Sana:________ Tershirildi:______________
20- DARS
Mavzu. Matnni savollar yordamida og'zaki va yozma qayta hikoyalash (bayon).
Maqsad. Matn qismlarini o'zaro bog'lash, harbirqismni xatboshidan boshlab yozish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Darsning maqsadi bilan tanishtirish.
- Bu darsda siz darslikda berilgan matnni o'qib, savollar asosida qayta hikoyalashga, imloviy tayyorgarlikdan so'ng shu matnni yozishga o'rganasiz.
III. Matn ustida ishlash. 50- mashq.
1. Matnni o'qituvchi (yoki o'quvchiiardan biri) ifodali o'qib beradi. Matn yuzasidan suhbat o'tkaziladi:
- Bolalar qayerdan kelayotgan edilar? Ular nimani ko'rib qolishdi? (O'quvchiiardan biri yoki ikki o'quvchi o'qib, gapirib beradi.)
- Ular buzoqni qanday ushlashdi? (Matnning ikkinchi qismini o'quvchiiardan biri o'qiydi va gapirib beradi.)
- Kim bolalarga rahmat aytdi? (O'quvchiiardan biri o'qib, javob beradi.)
2. Matnni savollar asosida qayta hikoya qilish.
Matnga berilgan savollar xattaxtaga yozib qo'yiladi. Matnni o'quvchilarning o'zlari o'qishlari va savollarga javob berishlari tushuntiriladi.
Matnni o'qituvchi yana o'qib beradi. Darslik yoptiriladi.
3. Matnga sarlavha tanlash.
O'quvchilar matn mazmunidan kelib chiqib, birgalikda «Epchil bolalar», «Buzoq va bolalar», «Davron aka minnatdor bo'ldi», «Davron aka rahmat aytdi» kabi sarlavhalarni tanlashlari mumkin.
IV. Sarlavhani qo'yib, uch bo'limli matnni yozish.
1. Imlo ustida ishlash.
Rahmat, yugurib, epchillik, Davron kabi so'zlarning yozilishi tushuntiriladi va xattaxtaga yozib qo'yiladi.
2. Kitobni yoptirib, matnni yozish yo'lini tushuntirish.
Sarlavhalardan biri - «Davron aka rahmat aytdi» tanlanadi va sanadan keyingi qatorga yozdiriladi.
O'quvchilar avval birinchi savolni o'qiydilar, javoblarini xatboshidan boshlab yozadilar va yozganlarini tekshiradilar (oldin xattaxtadan birinchi savolni o'qiydilar, keyin yozgan javoblarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar, yo'l qo'ygan xatolarini to'g'rilaydilar). Ikkinchi va uchinchi savollarga javoblar ham shu tartibda yozib, tekshiriladi. Zarur o'rinlarda o'qituvchi ayrim o'quvchilarga yordam beradi.
Daftarlar tekshirish uchun yig'ib olinadi.
V. Darsni yakunlash.
- Darsda nimalarni bilib oldingiz?
VI.Uyga vazifa. 51- mashq.
Dostları ilə paylaş: |