O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL–XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
“Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot” fakulteti
“Dasturiy injiniring” yo’nalishi 652-21 guruh talabasi
“Akademik yozuv 2” fanidan tayyorlagan
Farg’ona 2023
IT sohasiga oid o‘zbekcha tarjimalar
xususida
Izoh: IT ("Ay-ti" deb talaffuz qilinadi) – bu, inglizcha "information technologies" –
axborot texnologiyalari iborasining qisqartmasidir. Bu qisqartma ko'plab tillarda
shundayligicha qabul qilingan. Xususan, men ham uni o'zbek tilida shundayligicha
qo'llashni ma'qul ko'raman.
Tan olish kerakki, bundan 5-6 yil oldin biror mobil telefonda yoki kompyuter
uchun ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotda o'zbek tilini ko'rish amri mahol edi.
Biroq, bugungi kunga kelib bu holat ancha yaxshi tomonga o'zgardi. To'g'ri-da, 31
million aholisi bor O'zbekistonning 80-85 foizi o'zbek tilida so'zlaganidan keyin,
bu raqam ko'pchilik xorijiy kompaniyalar uchun ulkan yangi bozor demakdir.
Xo'sh, hozirda aynan qanday dasturiy mahsulotlar, qanday hujjatlar o'zbek tiliga
o'girilmoqda?
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mamlakat ichkarisida ishlab
chiqarilgan hamda chet ellardan kirib kelayotgan har qanday dori mahsulotlaridan
foydalanish ko'rsatmasi hamda yorliqlari o'zbek tilida ham bo'lishi shart qilib
belgilangan. Shuning uchun bo'lsa kerak, bu sohaga oid tarjimalar ancha oldin
boshlangan va unga ixtisoslashgan tarjimonlarda yaxshigina tajriba ham yig'ilgan.
Shuni ham aytib o'tish joizki, tibbiyot sohasiga oid atamalar ko'pincha xalqaro
atamalar bo'lgani bois, ularni to'liq o'zbekchalashtirish ko'p ham
ma'qullanavermaydi. Shuning uchun biznikilar qiynalib o'tirmay shunday ruscha
talaffuz qilinishini "o'zbekchalashtirishadi" qo'yadi.
Adashmasam, o'tgan yildan boshlab xorijdan kirib kelayotgan elektrotexnika
jihozlarining foydalanuvchi qo'llanmalari ham o'zbek tilida bo'lishi shart qilib
qo'yildi. Bu borada shaxsan o'zim ham ko'plab tarjimalarda ishtirok etganman.
Xususan, Samsung, LG kabi kompaniyalar o'zlarining mobil telefonlari, smartfon
va planshetlari, televizorlari, maishiy texnika jihozlarining foydalanuvchi
qo'llanmalarini, kafolat talonlarini iste'molchilarga ikki tilda – rus va o'zbek
tillarida taqdim etishmoqda. Lekin, bir qiziq holat, Samsung kompaniyasining
qaysidir bir mahsuloti kafolat talonida "Agar bahsli holatlar kelib chiqadigan
bo'lsa, ruscha matn asos sifatida olinadi" degan joyini ko'rgandim.
O'tgan yili men deyarli bir oy davomida Bosch-Siemens kompaniyasi kir yuvish
mashinalarining foydalanuvchi qo'llanmalarini o'zbek tiliga tarjima qilish
loyihasida ishtirok etdim. O'shanda bir qiziq holat yuz bergandi. Qo'llanmalarda
"Washing Machine" – "Kir yuvish mashinasi" deb tarjima qilsak, mijoz "mashina"
asli ruscha so'z, iltimos, uni o'zbekchalashtiring deb turib oldi. Shundan so'ng, uni
"Kir yuvish jihozi" deb ishlatdik. O'sha bir oy davomida kir yuvish jihoziga oid
ko'plab ajoyib tarjimalarga guvoh bo'ldik, xususan: wash – yuvish, rinse – chayish,
spin – siqish, detergent – kir yuvish vositasi, detergent drawer – kir yuvish vositasi
tortmasi, compartment – bo'lma, softener – mato yumshatkich, dryer – quritkich,
bleacher – oqartirgich, starching – ohorlash, kraxmallash va h.k.
