Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Sana:________ Tershirildi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə26/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Sana:________ Tershirildi:______________

TUTUQ BELGIS1 ( ' ) 23- DARS

Mavzu. Tutuq belgisi. 55-57-mashq

Maqsad. Tutuq belgisi so'zdagi unli tovushdan oldingi undosh tovushni shu undosh tovushdan ajratib aytilishini, unlidan keyin kelib, shu unli tovushni cho'ziqroq aytilishini bildirishi, uning so'z ma'nosini farqlashda ahamiyati haqidagi bilimlarni shakllantirish, taqqoslash ko'nikmasini o'stirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II.Tutuq belgisining vazifasi, so'z ma 'nosini farqlashdagi ahamiyatini tushuntirish, taqqoslash ko'nikmasini o'stirish.

1. O'qituvchi xattaxtaga ikki ustun shaklida quyidagi so'zlarni yozib qo'yadi:

sa'va sava

she'r sher

qal'a qala

sur'at surat

Bu so'zlarni o'quvchilar diqqatini jalb qilgan holda o'qituvchi o'qib ko'rsatadi. Shu so'zlar bir necha o'quvchiga o'qitilib, tutuq belgili so'zlarni to'g'ri o'qish mashq qildiriladi.

Tutuq belgili so'zlarni to'g'ri o'qish, ya'ni so'zdagi tutuq belgisi oldida kelgan unli tovushni cho'ziqroq aytilishini va tutuq belgisidan oldin kelgan undosh tovushni keyin kelgan unli tovushdan ajratib aytilishi zarurligi uqtiriladi.

2. O'qituvchi: «Ustun shaklida berilgan so'zlarni o'zaro taqqoslab, ma'nosidagi farqni aniqlang», topshirig'ini berib, o'quvchilarni o'ylashga majbur qiladi.

Suhbat yordamida tutuq belgisining so'z ma'nosini farqlashdagi ahamiyati birgalikda aniqlanadi.

— Sa 'va so'zi nimani bildiradi? Sava deganda nimani tushunasiz?

Siz she 'r nimaligini bilasiz. Ko'p she'rlarni yodlagansiz. Sher so'zi nimani bildiradi? kabi savollar beriladi.

O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi, tutuq belgisini qo'ymay xatoga yo'l qo'yilsa, butunlay boshqa ma'no bildiradigan so'z hosil bo'lishini tushuntiradi.

O'quvchilar shu so'zlar ishtirokida bir necha gap tuzadilar. (Og'zaki.)

III. Darslik bilan ishlash.

1. 55- mashqni bajarish.

2. 56- mashqni topshiriqlari tartibida og'zaki va yozma bajarish.

IV. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz?

V. Uyga vazifa. 57- mashq.





Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin