Reja 1. Keramik materiallar va buyumlar.
2. Xom materiallar.
3. Giltuproqning asosiy xossalari. 4. Keramik buyumlar ishlab chiqarishning umumiy tizimi
5. Keramik buyumlarning sinflanishi.
6. Keramik buyumlarning xossalari
Keramik materiallar va buyumlar Keramik materiallar deb, mineral xom ashyodan qoliplash va keyinchalik yuqori haroratlarda pishirish yo‘li bilan olinadigan sun’iy tosh materiallarga aytiladi. Keramik materiallar eng qadimgi qurilish materiallaridan hisoblanadi. Keramik g‘ishtlarni qurilish materiali sifatida ishlatilganiga 5000 yildan ko‘p bo‘lgan.
Hozirgi zamon qurilishida keramik materiallar va buyumlar binolarning deyarli hamma qismlarida ishlatiladi. O‘zining chiroyliligi, boy estetik ko‘rinishi sababli keramik buyumlar binoning ichki va tashqi tomonlarini bezashda eng yaxshi pardozbop ashyo hisoblanadi. Keramik g‘ovak to‘ldiruvchilar engil betonlar uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Sanitar-texnik buyumlar va boshqa chinnidan qilingan buyumlar kundalik turmushda keng qo‘llaniladi. Maxsus keramik buyumlar kimyo va metallurgiya sanoatida (kislotaga chidamli, o‘tga chidamli buyumlar), elektrotexnika va radioelektronikada (elektroizolyatorlar, yarim o‘tkazgichlar) ishlatiladi.
Keramik materiallar to‘g‘risidagi fanga asos solgan va rivojlantirgan olimlar - A.I.Avgustinik, D.S.Belyankin, P.P.Budnikov, P.A. Zemyatchenskiy, M.I.Rogovoy va boshqalar hisoblanadi.
Xom ashyo Giltuproq. Keramik buyumlar olish uchun asosiy xom ashyo sifatida giltuproq, diatomit, trepel kabi tog‘ jinslari ishlatiladi. Bulardan tashqari, toza oksidlar ishlatiladi. Giltuproqning xossalarini yaxshilash maqsadida har xil qo‘shimchalar qo‘llaniladi. Bularga plastilikni kamaytiradigan va oshiradigan, g‘ovak hosil qiladigan, erish haroratini pasaytiradigan qo‘shimchalar kiradi.
Giltuproq deb, suv bilan aralashtirganda plastik xamir hosil qiladigan, pishirgandan keyin toshsimon holatga o‘tadigan tabiiy cho‘kindi tog‘ jinslariga aytiladi. Giltuproqlar tarkibida dala shpati bo‘lgan tog‘ jinslarining emirilishi natijasida hosil bo‘lgan. (Masalan: granitlar, gneyslar, porfirlar va h.k.) Kimyoviy tarkibiga ko‘ra giltuproqlar suvli alyumosilikatlar bo‘lib, quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi.
nAl2O3mSiO2pN2O
Giltuproqning mineralogik tarkibi quyidagilardan iborat:
Kaolinit – Al2O32SiO22N2O -zarrachalarining o‘lchami 0,01 mm dan kichik bo‘lib qizdirganda tarkibidagi suv tez ajraladi. Kaolinitli giltuproqlardan keramik massa tayyorlashda kam suv talab qilinadi, ulardan tayyorlangan buyumlarni quritish oson, pishirish davomidagi kichrayishi kam, pishirilgan buyumlarning rangi oq bo‘ladi.
Tarkibi asosan kaolinit mineralidan iborat bo‘lgan giltuproq kaolin deb ataladi.
Giltuproq tarkibida kaolinitdan tashqari montmorillonit - Al2O34SiO2nN2O, g‘alluzit - Al2O32SiO24N2O, beydellit Al2O33SiO2nN2O, gidroslyuda kabi minerallar bor.
Giltuproq zarrachalarining o‘lchami 0,005 mm dan kichik bo‘lib, uning mayinligi plastiklik va boshqa xossalariga ta’sir qiladi. YUqori plastik giltuproqlarda o‘lchamlari 0,005 mm dan kichik bo‘lgan zarrachalarning miqdori 80-90% ga etadi.
Bentonit deb, tarkibida montmorillonit ko‘p bo‘lgan yuqori dispers giltuproqli jinslarga aytiladi. Ularda o‘lchamlari 0,001 mm. dan kichik bo‘lgan zarrachalarning miqdori 80-90% ga etadi.