Sana:________ Tershirildi:______________
32- DARS
Ona tili va o'qish materiallaridan foydalanilgan holda o'tkaziladigan yaxlitlashtirilgan dars.
Mavzu. Kuz.
Maqsad. O'quvchilarda tabiat fasllariga muhabbat tuyg'ularini tarbivalash; ona tilidan olingan bilimlarni mustahkamlash. Darsning borishi.
I. Darsni tashk.il etish; dars maqsadini e 'Ion qilish.
II. Tabiat fasllari haqida suhbat.
- Tabiatda nechta fasl bor?
- Ularni tartibi bilan sanang.
- Siz qaysi faslni ko'proq yoqtirasiz? Nima uchun?
- Nima uchun kuz faslini oltinga qiyoslashadi? Bu haqdagi sizning fikringiz.
- Kuz tabiatini so'z bilan tasvirlab bering.
III. «O'qish kitobi» (2- sinf) darsligi bilan ishlash.
- Darslikda «Kuz» matni berilgan. Matnni o'qiymiz. (Matn o'qilib, mazmuni so'zlatiladi.)
- Kuz tasviri berilgan rasmga qarang va so'zlab bering.
IV. Ona tilidan olingan bilimlarni mustahkamlash.
1- topshiriq. Matnda nechta gap bor? Birinchi gapda nechta so'z bor?
2- topshiriq. Birinchi gapni ko'chiring. Unli harflar tagiga bitta, undosh harflar tagiga ikkitadan chiziqcha chizing.
3- topshiriq. Matndan harf birikmalari ishlatilgan so'zlarni toping, daftaringizga yozing, harf birikmalarining tagiga chizing.
4- topshiriq. Matnda berilgan qushlar nomini alifbo tartibida yozing.
V. Dam olish lahzasi.
VI. Bajarilgan topshiriqlar ko 'rib chiqiladi. Fikrlashiladi.
VII. Ijodiy fikrlash mashqi.
Topshiriq: ko'zingizni yuming. Xayolan kuz bilan «suhbatlashing». «Suhbatingizni» so'zlab bering. (Javoblar tinglanadi, xulosalanadi.)
VIII. Darsni yakunlash.
IX. Uyga vazifa. Kuzda tabiatda bo 'ladigan o 'zgarishlar haqida yozib kelish.
Dostları ilə paylaş: |