Iqtisodiy omillar juda kam talab qilinadi



Yüklə 19,73 Kb.
tarix25.01.2023
ölçüsü19,73 Kb.
#80787
Document


Testlar
1.Iqtisodiyotda omillarning kamayib borish qonuni mavjuddir. Qanday qilib, ushbu holatda iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin?
iqtisodiy omillar juda kam talab qilinadi;
qo‘shimcha omillarning o‘sishi yalpi mahsulot hajmini oshirmaydi, balki qisqartiradi;
resurslarni oshirish zarur, ammo qo‘shimcha birlik kiritilgan resursning narxi oshib boradi;
yana va yana ko‘plab resurslar talab etiladi;
to‘g‘ri javob yo‘q.
2.Agar iqtisodiy muammolarning bir qismi bozor, bir qismi hukumat tomonidan hal etilsa, bunday iqtisodiyot:
ma’muriy;
bozorli;
natural;
aralash deyiladi;
to‘g‘ri javob yo‘q.
3.Hamma iqtisodiy tizimlar uchun fundamental muammo bo‘lib hisoblanadi, bu:
investitsiya;
ishlab chiqarish;
iste’mol;
noyoblik va taqchillik;
to‘g‘ri javob yo‘q.
4.Har qanday iqtisodiy tizimlarda “nima”, “qanday” va “kim uchun” degan fundamental savollar mikro va makro darajada hal etiladi. Quyida tuzilgan savollardan qaysi biri mikroiqtisodiyot darajada hal etiladi:
to‘liq bandlik darajasiga qanday qilib erishiladi?
nima va qancha ishlab chiqarish kerak?
inflyasiyadan qanday qutulish mumkin?
iqtisodiy o‘sishni qanday rag‘batlantirish mumkin?
to‘g‘ri javob yo‘q.
5. Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi nechta tamoyillar orqali echiladi?
2 ta;
3 ta;
4 ta;
5 ta;
to‘g‘ri javob yo‘q.
6. Transaksion xarajatlar bu-
bozorni o‘rganishdagi xarajatlar;
tovarlar xususiyatini aniqlash bilan bog‘liq xarajatlar;
tovar almashish sohasidagi xarajatlar;
o‘zaro kelishuv va uchrashuvlar bilan bog‘liq xarajatlar;
barcha javob to‘g‘ri.
Testlar
7 Bozor talabiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir etmaydi?
istemolchilarning daromadi;
o‘rnini to‘ldiruvchi tovarlar narxi;
to‘ldiruvchi tovarlar narxi;
istemolchilar soni;
sotuvchilar soni.
8 Qaysi omil talab egri chizig‘iga tasir etmaydi?
istemolchilar didi va afzal ko‘rishi;
milliy daromadning hajmi yoki qayta taqsimlanishi;
tovarlar narxi;
istemolchilar soni va yoshi;
tovarlar sifati.
9 Agar bozor narxi muvozanat narxdan past bo‘lsa:
ortiqcha taklif paydo bo‘ladi;
defitsit paydo bo‘ladi;
istemolchilar bozori paydo bo‘ladi;
resurslar narxi kamayadi;
sotuvchilar kamayadi.
10 Olmaga bo‘lgan talab chizig‘ining chap tomonga siljishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
nok narxini kamayishi;
olma narxini kamayishi;
olma narxini ko‘tarilishi;
olmani etishtirish xarajatlarini ortishi;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
11 CHayqovchilar faoliyati:
qonuniy tadbirkorlik xatarini kuchaytiradi;
narxlar barqarorligini kuchaytiradi;
iqtisodiy noqulayliklar paydo qiladi;
doimo foyda keltiradi;
hammasi to‘g‘ri.
12 Talab va taklif qonuniga muvofiq, talabning ko‘payishi:
muvozanat narxni ham, muvozanat miqdorni ham kamaytiradi;
muvozanat narxni oshiradi, muvozanat miqdorni esa kamaytiradi;
muvozanat narxni kamaytiradi;
hammasi to‘g‘ri;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
13 Tovarning muvozanat narxi bu-
ortiqcha talabni paydo qiladigan narxdan yuqori narx;
ortiqcha talab ham, ortiqcha taklif ham bo‘lmaydigan narx;
ortiqcha taklifni paydo qiladigan narxdan yuqori narx;
hammasi to‘g‘ri;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
14 Qaysi omillarning o‘zgarishi talab egri chizig‘ining siljishiga olib kelmaydi?
moda va didlarning o‘zgarishi;
milliy daromadning hajmi va uning taqsimlanishi;
mahsulotning narxi;
iste’molchilarning soni yoki yosh darajasi;
to‘g‘ri javob keltirilmagan.
Testlar

  1. Texnologiyaning takomillashuvi nimaning siljishiga olib keladi:

  1. egri talab chizig‘ini yuqori va o‘ngga;

  2. egri talab chizig‘ini chapga va pastga;

  3. egri taklif chizig‘ini yuqori va o‘ngga;

  4. egri taklif chizig‘ini chapga va pastga;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda deyiladi, agar:

  1. talab taklifga teng bo‘lsa;

  2. narx xarajatlar qo‘shilgan foydaga teng bo‘lsa;

  3. texnologiya darajasi bosqichma-bosqich o‘zgarib tursa;

  4. taklif hajmi talab hajmiga teng bo‘lsa;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Talab qonuni deyiladi, agar:

  1. taklif hajmining talab hajmidan oshib ketishi narxni tushushiga olib keladi;

  2. iste’molchilarning daromadi ko‘paysa, u holda ular tovarlarni ko‘proq sotib oladilar;

  3. talab egri chizig‘i musbat qiyalikka ega;

  4. mahsulotning narxi pasaysa, uni olish hajmi ko‘payadi;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. X mahsulotga bo‘lgan talab chizig‘i siljishini nima bilan izohlash mumkin:

  1. X mahsulotning taklifi turli sabablarga ko‘ra pasaydi;

  2. X mahsulotning narxi o‘sganligi uchun iste’molchilar ushbu tovarni kamroq sotib olishga qaror qabul qilishdilar;

  3. iste’molchilar didlarining o‘zgarganligi munosabati bilan X tovarni har qanday narxda ham oldingisiga nisbatan ko‘proq sotib olishni xohlaydilar;

  4. X tovarning narxi pasayganligi uchun iste’molchilar uni ko‘proq sotib olishga harakat qildilar;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan materiallar narxi oshganligi uchun:

  1. egri talab chizig‘i yuqoriga (o‘ngga siljiydi);

  2. egri taklif chizig‘i (chapga siljiydi);

  3. egri talab va taklif chiziqlari yuqoriga siljiydi;

  4. egri taklif chizig‘i pastga (o‘ngga siljiydi);

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Qaysi ibora insonlarning biror bir tovarni sotib olish uchun imkoniyat va xohish borligini anglatadi.

  1. ehtiyoj;

  2. talab;

  3. zaruriyat;

  4. xohish;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Tovar mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif ko‘paysa, u holda:

  1. narx ko‘tariladi;

  2. tovarning umumiy hajmi oshadi;

  3. narx mo‘tadil qoladi;

  4. jamiyatning farovonligi oshadi;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Agar tovar bahosi talab va taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasidan past bo‘lsa, u holda:

  1. tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi;

  2. taqchillik yuzaga keladi;

  3. ishsizlik ko‘payadi;

  4. muvozanat holat ta’minlanadi;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Talab hajmiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatmaydi?

  1. iste’molchilar daromadi;

  2. to‘ldiruvchi tovarlar narxining o‘zgarishi;

  3. resurslarning narxi;

  4. iste’molchilar soni;

  5. to‘g‘ri javob keltirilmagan.

  1. Taklif qonuniga ko‘ra, boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda tovar narxining ko‘tarilishi:

  1. taklifning oshishiga;

  2. taklifning pasayishiga;

  3. taklif hajmining oshishiga;

  4. taklif hajmining pasayishiga olib keladi;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Tovar mahsuloti bahosining pasayish sabablariga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatgan?

  1. xususiy tadbirkorlik uchun soliqlarning ko‘tarilganligi;

  2. iste’molchilar daromadining ko‘tarilganligi;

  3. ishlab chiqarish resurslari narxining pasayganligi;

  4. to‘ldiruvchi tovarlar narxining arzonlashuvi;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Bozor narxi muvozanat narxdan past bo‘lganda qanday holat yuz beradi?

  1. tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi;

  2. tovar tanqisligi yuz beradi;

  3. istemolchilar bozori shakllanadi;

  4. resurslar narxi arzonlashadi;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Quyidagi qayd etilganlardan qaysi biri mehnatga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatmaydi?

  1. yakunlangan mahsulotga bo‘lgan talab;

  2. ishlab chiqarish texnologiyasi;

  3. inflyasiya natijasida sodir bo‘lgan nominal ish haqining o‘zgarishi;

  4. mehnatning chekli mahsuloti bilan boshqa resurslarning chekli mahsuloti o‘rtasidagi munosabat;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

Yüklə 19,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin