Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə60/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A


Sana:-------.2016

53- DARS

Mavzu. Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni bo'g'inlab ko'chirish. 120-123- mashqlar

Maqsad. Bo'g'in ko'chirish qoidasini takrorlash; ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni bo'g'in ko'chirish uchun to'g'ri bo'lish ko'nikmasini shakllantirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. Darsning maqsadi bilan tanishtirish; mavzuni tushuntirish.

— Bu darsda biz «Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlar bo'g'in ko'chirish uchun qanday bo'linadi?» savoliga birgalikda javob beramiz. Bu savolga javob berishda darslik yordam beradi.

— So'zning bir yo'lga sig'may qolgan qismi keyingi yo'lga qanday ko'chiriladi? (Bo'g'inlab.)

— Xattaxtaga yozilgan g'alia, lazzat, chittak, kakku so'zlarini bo'g'inlab o'qing va bo'g'inga bo'lib, chiziqcha bilan yozing. (O'quvchilar topshiriqni bajaradilar. O'qituvchi parta oralab tekshiradi, zarurat bo'lsa o'quvchilarga yordam beradi.) To'g'ri yozdingiz.

Demak, ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni bo'g'in ko'chirish uchun bo'lganda, undosh harfning biri oldingi bo'g'in bilan oldingi yo'lga, ikkinchisi keyingi bo'g'in bilan keyingi yo'lga yoziladi.

O'quvchilar bunday so'zlarni darslikdagi bo'g'in ko'chirish haqidagi qoidadan o'qiydilar.



III. Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni bo'g'in ko'chirish ko 'nikmasini shakllantirish yuzasidan mashq.

1. 120- mashqni bajarish.

2. 121 -122- mashqlar. o'quvchilar she'rni ifodali o'qiydilar va ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarni aniqlaydilar. Shu so'zlarning o'zini bo'g'in ko'chirish uchun bo'lib, chiziqcha bilan yozadilar: kat-ta; chiq-qanmiz, chiqqan-miz; chi-niqqanmiz, chiniq-qanmiz, chiniqqan-miz.

3. «So'z toping» o'yini.

1. Nomida ketma-ket kelgan kk yoziladigan qush nomi. 2. Ketma-ket nn, zz, ff, dd, II, hh harflari yoziladigan o'g'il bolalar ismidan bittadan yozish. (Zunnun, Izzat, Muzaffar, G'affor, Faxriddin, Nuriddin, Siddiq, Quddus, Sa 'dulla, Shukrulla, Fayzulla, Fattoh, Qahhor kabi.)

IV. Darsni yakunlash.

Darsda nimalarni bilib oldingiz?

V. Uyga vazifa. 123- mashq.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin