O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
Sana:-------.2016
47- DARS
Mavzu. Rasmga qarab og'zaki insho. Gaplarning o'rni almashtirib berilgan matnni asl holiga keltirish.
Maqsad. Rasmga qarab matn tuzish ko'nikmasini o'stirish; matndagi gaplarning o'zaro bog'lanishini belgilash.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Rasmlarga qarab hikoya tuzish. 106- mashq.
— Diqqat bilan birinchi rasmni ko'ring. Kimlartasvirlangan? Bolalar qayerdan kelayotirlar?
Aka-ukalar nimani ko'rib qoldilar?
— Endi ikkinchi rasmni ko'ring. Aka-ukalar nima qildilar?
— Uchinchi rasmda nimalar tasvirlangan?
— Bolalarga ism qo'ying. Bolalarga ism qo'yishda oxiri jufti bor undoshlar bilan tugagan so'zlar bo'lishi tayinlanadi. Masalan: Rajab, Habib, Dilshod, Ahad kabi.
— Hikovaga sarlavha tanlang.
— Matnni tuzamiz. Hikoyani qaysi gapdan boshlaymiz?
— Matnni qanday gap bilan tugatasiz?
III. Gaplaming o'rni almashtirib berilgan matnni asl holiga keltirish. (Mashqning 2- qismi.)
— Gaplarni o'qing. Nega matn hosil bo'lmagan? Gaplar o'zaro bog'lanishi va matn (hikoya) hosil bo'lishi uchun gaplarni qanday tartibda qo'yish kerak? Qaysi gap birinchi qo'yiladi?
— Sarlavhani qo'yib, uch boiimli matnni yozing.
— Yozganingizni kitobdan tekshiring. Birinchi gap kimlar haqida aytilgan? Ikkinchi gap nima haqida aytilgan? Uchinchi gap-chi?
IV. Darsni yakunlash.
— Darsda nimalarni bilib oldingiz? Matn nima?
V. Uyga vazifa. 107- mashq.
Dostları ilə paylaş: |