Mavzu: ozuqa zanjiri


Biokimyoviy aylanma harakatlar



Yüklə 36,29 Kb.
səhifə3/3
tarix28.09.2023
ölçüsü36,29 Kb.
#150338
1   2   3
OZUQA ZANJIRI

Biokimyoviy aylanma harakatlar.
Tirik organizmlar tarkibida 80 dan ortiq kimyoviy elementni uchratishimiz mumkin. Lekin ular har xil organizmlar tomonidan ќar xil miqdorda iste’mol qilinadi.
Tirik organizmlar tarkibini asosiy qismini kislorod (65-70%) va vodorod (19% atrofida) tashkil etadi. Qolgan hamma elementlar miqdori 20-25% atrofida bo’lib, 1-10% gacha uglerod, azot, kalьsiy, 1% gacha oltingugurt, fosfor, kaliy, kremniy, 0,1% dan 0,001% gacha temir, natriy, xlor, alyuminiy, magniy va boshqa elementlardan iborat. Ko’rinib turibdiki organizmlar tomonidan litosferadagi barcha kimyoviy elementlar u yoki bu miqdorda iste’mol qilinadi va biologik, geologik o’rin almashishga jalb etiladi, biokimyoviy aylanma harakat ro’y beradi.
Tirik organizmlar uchun eng zaruriy elementlardan biri uglerod hisoblanadi. Suv kabi organik mahsulotni vujudga kelishida uglerodning bir qator xususiyatlari juda muhim ahamiyatga ega. Uglerod ham musbat, ham manfiy ionli moddalar bilan turg’un birikmalarni vujudga keltira oladi. Uglerod atomlari zanjirsimon yoki sharsimon murakkab molekulalarni vujudga keltira oladi. U asosida vujudga kelgan organik birikmalar Yer yuzasidagi issiqlik muhitiga mos va mikroorganizmlar tomonidan parchalanish mumkin. Hayot yo’q muhitda bunday birikmalar saqlanib qoladi yoki sekin o’zgarib toshko’mir, torf, neft va boshqa yoqilgi foydali qazilmalarni vujudga keltiradi.
Uglerodning asosiy aylanma harakati biologik o’rin almashish bilan bog’liq, u atmosfera yoki suvdan o’simliklar tomonidan asosiy iste’mol etiluvchi element sifatida to’planadi, o’simliklar va hayvonlarni nafas olish jarayonida, organik moddani chirish jarayonida ajralib chiqadi, Yerdagi o’simliklar atmosferadagi hamma uglerodni to’rt yuz yil ichida, gidrosferadagi uglerodni esa uch yuz yil ichida o’zlashtirishlari mumkin. Organizmlarning nafas olishi, ular qoldiqlarining chirishi va boshqa bir qator tabiiy (vulqonlari otilishi) va texnogen (yonilg’ini yoqilishi) jarayonlar ta’sirida uning miqdori muvozanatida ushlanib turiladi.
Hayotiy jarayonlar uchun uglerodni atmosfera va suvda gazsimon birikma karbonat angidridi sifatida mavjudligi muhim ahamiyatga ega, natijada u yer yuzasida oson harakat qilishi va fotosintez jarayonida ishtirok etishi mumkin.
Uglerodning o’rin almashishi butunlay berk mas. Uning bir qismi organik (gumus, torf, sapropel) va noorganik (kalьsiy karbonat va hokazo) birikmalar shaklida cho’kindi tog’ jinslari tarkibida ko’milib ketadi. Agar bunday tog’ jinslari chuqurda joylashgan bo’lsa, ularning tarkibidagi uglerod millionlab yil o’rin almashishdan chiqib ketadi. Natijada ko’mir, neftь, ohaktosh va boshqa tog’ jinslarini tarkibida 1016t uglerod to’plangan bo’lib, uning bu miqdori okean suvlari, atmosfera va tirik organizmlar tarkibidagi uglerodga nisbatan bir necha barobar ko’p. Vulqonlar otilganda yoki tog’ hosil bo’lish jarayonida chuqurlikda joylashgan cho’kindi tog’ jinslari Yer yuzasiga chiqadi va uning tarkibidagi uglerod yana biologik o’rin almashishda ishtirok etishi mumkin. Agar Yerdagi hayot 3 mlrd yildan ortiqroq mavjudligini hisobga olsak geografik qobiqdagi bor uglerod bir necha bor biologik o’rin almashishda ishtirok etganligini ko’rishimiz mumkin.
Biologik o’rin almashish jarayonida ishtirok etuvchi yana bir muhim elementlardan biri azot hisoblanadi. Uning landshaftlardagi miqdori litosferadagiga nisbatan ancha ko’p. Azotning asosiy qismi atmosferada to’plangan, tuproq va tirik organizmlarning tarkibida ham uning miqdori ancha ko’p. Azotni ko’pchilik hayot va mahsuldorlik elementi deydi.
Atmosferadagi azot o’simliklar va hayvonlar tomonidan to’g’ridan – to’g’ri o’zlashtirimaydi. Azot havodan ba’zi bir suv o’simliklari tomonidan to’plansada, landshaftlardagi azot asosan bir qator azotni to’plovchi mikroorganizmlar tomonidan to’planadi. Bir vaqtni o’zida organik birikmalar tarkibidagi azotni atmosferaga ozod holda o’tishi amalga oshadi.
Tabiatdagi jarayonlarni amalga oshishida erkin kislorodni ishtiroki haddan tashqari muhim ahamiyatga ega. V.I.Vernadskiy uni Yerdagi eng asosiy kimyoviy element deb hisoblagan. Kislorod tomonidan amalga oshiraladigan okisidlanish reaksiyasi tabiatda ro’y beradigan eng asosiy tarqalgan jarayon hisoblanadi.
Geografik qobiqdagi tog’ jinslari, tuproq, suv tarbikidagi kislorodni miqdori juda ko’p. U eng keng tarqalgan element hisoblanadi. Ammo Yer tarixida erkin kislorod doimo bo’lmagan. Erkin kislorod bundan 3 mlrd. yil ilgari to’plana boshlagan. Uning miqdorini asta-sekin atmosferada ortib borishi ulьtrabinafsha nurlarni ushlab qolish xususiyatiga ega bo’lgan ozon qatlamini vujudga keltirgan. Natijada organizmlarni tez ko’payishi va quruqlikka ko’chishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan.
Bir vaqtni o’zida geografik qobiqning shakllanish tarixida kislorod nurash qobig’i va litosferada to’plana boshlagan.
Kimyoviy elementlarni tirik organizmlar tomonidan o’zlashtirilishi, migrasiyasi, boshqa migrasiya turlari, jumladan, mexanik fizikaviy, kimyoviy migrasiya ta’sirida hududiy qayta taqsimlanishi ro’y bergan. Bu geografik qobiqning o’ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Yüklə 36,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin