Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Sana:________ Tershirildi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə31/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Sana:________ Tershirildi:______________

28- DARS

Mavzu. So’z o’yini. So'zlarni alifbo tartibida yozish.66-69-mashqlar.

Maqsad. O'quvchilarda alifbodan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

1. 65- mashqning qanday bajarilganini ko'rib chiqish va o'qitib tekshirish.

2. Alifboni sakkizinchi harfgacha yoddan o'qitish.

3. Alifbo so'zini aytib turib yozdirish.

II. Alifbodan foydalanish ko 'nikmasini shakllantirish uchun og 'zaki mashq.

1. Alifboni takrorlash: a dan o gacha bo'lgan harflar tartibini puxta o'zlashtirishni mashq qilish.

«Nima uchun alifboni bilish muhim? Bu bilimdan qayerlarda foydalanishingiz mumkin?» deb so'raladi. O'quvchilarning javobi qisqa umumlashtiriladi.

2. Kitoblarni alifbo tartibida qo'yish. O'qituvchi sinf kutubxonasidagi to'rtta yoki beshta kitobni beradi, o'quvchiiardan biri ularni alifbo tartibida joylashtiradi.

3. «Kim tez bajaradi?» o'yini.

O'qituvchi uch o'quvchini xattaxtaga chiqaradi va har qaysisiga beshtadan harf beradi.

Topshiriq. Harflarni alifbo tartibida qo'yish.

III. Alifbodan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish uchun yozma mashq.

1. 66-68- mashqlardan tanlab bajarish.

2. Imlosi qiyin so'zlarni alifbo tartibida aytib turib yozish: vazifa, jahon, zavod, mashina.

IV. Darsni yakunlash.

— Nimani bilib oldingiz? Alifbodan qayerlarda foydalanishingiz mumkin?

V. Uyga vazifa. 69- mashq. Harflar nomini bilish.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin