Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə50/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A


Sana:-------.2016

44-dars

Mavzu. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlar.96-99- mashqlar.

Maqsad. O'quvchilarda jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash ko'nikmasini shakllantirish. so'zni tovush tarkibi jihatidan tahlil qilish ko'nikmasini o'stirish.

Darsning borishi.

I. Unli va undosh tovushlarni takrorlash, uch xususiyatiga qarab ularni bir-biridan farqlash ko'nikmasiniyodga tushirish, suhbatyordamida umumlashtirish.

1. — Nutqimizda ishlatiladigan tovushlar qanday katta ikki guruhga bo'linadi? (Unli tovushlar va undosh tovushlar.)

— Undosh tovushni unli tovushdan qanday ajratamiz? (Uch belgisiga ko'ra: 1) unli tovushni talaffuz qilganimizda havo og'izdan to'siqqa uchramay, erkin o'tadi, unli tovushni qancha cho'zib aytsak ham shu tovush eshitiladi; undosh tovushni talaffuz qilganimizda havo og'izda to'siqqa uchraydi, undosh tovushni cho'zib aytib bo'lmaydi, cho'zilsa boshqa tovushga aylanadi; 2) unli tovushni aytganimizda ovoz eshitiladi, undosh tovushni aytganimizda, asosan, shovqin eshitiladi; 3) unli tovushning o'zi ham bo'g'in hosil qiladi; undosh tovush unli tovush bilan birgagina bo'g'in hosil qiladi.) O'quvchilar bu savolga javob berishda qiynalsalar, ularga quyidagi kabi yo'llovchi savollar beriladi:

I. — Qanday tovushni aytganimizda havo og'izdan to'siqqa uchramay erkin o'tadi? Undosh tovushni aytganimizda-chi? 2. Qaysi tovushni aytganimizda faqat ovoz eshitiladi? Undosh tovushni aytganimizda nima eshitiladi? 3. Qaysi tovush bo'g'in hosil qiladi? Undosh tovush-chi?

O'qituvchi qisqa umumlashtiradi.

II. Darsning maqsadini aytish.

— Bugun biz yangi mavzuni o'rgana boshlaymiz. Mavzu yuzasidan «Nima uchun ba'zi so'zlarda bir undosh tovush eshitiladi, ammo u yozuvda boshqa undosh harf bilan belgilanadi?» degan savolga javob topishda bizga darslik yordam beradi. Darslikdan shu mavzuning nomini o'qing.

III. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni kuzatish. 119— 120- mashqlarning materialidan foydalaniladi.

O'qituvchi «Men jufti bilan aytgan so'zlar qaysi tovush bilan farqlanishini ayting» topshirig'ini berib, so'zlarni jufti bilan o'qiydi: bol — pol, vaza — fazo, gul — kul, dil — til, joy — choy, zina — sina; o'quvchilar so'zlarni farqlayotgan tovushlarni jufti bilan aytadilar, qiyoslab aytib ko'radilar: b - p, v - f, g - k, d - t, j - ch, z -s.

Ular tovushlarning aytilishi va so'z ma'nosini farqlashni kuzatib, o'qituvchi yordamida b, v, g, d, j, z tovushlarini aytganda, shovqin bilan birga ovoz ham eshitilishini, ularning jufti bo'lgan p, f, k, t, ch, s tovushlarini aytganda esa faqat shovqin eshitilishini aniqlaydilar.

Xulosa chiqariladi: o'zbek tilida jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning juftlari bor.



IV. Qoida ustida ishlash.

O'quvchilar qoidani darslikdan o'qiydilar, o'qituvchi savollariga javob' beradilar.

V. Jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlarni aniqlash yuzasidan mashq. 96- 97-mashq.

VI. Darsni yakunlash.

— Jarangli undosh tovush jarangsiz undosh tovushdan nimalar bilan farqlanadi?

VII. Uyga vazifa. 99- mashq.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin