Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Sana:________ Tershirildi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə33/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Sana:________ Tershirildi:______________

30- DARS

Mavzu. Matnni og'zaki va yozma qayta hikoyalash. (Bayon.)

Maqsad. Matnni qayta hikoya qilish; ma'lum tayyorgarlikdan so'ng uni berilgan reja asosida yozma shakllantirish ko'nikmasini o'stirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. Darsning maqsadi bilan tanishtirish.

— Sizlar matnni savollar yordamida qayta hikoya qilishni va ma'lum tayyorgarlikdan so'ng matnni rejaga qarab yozishni bilasiz. Bu darsda siz «Yaxshilik» mavzusidagi matnni avval savollar yordamida qayta hikoya qilib berasiz, birgalikda tayyorgarlik ko'ramiz va reja asosida bayonni yozasiz.

— Ayting-chi, bayonni yozishda nimalarga ahamiyat berasiz? (O'qituvchi o'quvchilar javobini qisqa umumlashtiradi, har bir bo'limni xatboshidan boshlashni, gaplarni, kishilar ismini bosh harf"bilan boshlab yozishni unutmaslikni; bayonni yozib bo'lgach, albatta, tekshirishni uqtiradi.)

Yaxshilik

Erkin ko'chada o'ynab yurardi. U qo'shnisi Pirmat boboning kelayotganini ko'rdi.

Bobo shirinso'z edi. Erkin boboni sevardi.

Erkin boboning oldiga yugurib bordi. Boboning qo'lidan tugunchani oldi, uylarigacha kuzatib qo'ydi.

Pirmat bobo Erkinga rahmat aytdilar.

Reja

1. Ko'chada o'ynab yurgan Erkin kimni ko'rdi?

2. Erkin boboni nima uchun sevardi?

3. U nima qildi?

4. Kim Erkinga rahmat aytdi?

III. Bayonni yozishga tayyorlash.

1. Matnni o'qituvchi o'qib beradi. (Zarur bo'lsa ikkinchi marta o'qib berishi mumkin.)

2. Xattaxtaga yozib qo'yilgan savollar (reja) yordamida matn o'quv-chilarga qayta hikoya qildiriladi.

3. Imlosi qiyin so'zlar ustida ishlash: yugurib, yurardi, yurar edi kabi so'zlarning yozilishi tushuntiriladi (3—4 so'zni xattaxtaga yozib qo'yish mumkin).

IV. Bayonni yozish.

1. O'quvchilar birinchi qatorga sanani. ikkinchi qatorga sarlavhani yozadilar.

2. Rejaning birinchi savolini o'qiydilar va unga javobni xatboshidan boshlab yozadilar.

3. O'quvchilar yozganlarini tekshiradilar: xattaxtadan birinchi savolni qayta o'qiydilar, yozgan javoblarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar, yo'l qo'ygan xatolarini to'g'rilaydilar.

Keyingi bo'limlarni ham shu tartibda yozib tekshiradilar.

4. O'quvchi bayonni yozib bo'lgach, matnni rejaga qiyoslab yana bir bortekshiradi.

V. Darsni yakunlash. Daftarlar tekshirish uchun yig'ib olin




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin