Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə52/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A

Sana:-------.2016

46- DARS
Mavzu. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so'z. 103-105-mashqlar.

Maqsad. Tekshirish lozim bo'lgan so'zni aniqlash (topish), tekshiruvchi so'z tanlash; tekshirilgan va tekshiruvchi so'zlardagi undosh harfni taqqoslash ko'nikmasini o'stirish.

Darsning borishi.

I. Lug'at ustida ishlash.

Bir so'z bilan ayting va yozing.

1. Biror davlatning bayroq, muhr, tanga kabilarga tushiriladigan belgisi, tamg'asi. (Gerb.) 2. Matn yozilgan varaqlardan iborat, tikib" muqovalangan asar. (Kitob.) 3. Bir ota-bobodan tarqalgan, qolgan nasi, zurriyot. (Avlod.) 4. Jamiyatda, kishilar bilan muomalada o'zini tuta bilish; axloq, tarbiya. (Odob.) 5. Biror ishni bajarish uchun belgilangan qurol; ish quroli. (Asbob.)

O'quvchilar yozgan so'zlarga tekshiruvchi so'z tanlab tekshiradilar: gerbi — gerb,...

II. Uy vazifasini tekshirish.

Vazifaning qanday bajarilganini ko'rib chiqish.

Suhbat yordamida o'rganilganlarni qayta yodga tushirish.

— Qanday so'zlarni tekshirish kerak? Darslikdan o'qing. («So'z oxirida kelgan jufti bor undosh tovushning yozilishini tekshirish kerak».)

— So'z oxirida kelgan jufti bor undosh tovushning yozilishini qanday tekshiramiz? Darslikdan o'qing. («So'z oxirida kelgan jufti bor undoshdan so'ng unli tovush qo'shib aytamiz: avlodi — avlod».)

— Qaysi so'z tekshiruvchi bo'ladi? (Undoshdan so'ng unli kelgan so'z tekshiruvchi so'z bo'ladi.) Shu so'z tekshiruvchi so'z ekanini isbotlang. (Xurshida so'zida uniidan oldin d yozilgan, Xurshid so'zida ham d harfi yoziladi. Habiba so'zida uniidan oldin b yozilgan, Habib so'zida ham b harfi yoziladi.)

III. Mustaqil ish.103- mashq.



IV. Dars maqsadi bilan tanishtirish. Bugungi darsda sizlar tekshiruvchi va tekshirilgan so'zlardagi undosh harfni taqqoslashni o'rganasiz. Nima uchun? (So'z oxirida kelgan jufti bor undoshli so'zlarni to'g'ri yozish uchun. Masalan, ajdodi so'zida uniidan oldin d harfi yozilgan, ajdod so'zida ham d harfi yoziladi.)

V. 104- mashq.

— Tekshirish kerak bo'lgan so'zlarni o'qing. Yozishdan oldin tekshirish nima uchun kerakligini tasdiqlang.

— Tekshiruvchi so'zni o'qing. Qaysi so'z oldin yoziladi: tekshiruvchi so'zmi yoki tekshiriluvchi so'zmi?

VI. Darsni yakunlash.

VII. Uyga vazifa. 105- mashq.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin