k 3 –sinf Ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari
1- nazorat ishi. Diktant
Kitob o`qish qoidasi
Kitob o`qiyotganda uni g`ijimlamang.Kitobni yotib o`qish zararli. Kitob- ni yorug`lik chap tomondan tushadigan joyda o`qing.Uni ko`zga yaqin ush-lab o`qimang.Ko`zingiz toliqadi.Kitobni buklash yaramaydi.Kitobingizda hamisha xatcho`p bo`lsin.Kitobni nomi va muallifini yozib borishga o`rga-ning. ( 39 ta so`z)
Topshiriq: Matnda nechta gap bor? Bu gaplar qanday gaplar deyiladi?
2- nazorat ishi. Diktant
Shotut
Shotut yirik bargli ko`p hosil beradigan daraxtdir. Shotut sekin o`sadi. U ko`pincha, yo`l chetlariga ekiladi.
Mevasi yozda sharbatga to`ladi. Uning xususiyatlari haqida olim va tabib-lar ko`p fikrlar aytishgan. Shotut shifobaxsh xususiyatga ega. U kuzgacha meva beradi, bargi pilla qurtiga ozuqa bo`ladi. ( 42 ta so`z)
Topshiriq: Harf birikmalari qatnashgan so`zlarni aniqlang.
3- nazorat ishi. Diktant
Bahodir
Bahodir ikkinchi sinfda o`qiydi, u o`z vaqtida dars tayyorlagani uchun yaxshi o`qiydi.Bahodir a`lochi. Darsdan so`ng dam oladi, ovqatlanadi. So`ng dars tayyorlashga o`tiradi. Avval matematikadan berilgan masalalarni yaxshi o`ylab, to`g`ri bajaradi. Keyin yozuvdan berilgan vazifaga kirishadi. Rasm darsida berilgan topshiriqlarni ham yaxshi bajaradi. ( 44 ta so`z)
Topshiriq:Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so`zlarni tagiga chizing.
4- nazorat ishi. Diktant
Ob-havo taqvimi
Biz ob-havo taqvimi yuritamiz O`qituvchimiz turli belgilar qo`yishni o`rgatadi. Har kuni haroratni o`lchaymiz. Bu havoda qanday o`zgarish bo`-lishini aniq bilishga tordam beradi.
Har oyning oxirida kuzatganlarimizga yakun chiqaramiz. Yog`inli va ochiq kunlarni belgilaymiz. Bu ishlarni biz qiziqib bajaramiz. [42 ta so’z]
Topshiriq: Matnda nechta gap bor ? Bular qanday gap.
5- nazorat ishi.
Test.
-
Nutq nimalardan tuziladi? A) gaplardan. B) so’zlardan. D) bo’g’inlardan.
-
Gap nimalardan tuziladi. A) bo’g’inlardan. B) so’zlardan. D) tovushlardan.
-
Noto’g’ri fikrni belgilang. A) matn nutqning yozma shakli. B) matn gaplardan tuziladi. D) matnda gaplar mazmun jihatdan bog’lanmaydi.
-
Ikki yaproq bir tanda, kezar yozda chamanda. Ajratib ko’rsatilgan so’zga yaqin ma’noli so’z toping. A) novda. B) barg. D) kurtak.
-
Darak Talaba,qizil, bog’bon,chaqmoq,stol,kitob. Ushbu so’zlardan shaxs nomini bildiruvchi so’zlarni toping. A) qizil,chaqmoq. B) stol,kitob. D) talaba,bog’bon.
-
Qanday so’zlar kim nima so’rog’iga javob bo’ladi? A) saxs narsaning nomini bidirsa. B) shaxs narsaning belgisini bildirsa. D) shaxs narsaning harakatini bildirsa.
-
Berilgan xususiyatlardan qaysi biri unli tovushlarga xos emas. A) havo to’siqqa uchramaydi. B) bir unli tovush bo’g’in xosil qila oladi. D) unli tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi.
-
Harflarning tartib bilan joylashishi qanday nomlanadi? A) so’z. B) alifbo. D) gap.
-
Alifboda nechta harf bor? A) 23ta. B) 29ta. D) 30ta.
-
Kun-tun so’zlardagi qaysi tovush ma’noni o’zgartiryapti? A) k,t. B) n. D) u.
