Geologiya fani, uning tarmoqlari va taraqqiyot tarixi



Yüklə 29,12 Kb.
səhifə1/3
tarix15.05.2022
ölçüsü29,12 Kb.
#57988
  1   2   3
Geologiya Fani, Uning Tarmoqlari Va Taraqqiy


Aim.uz

Geologiya fani, uning tarmoqlari va taraqqiyot tarixi

Geologiya — yer haqidagi fan bo'lib, yunoncha “geo” – “yer”, “logos” — “fan” demakdir. Geologiya tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u yer planetasining rivojlanish qonunlarini o'rganadi. Yer nima ? degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. Astronomlar yerni shar shaklidagi fizik jism deb, Quyosh sistemasida juda katta tezlikda (bir sekundda 30 km) aylanuvchi planeta sifatida tekshiradilar.

Geograflar, geodezistlar va geomorfologlar yer ustki qismining shaklini, rel’yefini o'rganadilar. Biologlar esa, yerdagi hayotni - yerning hayvon va o’simliklar rivojlanadigan qismini — biosferani o'rganadilar.

Tuproqshunoslar yerning tirik organizmlar rivojlanadigan ustki tuproq qatlamini tekshiradi.

Qurilish ishlaridagi mutaxassislar Yerni qurilish asosi va materiali, ya’ni uni qurilish manbai deb hisoblaydilar. Yuqorida qayd etilgan fan sohalari yerning faqat ustki qatlamlarida sodir bo'layotgan voqea -hodisalarning rivojlanishi o'rganadilar.

Geologiya fani esa, yerning ustki qismini o'rganishi bilan bir qatorda
uning ichki qismini va undagi mavjud hodisalarining rivojlanish
qonuniyatlarini ham o'rganadi. Geologlar yerga turli mineral va tog'
jinslaridan tarkib topgan va doimo o'zgarib turuvchi sharsimon fizik
jism deb qaraydilar.

Yer po'sti noorganik qismining paydo bo'lishi va rivojlanishi hayvon va o’simliklarning hayoti bilan bevosita bog'liq bo’lib, ularni o’rganishda yer qatlamlari orasida saqlanib qolgan tamg'alargina yordam beradi.

Shunday qilib, geologiya fani yer haqidagi maxsus fan bo'lib, u yer qatlamlari tarkibining tuzilishini va rivojlanish tarixini tekshiradi. Bu masalalarning o'rganiladigan hajmi va miqdori juda katta bo’lganligi uchun geologiya fani bir necha maxsus fanlarga bo'linib, ularning har biri geologiyaning o'ziga xos sohalari bilan shug'ullanadi.

Yerning ximiyaviy tarkibini
Yüklə 29,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin