Sana:________ Tershirildi:______________
29- DARS
Mavzu. So’z va matn.70-72-mashqlar.
Tovushlar va harflar haqidagi bilimlarni umumlashtirish.
Maqsad. Alifbodan foydalanish ko'nikmasini o'stirish, so'zni tovush-harf tomonidan tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Alifbodan amaliy foydalanishga oid og'zaki mashqlar.
1. N dan u gacha bo'lgan harflar tartibini ayttirish.
2. Alifboni ikki-uch o'quvchiga bir-birini davom ettirgan holda ayttirish.
3. O'yin: «Kim tezroq bajaradi?»
Har bir qatordan bittadan o'quvchi tanlanib, uy hayvonlari nomi yozilgan 4—5 tadan kartochka beriladi.
Vazifa: so'zlarni alifbo tartibida joylashtirish.
So'zlar: 1) sigir, qo'y, it, tuya; 2) quyon, buzoq, echki, mushuk; 3) ot, go'zichoq, bo'taloq, kuchukcha.
O'yinda yutgan qator rag'batlantiriladi.
III. Alifbodan amaliy foydalanishga oid yozma mashqlar.
70-71- mashqlar topshiriqlari tartibida bajariladi.
IV. So'zni tovush-harf tomonidan tahlil.
So'zni to'g'ri yozish uchun so'zdagi har bir tovushni yaxshi eshitish va yozuvda qaysi harf yoki harf birikmasi bilan yozilishini bilish zarur. Bu darsda biz so'zni tovush-harf tomonidan quyidagi tartibda tahlil qilishni o'rganamiz. So'zning tovush-harf tomonidan tahlil rejasi.
1. So'zda nechta bo'g'in bor?
2. Tovushlar nechta?
3. Harf birikmasi qaysi tovushni bildiradi?
4. Harflar nechta?
5. Unli tovushlarni tartibi bilan ayting. Ular qaysi harflar bilan belgilangan?
6. Undosh tovushlarni tartibi bilan ayting. Undosh tovushlar qaysi harflar bilan ifodalangan?
Tahlil uchun so'zlar: quyosh, singil, havo.
V. Darsni yakunlash.
— Darsda nimalarni o'rgandingiz?
VI. Uyga vazifa. 72- mashq. Alifboni takrorlash.
Dostları ilə paylaş: |