Mavzu: ozuqa zanjiri



Yüklə 36,29 Kb.
səhifə1/3
tarix28.09.2023
ölçüsü36,29 Kb.
#150338
  1   2   3
OZUQA ZANJIRI




MAVZU: OZUQA ZANJIRI


Reja:



  1. Mavjudotlarning modda va issiqlikning aylanma harakatidagi o’rni va ahamiyati.

  2. Ozuqa zanjiri. Organik moddalar muvozanati.

  3. Biokimyoviy alanma xarakatlar.

Organik moddaning vujudga kelishi va uni parchalanish jarayonida biosferadagi mineral moddalar, suv, har xil gazlar va energiya harakatga keladi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chadi. Miqdor nuqtai nazardan bunday harakat uncha katta emas, lekin organizmlar bilan bog’liq holda modda va energiyani joy almashishi geografik qobiq uchun haddan tashqari muhim ahamiyatga ega, chunki bu jarayon geografik qobiqda qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlarni amalga oshiradi.


Tirik organizmlarning faoliyati hamma geosferalarni tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatdi: atmosfera tarkibidagi karbonat angidridining asosiy qismi organik birikmalar tarkibiga jalb etiladi. SHu jarayon ta’sirida yer yuzasida katta miqdorda kimyoviy energiya to’plandi, atmosferada erkin kislorod miqdori ko’payib ozon ekrani vujudga keldi, hosildorlik hususiyatiga ega bo’lgan, o’ziga xos biokos tizim – tuproq vujudga keldi, yer po’stining yuqori qismida organizmlar qoldig’iga boy cho’kindi tog’ jinslari to’plandi.
Bir – biriga qarama – qarshi bo’lgan organik moddaning vujudga kelishi va parchalanish jarayoni moddalarni aylanma boilogik o’rin almashishini vujudga keltiradi. Agar bu o’rin almashishga kimyoviy elementlarni (uglerod, azot, kislorod, vodorod, kalsiy, fosfor, temir va hokazo) migrasiyasi sifatida qaralsa, bunday o’rin almashishni biokimyoviy o’rin amlashish desak bo’ladi.
Biologik o’rin almashish fotosintez jarayoni bilan chambarchas bog’langan. Natijada energiyaga boy kuchli qaytaruvchi xlorofill organik birikma va kuchli oksidlantiruvchi element – kislorod vujudga keladi. Fotosintez bilan bir vaqtda o’simliklarda qarama – qarshi jarayon – nafas olish amalga oshadi. Yaxshi rivojlanayotgan fitosenozlarda fotosintezda vujudga kelgan organik moddaning miqdori nafas olish jarayonida parchalanayotgan moddaning miqdoriga nisbatan ko’p bo’lishi kerak. Bu ko’rsatkichlar orasidagi yillik tafovut yillik fotosintez mahsuloti yoki yillik biomassa deyiladi.
Geografik qobiqda modda va energiyaning biologik o’rin almashishidan tashqari geologik o’rin almashish mavjud bo’lib, u quyidagi ko’rinishga ega.
Gidrosfera va atmosferani vujudga keltiruvchi oson harakat qiluvchi gazlar va tabiat suvlari aylanma harakatda faol ishtirok etishlari o’z o’zidan ko’rinib turibdi. Quruqlikni vujudga keltiruvchi elementlar esa sekinroq harakat qiladi. Quruqlikni vujudga keltirgan elementlar nurash va denudasiya ta’sirida yer yuzasidan 80-100 mln yil ichida olib ketilishi mumkin.
Hozir quruqlikning hajmi dunyo okeani hajmini 1\12 qismini tashkil etadi. Agar tektonik harakatlar natijasida yer po’sti ko’tarilib turmaganda bir necha geologik davr mobaynida quruqlik hajmi keskin kamayib ketgan bo’lar edi. Tektonik ko’tarilish va yemirilish nisbiy muvozanatining mahsuli deyish mumkin.
Umuman olganda hamma cho’kindi tog’ jinslari biosferada tirik organizmlarning ishtirokida vujudga kelgan, tektonik harakatlar natijasida bu cho’kindi tog’ jinslari metamorfik tog’ jinslariga, bir qismi esa magma tarkibiga kirgan. SHuni hisobga olgan holda V.I. Vernadskiy yerning granit qobiђi qadimgi biosferalar mahsuli degan g’oyani ilgari surgan.
Yer yuzidagi mavjudotlarning issiqlikning aylanma harakatidagi o’rni ham juda katta. Ma’lumki Quyosh energiyasi biosferaning issiqlik balansi va issiklik kelishining asosiy manbai hisoblanadi. Bu o’rinda Yerga Quyosh energiyasining 5*10-10 darajasidagi miqdori kelishini nazarda tutish lozim. Bu mikdor Quyosh radiatsiyasining umumiy miqdoriga nisbatan juda kam bo’lsada yiliga 1,72*1017 Vt yoki 5,42*1024 Djg’yilga teng. Kelayotgan Quyosh radiatsiyasini 22% ga yaqini bulutlar, 8% ga yaqini atmosfera tomonidan qaytariladi. 13% ga yaqin energiya ozon qatlamiga, 7% ga yaqini esa atmosferaga singadi. SHunday qilib kelayotgan Quyosh radiatsiyasining yarmiga yaqini Yer yuzasiga yetib keladi va uning issiqlik muvozanatini belgilab beradi.
Fotosintez jarayonida ishtirok etishi mumkin bo’lgan fotosintetik faol radiatsiya (FFR) ko’k – binafsha (0,38-0,47 mkm) va qizil – sariq (0,58-0,71 mkm) nurlardan iborat bo’lib, umumiy radiatsiyaning 50% ga yaqinini tashkil etadi. Nam, doimo yashil tropik o’rmonlarda FFRning 5% ga yaqini, butun Yer yuzasi bo’yicha esa FFRning 1% ga yaqini o’simliklar tomonidan fotosintez jarayonida o’zlashtiriladi va yiliga organik birikmalarda 504*1019 Dj energiya to’planadi. Bu energiya butun jaxon ishlab chiqarilishiga jalb etilgan energiyaga nisbatan 20 barobar ko’p. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan Yer yuzasida mavjudotlarning modda va issiqlikning aylanma harakatida faol ishtirok etishini ko’rish mumkin.



Yüklə 36,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin