O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
Sana:-------.2016
45- DARS
Mavzu. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlar. 101-102-mashqlar.
Maqsad. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash ko'nikmasini o'stirish; yozishdan oldin tekshirish zarur bo'lgan so'zlar va tekshiruvchi so'z bilan tanishtirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
1. 99- mashqni o'zaro tekshirish (yoki o'quvchilardan biri so'zlarni aniq bo'g'inlab topishmoqni o'qiydi). boplab, toblab, kitob so'zlari oxiridagi b harfi jarangsiz undosh p tovushini bildirishi birgalikda aniqlanadi.
2. — Jufti bor jarangli undosh tovushni bildirgan harfni yozing. Alifbodan foydalaning. (Alifbo sinfda osilgan bo'ladi.) Keyingi yo'lga jarangsiz undosh tovushlarni bildirgan harflarni yozing.
Yozadilar:
— Siz nechta harfni yozdingiz? (15.) Jufti bor undosh tovushlar nechta? (16) Nega harf soni kam?
Jurnal so'zidagi j tovushi va jiyda so'zidagi j tovushi bitta harf bilan yoziladi.
Bu vazifalarni o'quvchilar, albatta, o'qituvchi yordamida bajaradilar.
II. Tekshirish uchun ko 'chirib yozish. 101- mashq.
III. Darsning mavzusini aytish.
— Darslikda berilgan savolni o'qing. («Qaysi so'zlarning yozilishini tekshirish kerak?» savolini o'qiydilar.) Bu darsda siz qaysi so'zlarni yozishdan oldin tekshirish kerakligini bilib olasiz.
IV. So'z oxirida va uniidan oldin kelgan jufti bor undosh tovushlarni taqqoslash. 101- mashq.
Xulosa: so'z oxirida kelgan jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitiladi. Shuning uchun bunday so'zlarni tekshirish kerak.
- Darslikda yozilgan qanday so'zlarni tekshirish kerakligi haqidagi qoidani toping va o'qing.
- Yana qanday savolga javob berishga o'rganamiz? Shu so'roqni va unga berilgan javobni darslikdan o'qing.
O'quvchilar vazifani bajargach, suhbat asosida tekshiruvchi so'zni topish yo'lini misollar bilan tushuntiriladi:
- Maktabi va maktab so'zlarini taqqoslang. Bularning qaysi biri tekshiruvchi so'z? (Maktabi.) Qaysi so'zni tekshirish kerak? (Maktab.) Yozing: maktabi - maktab. (Yozadilar.)
- Endi avlod so'zini tekshirish kerakligini isbotlang. (So'z oxirida jufti bor t tovushi eshitilyapti, shuning uchun tekshirish kerak.) Avlodi tekshiruvchi so'z ekanini isbotlang (avlodi so'zi oxirida uniidan oldin d harfi yozilgan, shuning uchun avlod so'zida ham d harfi yoziladi). Yozing: avlodi - avlod.
- Maqsuda - Maqsud so'zlarini taqqoslang. Yozishdan oldin qaysi so'zni tekshirish kerak? (Maqsud.) Isbotlang. (So'z oxirida jufti bor t tovushi eshitilyapti, shuning uchun qanday yozishni tekshiramiz.) Tekshiruvchi so'zni ayting. (Maqsuda.) Isbotlang. (Maqsuda so'zi oxirida uniidan oldin d harfi yozilgan, demak, Maqsud so'zida ham d harfi yoziladi.) Tekshiruvchi so'zni yozing. (Maqsuda.)
V. Darsni yakunlash.
- Darsda nimalarni o'rgandik? (Savolga o'quvchilar saviyalariga mos javob beradilar. O'qituvchi umumlashtirib xulosalaydi.)
VI. Uyga vazifa. 102- mashq; qoidalarni darslikdan o'qish.
Dostları ilə paylaş: |