SO'Z ICHIDA KETMA-KET KELGAN BIR XIL UNDOSHLAR
Mavzuni o'rganish jarayonida o'quvchilarga yozuvda ko'p qo'l-laniladigan so'z ichida ketma-ket keigan bir xil undosh harfli so'zlar haqida tushuncha berish, bunday so'zlarni bo'g'in ko'chirish uchun to'g'ri bo'lish ko'nikmasini shakllantirish maqsadi ko'zda tutiladi.
Mavzu aytilishi yozilishiga mos keladigan pilla, tilla, izz.at kabi so'zlar misolida tushuntiriladi: ikki ketma-ket kelgan bir xil undosh harf bilan yozilgan so'z bo'g'inga bo'lib o'qilganda, ikki undosh harfni ikkiga bo'lib — biri oldingi bo'g'in bilan, ikkinchisi keyingi bo'g'in bilan birga o'qilishi (ikki undosh harf ikki undosh tovushni ifodalashi) ta'kidlanadi.
Mavzuni o'rganish jarayonida bolalarni bunday so'zlarni to'g'ri o'qishga, yozishga, bo'g'in ko'chirish uchun to'g'ri bo'lishga o'rgatiladi.
Dostları ilə paylaş: |