Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə45/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A

Sana:-------.2016

39- DARS

Mavzu. Bo'g'in ko'chirish. 83-86-mashqlar.

Maqsad. O'quvchilarni so'zni bo'g'inlab ko'chirish qoidalari bilan tanishtirish; so'zning bir qatorga sig'may qolgan qismini keyingi qatorga bo'g'inlab ko'chirish ko'nikmasini shakllantirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. Darsning maqsadini aytish va so'zni bo'g'inlarga bo'lib ko'chirish qoidasi bilan tanishtirish.

1.Bugun navbatchilar juda yaxshi ishladilar gapi aytib turib yozdiriladi. O'quvchilar ishladilar so'zini bir qatorga sig'dira olmaydilar. So' zni bo'lib yozish zarurati tug'iladi. O'qituvchi bunday holatda'so'zni bo'g'inlarga bo'lib ko'chirish kerakligini aytadi. O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'ladilar, ulardan o'zlariga kerakli variantni tanlaydilar: ish-ladilar, ishla-dilar, ishladi-lar.

- Bugungi darsda biz so'zning bir qatorga sig'may qolgan qismini keyingi qatorga bo'g'inlab to'g'ri ko'chirishni o'rganamiz, — deb darsning maqsadi e'lon qilinadi. O'quvchilardan so'raladi: — Buni bilish bizga nima uchun kerak? Siz qaysi bo'g'in ko'chirish qoidasini ayta olasiz? O'quvchilar: «So'z bir qatordan keyingi qatorga bo'g'inlab ko'chiriladi», deb javob berishlari kutiladi.

2. Kesma harf bilan ishlash.

O'quvchilar (yoki xattaxtaga chiqarilgan o'quvchi) mashina, do'stlik so'zlarini kesma harflardan tuzadilar. So'zlarni awal bo'g'inlarga bo'lib aytadilar, so'ng bo'g'in ko'chirish uchun bo'linadi: ma-shina, mashi-na, do'st-lik.

3. Qoida ustida ishlash.

0' qi, aka nechta bo'g'inli so'z? To'g'ri, ikki bo'g'inli, ammo bularni bo'g'in ko'chirish uchun bo'linmaydi. Nima uchun? Bu savolga javobni darslikdan toping va o'qing.

O'quvchilar bo'g'in ko'chirish qoidasi bilan tanishgach, bo'g'in ko'chirish uchun bo'linmaydigan shu kabi so'zlar aytish topshirig'i beriladi. Ona, ota, aziz kabi bir necha so'zlarni yozdirish maqsadga muvofiq.

III. Bo 'g'in ko 'chirish yuzasidan mashq. 83-84- mashqlar ishlatiladi.

Rebusni topish. 108- mashq. O'quvchilar ayiq yonida q harfi turganini ko'radilar va ayiq so'zidan qayiq so'zini hosil qiladilar; bo'g'in ko'chirish uchun bo'lib yozadilar: qa-yiq. Tovuq rasmi ustiga (') belgisi qo'yilgani uchun tovuq so'zi oxiridagi q harfini olib tashlaydilar va tovuq dumidagi s harfini q harfi o'rniga qo'yib, so'z hosil qiladilar, uni bo'g'in ko'chirish uchun bo'lib yozadilar: to-vus.



IV. Bo'g'in ko'chirish qoidalarini umumlashtirish. O'qituvchi birinchi qoidani aytadi, o'quvchilar misollar keltiradilar, keyingi ikkinchi qoidani ham misollar bilan tushuntiradi.

V. Uyga vazifa. 86- mashq.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin