PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-5, Issue-1, March-2022
401
“DISLALIYA VA UNING BARTARAF ETISH USULLARI”
Xalimova OzodaMamurjon qizi
Namangan Davlat Unversiteti Pedagogika- psixologiya fakultet. Defektologiya
(Logopediya) yo'nalishi 2-bosqich talabasi
Xusanov A’zamjon Ahmadjonovich
NamDu Pedagogika-psixologiya fakulteti Ta’lim menejmenti kafedrasi katta
o’qituvchisi. Ilmiy rahbar
Annotatsiyasi: Mazkur maqolada dislaliyani
kelib chiqish sabablari,
dislaliyani diagnostikasi va bosqichma- bosqich davolash usullari yoritilgan,
dislaliyani bartaraf etish usullari va mavzuga doir xulosa va takliflar bildirilgan.
Dislaliya- tovush talaffuz qilishning normal eshitish va nutq apparatining saqlangan
innervatsiyasi paytida buzulishidir.
Kalit so’zlar: Chuchukli, rotatsizm,
lambdatsizm, sigmatizm,
xirurgiya,
differensial, mexanizm,
funksional, prognatiya, prikus,
artikulyatsiya, kinestik
analiz, realizatsiya, taqlid, yugancha,
Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan
rivojlanib borayotgan bir
paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim
bo’lgan bilimning hajmi yil sayin oshmoqda. Respublikamizda ta’lim tizimini isloh
etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bir qancha bo’lib, ular yosh avlodning jamiyat
rivojiga hissa qo’shishiga xizmat qiladi. Yosh avlodga
kichik yoshidan boshlab
to’g’ri ta’lim-tarbiya berish, bu yurtimizning gullab-yashnashiga olib keladi.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda ayrim nutq nuqsonlari
kuzatilib, ularni bartaraf etish bo’yicha logopedik ishlar tashkil etilgan.
Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb
masalalar sirasiga aylanib bormoqda. Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar
uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan.