Sana:________ Tershirildi:______________
19- DARS
Mavzu. H va x tovushli so'zlarning talaffuzi va yozilishi.
Maqsad. H va x tovushlarining talaffuzini taqqoslash, shu tovushli so'zlarning yozilishi haqidagi ko'nikmani, rasmlarga qarab shakli o'zgartirib berilgan matnni asl holiga keltirish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
46-mashq topshirig'iga binoan bajariladi..
H va x tovushlarining to'g'ri talaffuzi ustida ishlash.
1. Hosil va xato kabi ikki so'zni tovush tomonidan tahlil qilib, h va x tovushlari alohida-alohida talaffuz qilib ko'rsatiladi va o'quvchilarga ham talaffuz qildirilib, talaffuzi qiyoslanadi, bo'g'iz tovushi — h yumshoq talaffuz qilinishi, chuqur til orqa tovushi — x esa qattiqroq talaffuz qilinishi tushuntiriladi.
2. 47- mashq topshiriqlari tartibida birgalikda bajarilib, asosan h harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasi shakllantiriladi.
III. Shakli o'zgartirib berilgan matnni rasmga qarab asl holiga keltirish ko 'nikmasini o 'stirish. 48- mashq.
O'quvchilar rasmlarni ko'rib, gaplarni o'qiydilar.
— Birinchi rasmda nima tasvirlangan? (Xurshid avtobusda oyna oldida o'tiribdi.) 2- rasmda-chi? (Avtobusga bir ayol chiqdi.) Xurshid nima qildi? Ayol nima dedi?
Mashqning keyingi topshirig'i o'qitiladi.
O'quvchilar gaplarni o'qib, avval birinchi rasmga oid 2- gapni, keyin ikkinchi rasmga oid (1-, 3-) gaplarni aniqlaydilar.
— Matn nechta bo'limdan tuzilgan ekan?
(Matn ikki bo'limdan tuzilgan.) O'quvchilar oxirgi savolga («Birgap bilan ayting: Xurshid nima qildi?») javob beradilar. Matn mazmuniga mos sarlavhalar topadilar: «Aqlli bola», «Xurshid — odobli bola», «Ayol rahmat aytdi». O'qituvchi sarlavhalardan birini tanlab qo'yib, awal birinchi bo'limga oid gapni xatboshidan boshlab, keyin ikkinchi bo'limga oid gaplarni xatboshidan boshlab matnni yozishni tushuntiradi. O'quvchilar matnni mustaqil yozadilar.
IV. Darsni yakunlash.
- Darsda nimalarni bilib oldingiz? (O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar. O'qituvchi javoblarni umumlashtiradi.)
V. Uyga vazifa. 49- mashq.
Dostları ilə paylaş: |