so'zlar ustida ishlash davom etadi.
Dostları ilə paylaş: |