PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-5, Issue-1, March-2022 404 Mexanik disaliya, mexanik (organik) disaliya periferik nutq apparatining ( til,
jag’, tanglay, tish ) organik buzilishi natijasidir. Til tagidagi etning ( yugancha)
kaltaligi mexanik dislaliyaga sabab bo’ladi. Bu kamchilik til harakatini
qiyinlashtiradi, til tagidagi etning haddan tashqari kalta bo’lishi tilning yuqori tomon
ko’tarilishiga imkon bermaydi. Bundan tashqari, tilning haddan tashqari katta
bo’lishi yoki haddan tashqari kichik va tor bo’lishi ham dislaliyaga olib keladi.
Bunday hollarda to’g’ri artikulatsiya qiyinlashadi.
Jag’ tuzulishidagi kamchiliklar prikus nonormalliklarga olib keladi. Nonormal
prikuslar bir necha xil ko’rinishida bo’lishi mumkin. Prognatiya- yuqori jag’ oldinga
tomon chiqqan bo’ladi. Buning natijasida pastki oldingi tishlar yuqoridagi tishlar
bilan birlashmaydi. Progeniya- pastki jag’ oldinga chiqqan bo’ladi.
Ochiq prikus – yuqori va pastki jag’lar birlashganda ular orasida oraliq masofa
qoladi. Ayrim hollarda bu oraliq faqat oldingi tishlar orasida bo’ladi ( oldingi ochiq
prikus)
Yoni ochiq prikus o’ng tomonli, chap tomonli va ikki tomonli bo’lishi mumkin.
Tishlarning ( tish qatorining ) noto’g’ri tuzulishi ham dislaliyaga sabab bo’lishi
mumkin. Tishlar va jag’dagi kamchiliklarni bartaraf etish shifokor- stomatolig
tomonidan olib boriladi.
Tanglayning noto’g’ri tuzilishi ham tovushlarning to’g’ri talaffuziga xalaqit beradi.
Tor , baland yoki past, yassi tanglay ko’pchilik tovushlarning to’g’ri
artikulatsiyasiga imkon bermaydi. Labning qalinligi ingichkaligi va kam
harakatchanligi ham lab va lab- tish tovushlarini aniq talaffuziga xalaqit beradi.
Funksional dislaliyaga no’tog’ri nutqiy tarbiya va nutq apparatida mashqlarni,
ya’ni harakatning yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan nutq kamchiliklarini
kiritadi.
Funksional dislaliyada periferik nutq apparatining artikulatsion qismida hech
qanday organik buzilishlar, kamchiliklar kuzatilmaydi. Funksional dislaliyaning
keng tarqalgan sabablaridan biri oiladan nutqini noto’g’ri shakllantirishdir. Ayrim
oilalarda kattalar bola nutqiga taqlid qiladilar. Bolani suyib u bilan “ bola tilida”