Mavzu: Quyosh sistemasi



Yüklə 340,49 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü340,49 Kb.
#114219
Norova


3-sinf tabiy fan

Mavzu:Quyosh sistemasi

Quyosh, uning atrofida aylanuvchi sayyoralar va osmon jismlari

birgalikda Quyosh sistemasini hosil qiladi. Quyosh atrofida


8 ta sayyora – Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, ularning yo‘ldoshlari va boshqa osmon jismlari aylanadi.
Quyosh sistemasining markazida Quyosh joylashgan. U barcha sayyoralarni o‘ziga tortib turadi. Sayyoralar bir-biridan katta-kichikligi,
xususiyatlari va tabiatiga ko‘ra farq qiladi.Merkuriy – Quyoshga eng yaqin sayyora. U Oydan biroz katta.
Merkuriyda havo qatlami deyarli yo‘q.Venera – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra ikkinchi sayyora. U Yerdan
biroz kichikroq, atrofi qalin va zich havo qobig‘i bilan o‘ralgan. U Yerga yorug‘ yulduzga o‘xshab ko‘rinadi. Shu sababli xalqimiz Venerani
“Zuhro yulduzi” deb ataydi.

Yer – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra uchinchi sayyora.


U boshqa sayyoralardan hayot mavjudligi bilan farq qiladi.Mars – Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha to‘rtinchi sayyora.
U Yerdan deyarli ikki marta kichik. Marsda kuchli bo‘ronlar
tez-tez sodir bo‘lib turadi.Yupiter – sayyoralarning eng kattasi hisoblanadi.
U Yerdan deyarli 12 marta katta. Quyoshdan ancha olisda joylashgani sababli Yupiter yuzasida harorat
145°C gacha sovuq bo‘ladi.

Saturn – atrofida ulkan halqasi bor sayyora. Kattaligiga ko‘ra Yupiterdan keyin ikkinchi o‘rinda


turadi. U ham Quyoshdan kam issiqlik oladi, shu sababli yuzasi juda sovuq.Uran – Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra yettinchi sayyora. Uning
massasi Yerning massasidan 14 marta og‘irroq.Neptun – Quyoshdan eng uzoqda joylashgan sayyora. Uni o‘rganish davom etmoqda.

1. Ko‘z bilan Quyosh sistemasidagi qaysi osmon jismlarini bevosita

kuzatsa bo‘ladi?

2. Quyosh sistemasiga kiruvchi yana qanday osmon jismlarini bilasiz?



Mavzu yaxshi otildi oquvchilar sayyoralar haqida maljmotga ega boldilar ha xil korgazma va tajribalar qilib organildi
Uyga vazifa :sayyoralarni chizib kelish
Yüklə 340,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin