12. Shahar, qishloq, ko’cha va daryo nomlari qanday yoziladi?
13. Nodir, Yo’lchi, Naima so’zlari qanday so’roqqa javob bo’ladi?
14. Ot tuyadan ….
15. Gap nima?
16. Matn nima?
17. 14- yanvar qanday bayram?
18. 1-oktabr qanday bayram?
VI.Uyga vazifa: takrorlash.
II CHORAK
Sana:-------.2016
NUTQ. MATN. GAP
37-dars
Mavzu. Bo'g'in — so'zning qismi. 73-77-mashqlar
Maqsad. So'zning talaffuzda bo'linadigan qismi bo'lgan bo'g'in haqida o'quvchilar tasavvuriga aniqlik kiritish; so'zdagi bo'g'inlar sonini unli tovushlar soniga qarab ajratish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Lug’atishi
O'qituvchi so'z ifodalagan ma'noni izohlab aytadi, o'quvchilar u qaysi so'z ekanini topadilar.
1. — Biror vazifani navbati kelganda bajaradigan odam, masalan, sinfning tozaligiga qaraydi. (Navbatchi.)
O'qituvchi so'z yozilgan kartochkani ko'rsatadi, o'quvchilar yozadilar.
2.— Maktabda mashg'ulotlar o'tkaziladigan xona. (Sinf.) Shu so'z yana qanday ma'nod a ishlatiladi? (Bir sinfda o'qiydigan o'quvchilar.) Bolalar javob bera olmasalar, o'qituvchi sinf so'zi shu ma'noda ishlatiladigan gap aytib (Bizning sinf barcha ishda ilg'or.), shu gapda bu so'z qaysi ma'noni bildirayotganini so'raydi.
— Turlicha ma'no bildiradigan sinf so'zi bilan gaplar tuzing. (Bu vazifa o'qituvchi yordamida bajariladi.)
O'quvchilar navbatchi, sinf so'zlarining imloviy xususiyatini tushuntiradilar (navbatchi so'zining birinchi bo'g'inidagi unli ba'zan o talaffuz qilinadi, ammo doim a harfi yoziladi; sinf so'zidagi i unlisi qisqa talaffuz qilinadi, bu so'z sinif snif kabi talaffuz qilinadi, ammo doim bir xilda sinf yoziladi.) O'qituvchi lug'at ishini qisqa xulosalaydi:
— Har bir so'z ma'no bildiradi, ya'ni har bir so'zning o'z ma'nosi bor. O'zbek tilidagi juda ko'p so'zlar bitta ma'noni emas, balki bir necha ma'noni bildiradi (vatan, mamlakat, diyor).
III. Darsning maqsadini aytish.
— Biz bugungi darsda so'zni talaffuz qilganimizda, u so'z qanday qismlarga bo'linishi haqida bilib olamiz. Vatan so'zini talaffuz qiling. Talaffuzda bu so'z qanday qismlarga bo'linadi? (Va-tan.) Shu talaffuzda bo'lingan so'zning qismlari nima deb ataladi? (Bo'g'in.) Bu darsda biz «Bo'g'in nima?», «So'zda nechta bo'g'in borligini qanday bilamiz?» savollariga birgalikda javob topamiz.
IV. Bo'g'in haqidagi bilimlarni umumlashtirish. Maz'kurbilimlarni ikki variantda umumlashtirish mumkin.
1- variant. Darslik bilan ishlash.
73- mashq birgalikda ishlatiladi: o'quvchilar so'zlardan gap, bo'g'inlardan so'z tuzib yozadilar; quyidagi savollarga javob beradilar:
— So'zlardan nima tuzilar ekan? (Gap.) Gap nimalarga bo'linadi? (So'zlarga.) Bo'g'inlardan nima tuzilar ekan? (So'z.) So'z nimalarga bo'linadi? (Bo'g'inlarga.) Gapning qismi — so'z, so'zning qismi nima? (Bo'g'in.) Demak, bo'g'in — so'zning talaffuzda bo'Iinadigan qismi.
74- mashqni ishlab, «So'zda nechta bo'g'in borligini qanday bilamiz?» so'rog'iga javob beradilar va xulosa chiqariladi. Bo'g'in haqidagi qoidani o'qiydilar.
2- variant. 1. Xattaxtaga oldindan bir, ikki va uch bo'g'inli so'zlar yozib qo'yiladi: nok, tok, olcha, olma, shaftoli, olxo'ri. O'quvchilar so'zlarni o'qib, nechta bo'g'inli ekanini aniqlaydilar; birinchi qatorga bir bo'g'inli, ikkinchi qatorga ikki bo'g'inli va uchinchi qatorga uch bo'g'inli so'zlarni yozadilar. Unli harfning tagiga qizil nuqta qo'yadilar.
2. So'roqlar asosida umumlashtirish.
— So'zda nechta bo'g'in bo'lishi mumkin? (Bir, ikki, uch va undan ko'p bo'ladi.)
— So'zda nechta bo'g'in borligini qanday bilamiz? (Bolalar bu so'roqqa javob berishlari uchun birinchi qatorga yozgan bir bo'g'inli so'zlarini o'qish, nechta unli va nechta bo'g'in borligini qiyoslab aytishni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Shunga o'xshash taqqoslash ikki va uch bo'g'inli so'zlar yuzasidan ham o'tkaziladi.)
Xulosa chiqariladi: so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi.
V. So 'zni bo 'g'inlarga bo 'lishni mashq qilish. 98-99- mashqlarni bajarish.
VI. «Yanglishmang» o'yini.
O'qituvchi biror narsani yoki uning rasmini ko'rsatadi. O'quvchilar uning nomini aytadilar va so'z nechta bo'g'inli bo'lsa, o'sha son yozilgan kartochkani ko'rsatadilar.
VII. Uyga vazifa. 77- mashq. Qoidani bilish.
Dostları ilə paylaş: |