Mobil telefonlarning interfeysida o'zbek tilining paydo bo'lishida Nokia
kompaniyasi eng birinchilardan bo'lib qadam tashlagan. Uning O'zbekiston
bozorida sotiladigan ba'zi modellarida o'zbekcha menyu o'rnatilgandi. Bu narsa
ancha oldin, taxminan 2005-yillarda yuz bergani uchun Nokia o'z mobil
telefonlarida o'zbek kirill yozuvidan foydalangan. Tarjimalar haqiqatan ham yaxshi
qilingan bo'lib, bu ish yaqin kunlargacha ham davom etdi. Nokia'ning oddiy
telefonlari uchun interfeysni o'zbekchaga tarjima qilishda so'nggi bir yildan beri
o'zim ishtirok etyapman. Biroq, Nokia'ni Microsoft sotib olganidan keyin uning
oddiy telefonlarini ishlab chiqarish to'xtatildi. Shu bilan bu boradagi o'zbekcha
tarjimalar ham o'z nihoyasiga yetdi. Biroq, uning smartfonlari – Windows Phone
asosida ishlovchi Lumia smartfonlarida o'zbekcha interfeys mavjud. Bu safar
o'zbek lotin yozuvidan foydalanildi. Kompaniya Microsoft tomonidan sotib
olinganidan keyin ham bu tarjimalar davom etmoqda. Microsoft o'zining Windows
Phone platformasi interfeysini ham o'zbek tiliga tarjima qilishni boshlagan edi.
Endi bu ikki loyiha birlashtirilsa kerak, menimcha.
O'z smartfonlariga o'zbekcha interfeysni olib kirgan kompaniyalardan yana biri bu
– Samsung. Bu yo'nalish bo'yicha kompaniya katta ishlarni amalga oshirmoqda.
Lekin, uning o'zbekcha tarjimalari sifati unchalik maqtagulik emas. Yaqinda ushbu
o'zbekcha tarjimalarning tahriri ustida ishlaydigan Samsung xodimi bilan muloqot
qilgandim. Xudo xohlasa Samsung mahsulotlaridagi o'zbekcha tarjimalarda ham
oldinga siljish albatta bo'ladi. Lekin, oldindan aytib qo'yay, bu loyihada mening
ishtirokim hozircha yo'q.
Aytgancha, LG ham o'z mobil qurilmalariga o'zbekcha interfeysni qo'shishni
boshlagan. Buni LG G2 smartfoni misolida o'zim guvohi bo'lganman. Tarjimalar
sifati o'rtacha.
Softver giganti hisoblangan Microsoft ham o'zining bir nechta dasturiy
mahsulotlarini o'zbekchalashtirishga ulgurgan. Uning o'zbekcha tarjimalari bilan
tanishmoqchi bo'lsangiz
ushbu
havola orqali Microsoft Language Portal portaliga
o'ting. Bir narsani ochiq aytaman, Microsoft tomonidan qilingan o'zbekcha
tarjimalarning aksariyati menga yoqmaydi. Buning ustida aynan qaysi tarjimonlar
ishlayotganini ham bilmayman. Ularning kulgili o'zbekcha tarjimalari haqida
Facebook'dagi
Professional va havaskor tarjimonlar
guruhida ham ko'plab
muhokamalar bo'lgan.
Microsoft o'z dasturiy mahsulotlariga o'zbek tilini kiritishni 5-6 yil oldin
boshlagan. Xususan, uning asosiy mahsulotlaridan biri – Microsoft Office 2007
(2010 va 2013) ofis dasturlari paketi ham
o'zbekchalashtirilgan
. Lekin, bilishimcha
uning o'zbekcha versiyasidan hech kim foydalanmaydi. Bir paytlar, adashmasam,
Windows Vista operatsion tizimining ma'lum qismi ham o'zbekchalashtirilgandi.
Lekin, u ham muvaffaqiyatsiz tarjimalardan bo'lgan.
Menimcha, Microsoft qilgan tarjimalar haqida dastlabki tasavvurga ega bo'lish
uchun quyidagi rasmning o'zi kifoya qilsa kerak :). Skype ham Microsoft
korporatsiyasiga tegishli.
Shu o'rinda Microsoft tarjimonlari qo'llayotgan va menimcha, xato hisoblangan
usul va tarjimalar haqida ikki og'iz to'xtalib o'tsam. Ulardan biri – biror amal
bajarilishini bildiruvchi tugma nomlarini o'zbek tilida infinitiv shaklda (-moq
shaklida) tarjima qilishadi: Delete – Yo'q qilmoq, Add – Qo'shmoq, Cancel –
Bekor qilmoq va h.k.
Ikkinchidan, ular ingliz tilidagi kompaniya yoki mahsulot, brend nomlariga o'zbek
tilidagi egalik va kelishik qo'shimchalarini qo'shishda o'sha nomlardan keyin
chiziqcha (-) qo'shishadi: Microsoft-ning, Microsoft Office-dan va h.k. Bir
tomondan ularni tushunishga harakat qilaman, chunki o'zbek tilimizda xorijiy
kompaniya va mahsulot, brend nomlarini yozishda qo'shtirnoq ichiga olish kerak
degan qoida bor. Biroq, bu qoida ishlab chiqilganiga qancha vaqt bo'ldi?! Axborot
texnologiyalari tinmay rivojlanib bormoqda, bizning o'zbek tilimiz qoidalari esa 20
yil oldingi holatda turibdi. Xudo xohlasa, blogerlar chempionati finaliga chiqsam,
shu muammolar haqida katta maqola yozmoqchiman.
Mavzuga qaytsam, xorijiy kompaniya va mahsulot, brend nomlarini qo'shtirnoq
ichiga olish masalasida. Shaxsan men bugungi kunda bu narsani ma'qullamayman.
Qo'shtirnoq interfeysni xunuk qilib tashlaydi, bitta gapning ichida 2-3 talab
qo'shtirnoq bo'lib ketadi. Ayniqsa, bu mobil qurilma ekranida bo'ladigan bo'lsa,
interfeys lolazorga aylanib ketadi. Uzoqqa bormaylik, ruslar ham bundan o'ziga
yarasha xulosa chiqarib, bunday nomlarni qo'shtirnoqsiz yozishga o'tgan.
IT sohasiga oid o'zbekcha tarjimalarning rivojlanishiga eng katta qadamlardan
birini, shubhasiz, internet giganti Google qo'ydi deb o'ylayman. Google o'zining
asosiy mahsulotlaridan biri – Google Veb-qidiruv (Google Web Search) xizmatini
ko'ngilli tarjimonlar yordamida o'zbekchalashtirishni bundan 7-8 yil oldin
boshlagandi. Biroq, 2014-yilga kelib Google O'zbekistonni ham ehtimoliy bozor
sifatida qarab, o'zbek tilini ham rivojlanayotgan mamlakatlar tillari qatoriga qo'shdi
va asosiy mahsulotlarini o'zbekchalashtirishni rasman boshladi. Bu, albatta, biz
uchun juda katta yutuq bo'ldi!
Ayni vaqtda o'zbek tilida to'liq yoki qisman ishga tushirilgan mahsulotlar sirasiga
uning Google Veb-qidiruv (Google Web Search), Google Xaritalar (Google Maps)
va Google Tarjimon (Google Tarjimon) kabi xizmatlari kiradi. Boshqa mashhur
mahsulotlarni ham o'zbekchalashtirish bo'yicha ish avjida, biroq ular haqida
hozircha hech qanday ma'lumotni oshkor qila olmayman. Shuni aytishim
mumkinki, tez orada, Xudo xohlasa, Google'ning yana bir ommabop mahsuloti
o'zbek tilida ishga tushiriladi.
Dostları ilə paylaş: |