-
gap nima? A) biror narsa voqea xaqidagi xabrni bildirgan gap. B) biror narsa haqidagi so’rash maqsadini bildirgan gap. D) buyurish,maslahat,iltimos mazmunini bildirgan gaplar.
-
His-hayajon gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) nuqta. B) so’roq. D) undov.
-
Qanday gapning oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi. A) dark gap. B) so’roq gap. D) his-hayajon gap.
-
Buyruq gapni belgilang. A) kapalaklar guldan gulga qo’nardi B) sen sportning qaysi turiga qiziqasan D) chiroyli yozishni mashq qilgin.
-
Dilban.,farzan.. ushbu so’zlarda qaysi undoshlar tushurib qoldirilgan? A) d,t. B) d,d. D) t,t.
-
B,g,z jarangli undoshlarining jarangsiz juftini toping. A) x,p,q. B) p,k,s. D) f,h,ch.
-
Childirmakash so’zi qaysi javobda to’g’ri bo’g’inga ajratilgan? A) chil-dirm-akash. B) chil-dir-makash. D) chil-dir-ma-kash.
-
Oyim mazali ovqat pishirdi. Belgini bildirgan so’zni toping. A) oyim. B) mazli. D) pishirdi.
-
Harf birikmalarini yozing. __________________________.
-
Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozing. _________.
-
Ko’ngil so’zini bo’g’inga ajrating._____________________.
-
Ikkita tovush bildirgan harfni yozing.___________________.
-
Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?_________________________________.
-
Baland so’ziga zid ma’noli so’z yozing,________________.
-
Yonma-yon kelgan bir xilundoshli so’zlardan misol yozing.______________________________________________.
6- nazorat ishi. Diktant
Qushlar bizning do`stimiz
Biz tog` yonbag`rida yashaymiz. Tog`da qushlar ko`p bo`ladi. Bu yer ular uchun shavqin va xatardan xoli. Lekin bahor va kuzgi jala ularni bezovta qiladi. Biz qushlar uchun in yasadik. Inlarni ko`rinarli joyga o`rnatdik. Qush-
lar beozor yashamoqdalar. Palaponlari ham katta bo`lib qoldi. Qushlar bizning do`stimiz. ( 46 ta so`z)
Topshiriq: 1,2,5 gaplarning bosh bo`laklarini belgilang.
7- nazorat ishi. Diktant
Alisherning quyonlari
Alisherning akalari quyon boqar edilar. Alisher ham bir juft quyon olib keldi. Otasi quyonlarga uycha yasab berdi. Oradan bir yil o`tdi. Alisher to`rt-tinchi sinfga ko`chdi. Uning quyonlari esa yigirmatadan oshib ketdi.Quyon-lardan o`ntasini jamoa xo`jaligiga topshirdi. Xo`jalik raisi unga rahmat aytib, velosiped sovg`a qildi. ( 47 ta so`z)
Topshiriq:Birinchi gapdagi so`zlarning o`zaro bog`lanishini bering
chizmada ko`rsatib.
8-nazorat ishi. Bayon,
Aqlli bog’bon
Reja
1.Bo`gbonning o`g`illariga vasiyati.
2.Bog`bon olamdan ko`z yumdi.
3.Oltin- mehnatda.
9-nazorat ishi. Test.
-
Sarg’aygan barglar yerga to’kildi. Gapning kesimini toping. A) barglar. B) yerga. D) to’kildi.
-
Ega qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim, nima?. B) nima qildi, nima qilyapti? D) qanday,qanaqa?
-
Gapning asosiy mazmuni qaysi bo’laklar orqali anglashiladi? A) bosh bo’laklar. B) ikkinchi darajali bo’laklar. D) kesim.
-
Ikkinchi darajali bo’laklar gapda qanday vazifani bajaradi? A) gapning asosiy mazmunini tashkil qiladi. B) gapning mazmunini to’ldiradi. D) gap tuzishda foydalaniladi.
-
So’zlarni o’qing va ulardan gaplar tuzing.Yayrab,bog’chada, o’smoqdalar,kichkintoylar. A)Bog’chada yayrab o’smoqdalar kichkintoylar. B)Kichkintoylar o’smoqdalar yayrab bog’chada. D)Kichkintoylar bog’chada yayrab o’smoqdalar.
-
Kutubxonachi javonlarni yangi kitoblar bilan boyitdi.Gapning egasini toping. A)javonlarni. B)kitoblar. D)kutubxonachi.
-
Dalalarda yig’im-terim ishlari boshlandi.Gapning ikkinchi darajali bo’lagini toping. A)dalalarda, yig’im-terim. B)yig’im-terim, ishlari. D)dalalarda,ishlari.
-
Gapda so’zlarning bog’lanishi nimalar yordamida aniqlanadi? A) so’roqlar yordamida. B) So’zlar yordamida. D) tinish belgilar yordamida.
-
Asos deb nimaga aytiladi? A) asosdosh so’zlar uchun umumiy qism asos deb ataladi. B) bir xil so’roqqa javob bo’lgan so’zlar asos deb ataladi. D) bir xil ma’no anglatgan so’zlar asosdir.
-
Yangi ma’noli so’z hosil qiladigan qo’shimchalar qanday ataladi? A) so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar. B) ko’plik manosidagi qo’shimchalar. D) so’z yasovchi qo’shimchalar.
-
So’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan so’zni toping. A)e’tiborsiz. B) binoga. D) daladan.
-
“G’alla” so’ziga qaysi qo’shimchani qo’shib yangi soz hosil qilish mumkin? A) –chi. B) -kor. D) –don.
-
So’z qismlaridan qaysi biri doimo ishtirok etadi? A) asos. B) so’z yasovchi qo’shimcha. D) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha.
-
Qanday so’zlar asosdosh so’zlar deb ataladi? A) ma’no va shakl jihatdan umumiy qismga ega bo’lgan so’zlar. B) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha qo’shilgan so’zlar. D) ma’nosi bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar.
-
So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qanday vazifani bajaradi? A) gapda so’zlarni o’zaro bog’laydi. B) yangi manoli so’z hosil qiladi. D) narsaning kimga tegishli ekanini aniqlab beradi.
-
So’z o’zgartuvchi qo’shimchasi bor bo’lgan so’zni toping. A) kutubxonaga. B) guldon. D) sinfdosh.
-
Yolg’onchi .. rost so’zi ham yolg’on. Nuqtalar o’rnigsa kerakli so’z o’zgartuvchi qo’shimchani qo’ying. A) ning. B) ni. D) ga.
-
Bog’bondan so’zining asosini toping. A) bog’bon. B) bog’. D) dan.
-
So’z yasovchi qo’shimchalarni yozing. _______________.
-
So’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni yozing. _____________.
-
Suv so’ziga so’z yasovchi qo’shimcha qoshib yangi so’zlar hosil qiling. _________________________________________.
-
Gapning asosi qanday chizma bilan belgilanadi? ________.
-
Tutuq belgisi qatnashgan so’zlardan misollar yozing. _____.
-
“Osmon” so’ziga yaqin ma’noli so’z yozing. ____________.
-
Baland so’ziga qarama-qarshi ma’noli so’z yozing. _______.
10- nazorat ishi. Diktant
Bularni hamma bilishi kerak
Baxtsiz hodisalar uyda, maktabda, safarda,ko`chada ro`y berishi mum-kin. Bunday paytda birinchi yordam berishni bilish kerak. Odam yaralan-ganda darhol bog`lab qo`yish kerak. Agar elektr toki ursa, tokni tezda uzib, simni yog`och bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan odam nafas olmasa, sun`iy nafas oldirish kerak. ( 47 ta so`z)
Topshiriq: So`zlarni o`zaro bog`lovchi qo`shimchalar qatnashgan so`zlarni
aniqlang.
11- nazorat ishi. Diktant
Qorli tog`
Yakshanbada Chimyonga bordik. Sovuq aytarli qattiq emas. Qalin qor yog`gan. Tog` cho`qqisini pag`a-pag`a bulutlar qoplagan. Quyosh bulutlar orasidan nur sochmoqda.
Tog` etagidagi tepalikda chana uchayotgan bolalarni va katta yoshdagi kishilarni ko`rdik.Yigit va qizlar tog` cho`qqisi tomon ko`tarilmoqda. Ular chang`ida pastga tushadilar. [45 ta so’z] Topshiriq:Birlikda va ko`plikda kelgan otlarni aniqlang.
12-nazorat ishi, Diktant
Mehnat darsida
O`qituvchimiz Ra`no Sultonova mehnat darsida bizga gul tikishni orgat-dilar. Ular oq matoga atirgul va binafsha rasmlarini qalamda chizib berdi-lar.Ignaga ip o`tkazishni kim tez bajarishini kuzatdilar.Munavvar birinchi bo`lib ipni ipnaga o`tkazdi.Ra`no Sultonova oldin odmi iplarni,keyin esa och rangli iplarni ishlatishni tushuntirdilar. Biz mehnat darsida matoga gul tikishni o`rgandik. ( 52 ta so`z)
Topshiriq:Kim? nima? So`rig`iga jav Kimob bo`lgan so`zlarni aniqlang .
13-nazorat ishi, Test.
-
Ot so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? . A) qanday?, qanaqa? B) kim?, nima? D) nima qildi?, nima qilyapti?
-
Sifat so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qanday?,qanaqa?. B) kim?, nima?. D) nima qildi?, nima qilyapti?
-
Fe’l so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qanday?,qanaqa?. B) kim?, nima? D) nima qildi?, nima qilyapti?
-
Tabiat xodisalarini bildiruvchi otlarni belgilang. A) bo’yoqchi, paxta, farzand. B) yomg’ir, chaqmoq, bo’ron. D) cho’pon, poyezd, soatsoz.
-
Nima so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni toping. A) qalam,ruchka,kitob. B) o’quvchi, karam, dehqon. D) qush,bog’bon, tarvuz.
-
Ko’plikdagi ot ishtirok etgan gapni belgilang. A) O’quvchi topshiriqni to’g’ri bajardi. B) Ayvonga qaldirg’och in qurdi. D) Kutubxonada kitoblar saqlanadi.
-
Ot yasovchi qo’shimchani toping. A)-la, -illa. B) –li,-siz,-dor. D)-chi,-kor,-dosh.
-
Sifat yasovchi qo’shimcha qatnashgan so’zlarni belgilang. A) sharafli. B) paxtazor. D)ishchi.
-
Fe’l turkumiga oid so’zlarni belgilang. A) kuladi. D) yoqimli. D) buvimga.
-
Berilgan so’zlardan gap tuzing. Osmonda,yulduzlar,bepoyon, ko’rindi. A) Ko’rindi yulduzlar bepoyon osmonda. B) Yulduzlar osmonda bepoyon ko’rindi. D) Bepoyon osmonda yulduzlar ko’rindi.
-
Nuqtalar o’rniga sifat yasovchi qo’shimchalar yoziladigan gaplarni belgilang. A) Bulbul juda yoqim.. sayraydi. B) Yozda men shahar… yshadim. D) Tongda hovli… chiqdim.
-
Asosi boshqa bo’lgan so’zni belgilang. A) yozuvchi. B) yozma. D) yovuz.
-
Gapda nechta fe’l borligini aniqlang. Rizamat ota tokni qirqish,homtok qilish, oziqlantirish,turli tok navlarini o’stirish va parvarish qilishni yaxshi biladi. A) 3ta. B) 5ta. D) 6ta.
-
Tartibni bildirgan son ishtirok etgan gapni toping. A) Oilamizda ikki qiz,to’rt o’g’il edik. B) Tovuq yeti hazinaning biri. D) Alisher Navoiy o’n beshinchi asrda yashagan.
-
Sanoq son ishtirok etgan gapni belgilang. A) Akam oltinchi sinfda o’qiydi. B) Yigit kishiga yetmish hunar ham oz. D) Sakkizinchi dekabr Konstitutsiya bayrami.
-
Sifatlar gapda qaysi so’z turkumiga bo’g’lanadi. A) otga. B) fe’lga. D) songa.
-
Qanday otlar bosh harf bilan yoziladi? A) kishilarning ismi va familiyasi. B) shahar nomlari. D) a va b to’g’ri.
-
Qaysi gapda ma’no jihatdan bo’g’lanmagan so’z ishtirok etgan? A) Bodom daraxti oppoq gulladi. B) Bog’imizda qovun,tarvuz kabi shirin mevalar pishdi. D) Chumolilar mehnatkash hasharotlardir.
-
Son qanday so’roqqa javob bo’ladi? ______________________.
-
Tartib sonning qo’shimchasini yozing. ____________________.
-
So’roq gap tuzing. _____________________________________.
-
Gapning egasiga qanday chiziq chiziladi? ___________________.
-
Tort bo’g’inli so’z yozing. _______________________________.
-
Tovushlarning yozuvdagi ifodasi nima? ____________________.
-
Bugun go’zal tabiat yanada ko’rkamlashgan. Kesmni toping. ___.
14- nazorat ishi. Diktant
Tugmacha qo`ng`iz
Bolalar chiroyli qo`ng`izcha ushlab olishdi.Uning boshi qop-qora. Qanot-larida esa qip-qizil xollari bor. U qo`rqib , qimirlamay yotardi.
Uni tugmacha qo`ng`iz yoki xonqizi ham deyiladi. Tugmacha qo`ng`iz ju-da foydali. U barglarga tushgan shirani yeydi.Bolalar tugmacha qo`ng`izni tomosha qildilar, so`ng uni gulga qo`ndirdilar. Qo`ng`iz qanot qoqdi va uchib ketdi. ( 52 ta so`z)
Topshiriq:Sifatlarni belgilang.
15-nazorat ishi. Diktant
Shifobaxsh danaklar
O`qituvchimiz shaftoli danaklarini yig`ishimizni aytdilar. Bu yil shaftoli hosili mo`l bo`ldi. Har birimiz bir qopdan danak yig`dik.
Hammamiz yig`gan danak besh yuz kilodan oshdi. Biz ularni dorilar tayyorlaydigan markazga topshirdik. Shaftoli danagidan bosh miya faoliya-tini yaxshilaydigan dori tayyorlanar ekan.
O`qituvchimiz biz yig`gan danaklar ko`plab bemorlarni tuzatishga yordam beradi, dedilar. ( 51 ta so`z)
Topshiriq:Sonlarni belgilang.
16- nazorat ishi. Diktant
Ipak qurti
Ko`klamda ipak qurti boqish boshlanadi.Ipak qurti tut daraxtining bargi bilan boqiladi. Avval qurtlarga mayda qirqilgan barglar beriladi.
Qurtlar tez o`sib, po`stlariga sig`may qoladilar. Keyin eski po`stlarini tashlaydilar. Yangi po`stga o`raladilar. So`ng ular dastalarga pilla o`rashga kirishadilar. O`ralgan pillalar dastalardan terib olinadi.Ipaklardan qimmat-baho matolar to`qiladi. ( 48 ta so`z)
Topshiriq:Fe`llarni belgilang.
17-nazorat ishi. Diktant
Qishlog`imiz bog`i
Maktabimiz yaqinida katta mevazor bog` barpo qilindi. Bog`da turli me- vali daraxtlar o`sadi.Yozda mevalar pishadi. Daraxtlarning shoxlari mevalarning ko`pligidan egiladi.
Mevalar pishgach, ular terib olinadi. Bolalar ham yig`im-terimda yordam beradilar.Mevalar maxsus idishlarga joylanib, mashinalarga yuklanib, sha-harlarga jo`natiladi.
Kuzda bog` o`zgarib ketadi. Daraxtlarning barglari sarg`ayib, asta-sekin to`kila boshlaydi. ( 52 ta so`z)
Topshiriq:Fe`llarni belgilang.
18-nazorat ishi. Bayon
Bizning oila
Reja
1.Biz oilada besh kishimiz.
2. Oilada hammaning o`z ishi bor.
3. Uy ishlarida onamga yordam beraman.
19- nazorat ishi. Diktant
Bahorgi ishlar
Bepoyon dalalarda yana traktorlar guvillaydi.Ekish ishlari boshlanadi. Mart oxiri, aprel boshlarida chigit ekiladi. Bu ish maxsus mashinalarda baja-riladi.
Shuningdek, bu oyda bug`doy, arpa, suli yerdan unib chiqadi.
Ariq va hovuzlar tozalanadi. Daraxtlar tagi yumshatiladi. Toklar ochilib, so`rilarga ko`tariladi.
Piyoz, kashnich kabi ko`katlar sepiladi. Rayhon, jambil,xina kabi o`simliklarning ko`chatlari o`rqaziladi. ( 53 ta so`z)
20- nazorat ishi. Test.
-
Son so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qancha?, nechta?. B) qanday?, qanaqa?. D) kim?, nima?.
-
Sonlar necha turda yoziladi? A) harflar bilan. B) raqamlar bilan. D) harflar va raqamlar bilan.
-
Tartib son qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qancha?. B) nechanchi? D) nechta.
-
Texnika kishilar yumushini yengillashtiradi. Ajratib ko’rsatilgan so’z qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) nima qildi? B) nima qilyapti? D) nima qiladi?.
-
Kuchli shamol yaproqlarni qattiq silkitdi. Ushbu gapda nechta sifat qatnashgan? A) uchta. B) to’rtta. D) ikkita.
-
Bo’lishli fe’llarni ko’rsating. A) salomlashdi. B) yodlamadi. D) pishirmadi.
-
Bo’lishsiz fe’lning qo’shimchasini toping. A) –im. B) –ma. D) –lar.
-
Harakatning bajarilganligini bidirgan so’zlar qatorini belgilang. A) bordi,o’qidi,terdi,yozdi. B) aytmadi,kutmadi,bermadi,kulmadi. D) pishirdi,qolmadi, tikdi, indamadi.
-
Chegarachi Vatanimizni qo’riqlaydi. Bosh bo’laklarni belgilang. A) chegarachi. B) qo’riqlaydi. D) chegarachi qo’riqlaydi.
-
Nuqtalar o’rniga fe’l yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’ying. Elektr quvvatidan, suvdan, gazdan tejab foyda…ning. A) –illa. B) –la. D) –ulla.
-
Nuqtalar o’rniga u harfi yoziladigan so’zni belgilang. A) m…kofot. B) x…rmon. D) k…tob.
-
Qushcha sayrar o’ z tilda,Qizcha boqadi hayron.
Qizcha kuylar o’z tilida. Qushcha boqadi hayron.
Berilgan she’riy parchadan bo’lishsiz fe’lni toping. A) sayrar. B) boqadi. D) bo’lishsiz fe’l yo’q.
-
Fe’lning tagiga nechta chiziq chiziladi? A) bir chiziq. B) ikki chiziq. D) to’lqinli chiziq.
-
Bog’bon toklarning ortiqcha novdalarini qirqadi. Ushbu gapdan ikkinchi darajali bo’lagini toping. A) bog’bon qirqadi. B) novdalarni qirqadi. D) toklarning ortiqcha novdalarini.
-
Ikkinchi darajali bo’laklar gapda qaysi bo’lakka bog’lanib keladi? A) ega va kesimga. B) egaga. D) kesimga.
-
Qaysi tovushlar bo’g’in hosil qiladi? A) undosh. B) unli. D) harf birikma.
-
Ega deb nimaga aytiladi? A) gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildiradigan bo’lak. B) shaxs nomini bildirgan bo’lak. D) narsa nomini bildirgan bo’lak.
-
O’quvchilar sport bilan muntazam shug’ullanadilar. Ajratib ko’rsatilgan so’zga so’roq bering. A) nima? B) kim? D) kimlar?
-
Meva so’ziga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib asosdosh so’zlar hosil qiling. ____________________________________.
-
Ko’plik qoshimchasini yozing._______________________.
-
Suhbatlashdi fe’lini bo’lishsiz fe’lga aylantiring. _________.
-
So’z o’zgartuvchi qo’shimchaning belgisini ko’rsating. ____.
-
Harf birikmalarni yozing. __________________________.
-
Jarangli undoshlarni yozing. _________________________.
-
Bilimdon so’ziqa qarama-qarshi ma’noli so’z yozing. _____.
3-sinf O`qish fanidan nazorat ishlari namunalari
1- nazorat ishi. Yod aytish
“O`zbekiston ” she`ri
2- nazorat ishi. O’qish tezligi
“Vatanni suymak”
3- nazorat ishi, O`qish tezligi
“Danakvoy”
4- nazorat ishi. Yod aytish
Xalq og`zaki ijodidan maqollar, topishmoqlar.
5-nazorat ishi. Test
-
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qachon qabul qilingan? A)1991-yil 1 –noyabr. B)1991-yil 31-avgust. D)1991-yil 1-oktabr.
-
“Mustaqillik kuni” bayramini belgilang. A)31-avgust. B)2-sentabr. D)1-sentabr.
-
“To’tiyo” so’zining lug’aviy ma’nosini aniqlang. A)aziz,myqaddas. B)belgi,nishon. D)qadrli,baxtli.
-
Men shu yerda ulg’aydim,Vatanimni sevaman.Kerak bo’lsa yurt uchun jonimni ham beraman.Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan? A)P.Mo’min “Mustaqillik ahillikdan”. B)Orif To’xtash “Ozbekiston. D)Miraziz A’zam “Vatan”.
-
Nima uchun Vatan onaga qiyoslanadi? A)ona kabi mehribon. B)ona kabi issiq bag’riga oladi. D)aAva B javoblar to’g’ri.
-
“Vatan yolg’iz bizning mulkimiz emas.Mozorda yotgan otalarimiz va endi tug’ilajak avlodlarimizning bu muborak tuproqda haqlari bordir… “ Bu kimning gaplari? A)Chingizxon. B)Og’uzxon. D)Jaloliddin.
-
“Ona Vatanim!Senga fidodir jon-u tanim.Bugun sen ozodsan,mustaqilsan…”Ushbu parcha qaysi matndan olingan? A)Muhabbat Hamidova “Ona Vatan”. B)Maxsud Shayxzoda “Toshkentim-onam”. D)Aziz Abdurazzoq “Vatanni syymak’.
-
“Botir mergan va chaqimchi”ertagida Botirni podshohga kim chaqadi? A) Botir. B) Mergan. D) chaqimchi.
-
“Halolllik” ertagida kambag’al dehqon yer haydayotib nima topib oldi? A) bir hum tilla. B) xazina. D) tilla sandiq.
-
“Qaysar buzoqcha” masalida buzoqcha nima uchun bo’friga yem bo’ldi? A) ochko’zligi uchun. B) qaysarligi uchun. D) o’yinqaroqligi uchun.
-
Usti yosh, osti tosh, to’rt oyoqli bitta bosh. Topishmoqning javobini toping. A) yong’oq. B) tosh. D) toshbaqa.
-
“Botir mergan va chaqimchi” ertagida podshox botir merganni qanday mukofotlaydi? A) bir xum tilla beradi. B) to’n kiygazib, ovulga oqsoqol etib tayinlaydi. D) yarim davlatini beradi.
-
“Oltin kuz” matni qaysi manbadan olingan? A) ensiklopediyadan. B) yilnomadan. D) hadisdan.
-
Mahmud Murodovning “Olma” nomli hikoyasi necha qismdan iborat? A) ikki. B) bir. D) uch.
-
Mehrjon bayrami qaysi faslda nishonlanadi? A) Yoz. B) kuz. D) bahor.
-
“Mehnating-…”. Ushbu maqolni davom ettiring. A) baht keltirar. B) xor qilmas. D) zebu ziynating.
-
“Vaqting ketdi, naqding ketdi” maqoli qaysi hikoyada berilgan? A) Qo’riqchining sabog’i. B) mehrjon sayli. D) bebaho boylik.
-
Kim tushida tipratikon va quyonni ko’rdi? A) dehqon. B) bog’bon. D) bobo.
-
Kuzda qysi mevalar pishadi? _________________________________.
-
Kuzda qaysi qushlar ssiq o’lkalarga uchib ketadi? ________________.
-
Sanjarning koptogi kimning oldiga bordi? _______________________.
-
Sanjar qanday bola edi? _____________________________________.
-
To’ravoy ishtirok etgan asarning nomini yozing.__________________.
-
Chumchuqning “chirq-chirq” degani nima degani? _______________.
-
“Donishmand yigit” ertagida otaning maqsadini qaysi o’g’il to’g’ri yushundi? _________________________________________________.
6-nazorat ishi. O’qish tezligi.
“ Xazonchinak”
7- nazorat ishi. O’qish tezligi
“Yosh hakim”
8-nazorat ishi. Yod aytish
“Qor “
9-nazorat ishi. Test.
-
Toshkentning qadimiy nomlarini toping. A) Choch. B) Toshqal’a. D) Toshminor. E) barcha javoblar to’g’ri.
-
“Hech bir farzand otasining haqqini to’la o’tay olmaydi”. Ushbu so’zlar qaysi rivoyatdan olingan? A) “Mehnatkash qiz”. B) “Yosh hakim”. D) “O’g’lon. E) Dono yigit.
-
Alpomishning haqiqiy ismini toping. A) Boybo’ri. B) Boysari. D) Qultoy. E)Hakimbek.
-
Jaloliddin Manguberdi kim bo’lgan? A) Xorazmshox o’g’li. B) mo’g’ullarga qarshi kurashgan sarkarda. D) xalq qahramoni. E) barcha javoblar to’g’ri.
-
Hakimbek olti yoshida kimga shogirdlikka berildi? A) Boybo’riga. B) Qosim merganga. D) Shokir otaga. E) Ibn sinoga.
-
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? A) 1992-yil –dekabr. B) 1992-yil 10-dekabr. D) 1992-yil 21-oktabr. E) 1992-yil 2-mart.
-
“Kitob hikoyasidan” qanday xulosa chiqarish mumkin? A) nodonlik boshga kulfat keltiradi. B) oqllik bahtli hayot bahsh etadi. D) donolikning kaliti kitobda. E) barcha javoblar to’g’ri.
-
“Qish” matni qaysi manbadan olinga? A) ensiklopediya. B) yilnoma. D) lug’at kitob. E) tabiatshunoslik.
-
Safar Barnoyev “Bosh kitob” she’rida bosh kitob deb qaysi kitobni nazarda tutadi? A) o’qish kitobi. B) matematika. D) konstitutsiya. E) huquq kitobi.
-
“Qish bo’lmasachi” matnida Sanobarning oyisi ismini toping. A) Salima xola. B) Muruvvat opa. D) Malika opa. E) onasini nomi aytilmagan.
-
Otsh Xolmirzayevning “Qish zavqi” she’ri qanday boshlanadi. A) qish juda ham ajoyib. B) Qish zavqini totaman. D) ariqlarda shisha muz. E) qishning momiq choponi.
-
“B iday cho’lu dalalar, bo’ralar qor kapalak”. Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan? A) “Yangi yil archasi”. B)” Qish zavqi”. D) “Bosh kitob”. E)”Ayamajiz”.
-
“Ko’k maysalar nish urib …” keying misrani davom ettiring. A) yerning baland pastida. B) go’zal bahor serkillab. D) yetilar qor ostida. E) hamma javoblar to’g’ri.
-
Jaloliddin Manguberdida yigit kishiga xos bo’lgan qanday fazilatlar bor? A) mardlik, sabrlilik. B) g’urur, or-nomus, jasorat. D) shoshqaloqlik,dushmanni mensimaslik. E) a va b to’g’ri.
-
“O’g’lon” rivoyati qaysi asrdan olingan. A) “Qirq hadis”dan. B) o’zbek xalq ertagi. D) “Kalila va Dimna”dan. E) “Asotir va rivoyatlar”dan.
-
“Bola Alisher” hikoyasida Alisherning otasi kim? A) G’yosiddin kichkina. B) Mansur. D) Husayn. E) Ali qushchi.
-
“Qish zavqi” she’rida qish fasliga qanday ta’riflar beriladi? A) “Ko’chalar oppoq”. B) “Hammayoq yam-yashil”. D) “Ariqlarda muz”. E) a va d to’g’ri.
-
“Bola Alisher” qissasidagi quyidagi ta’rif kimga tegishli? “Ustida uzun yaktak,katta salla, oyog’ida mahsi kovush”. A) Alisherga. B) G’iyosiddinbekka. D) Domullaga. E) bunday ta’rif berilmagan.
-
“Chana” hikoyasida Farhoddan chanani birga uchishni so’ragan bolalar ismini yozing. _______________________.
-
Ongimizda nur sochar, sirlar eshigin ochar. Topishmoqni javobini toping. ______________________________________.
-
“Qaysar buzoqcha” masali mazmuniga mos maqol yozing._.
-
Dadasi Erkinni kimnikiga olib bordi? __________________.
-
Qaysi asarda Boqi degan bola haqida yozilgan. __________.
-
Kichkintoylar kuylashib atrofingda aylanar. Egningdagi chiroqlar kech kirganda tovlanar. Shoir nima haqida yozgan? ____.
-
“Qish ertagi” qahramonlarini yozing.___________________.
Dostları ilə paylaş: |