Farg‘ona vodiysi koksidlarining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi va ozuqa o‘simliklari farg‘ona vodiysi koksidlarining zoogeografik viloyatlar bo‘yicha taqsimlanishi



Yüklə 46,06 Kb.
səhifə1/11
tarix23.06.2023
ölçüsü46,06 Kb.
#134674
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
= (2) (2)


FARG‘ONA VODIYSI KOKSIDLARINING HUDUDLAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI VA OZUQA O‘SIMLIKLARI
Farg‘ona vodiysi koksidlarining zoogeografik viloyatlar bo‘yicha taqsimlanishi
Barcha organizmlar singari Farg‘ona vodiysi koksidlarining ichida ham adventiv (kelgindi) va endemik turlar ham ozuqa zanjiri shakllanishi va tarkibiy birligi sifatida muhim o‘rin tutadi.
A.D.Arxangelskayaning ma’lumotlariga asosan O‘rta Osiyoda 120 tur koksidlar ro‘yxatga olingan. Bu ma’lumotlar asosida ularning asosiy zoogeografik guruhlarini aniqlashga imkon beradi. Olimning ko‘rsatishicha Bodengaymer janubiy polearktikani quyidagi Yevrosibir, O’rtayer dengizi, Sahara-Hindiston, Eron-Turon, Tropik va subtropik, Polearktik viloyatlarga taqsimlagan. O’rta Osiyo jumladan O‘zbekiston Eron-Turon viloyatiga kiradi.
Aniqlangan turlarni zoogeografik jixatdan taqsimlanishi quydagicha.
I. Endemik yoki Eron-Turon turlari.

1. Drosicha turkestanica Archangelskaya, 1931
2. Eulecanium rugulosum (Archangelskaya, 1937)
3. Rhodococcus turanicus (Archangelskaya, 1937)
4. Salicicola archangelskyae (Lindinger, 1929)
5. Diaspidiotus slavonicus (Green, 1934)
Ushbu guruxga Arxangelskaya tomonidan tariflangan 5 tur O’rta Osiyoda qayd qilingan. Eron – Turon guruhiga kiruvchi turlarni Farg‘ona vodiysida tarqalishiga qarab ozuqa o‘simligiga nisbatan olsak, Drosicha turkestanica Populis pyramidalis, P.alba, Salix alba, Morus L., Catalpa bignonioides W.larda, Eulecanium rugulosum Cydonia Mill., Populus ntuinosada, Rhodococcus turanicus esa Cerasus (Mill.) A.Grayda, Chionaspis salicis Salix alba daraxtida, Salicicola archangelskyae Pyrus L.da yashab zarar keltirishi aniqlandi. Bundan tashqari ilmiy adabiyotlarda ularni boshqa ko‘plab o‘simliklarni ham zararlashi qayd qilingan. Farg‘ona vodiysi sharoitida biz tomonimizdan aniqlanishicha 9 ta turi mevali daraxtlarning zararkunandalari ekanini ko’rishimiz mumkin, aynan:
1. Eulecanium rugulosum (Archangelskaya, 1937)
2. Rhodococcus turanicus (Archangelskaya, 1937)
3. Salicicola archangelskyae (Lindinger, 1929)
Ushbu guruhdagi 1 tur manzarali daraxtlarda uchraydi:

  1. Diaspidiotus slavonicus (Green, 1934)

Guruhdagi 1 tur mevali va manzarali daraxtlarda uchraydi:
1. Drosicha turkestanica Archangelskaya, 1931
Shunday qilib, 5 turdan inson uchun ahamiyatli 5 turi madaniy o’simliklarda yashaydi va turli darajada zarar keltiradi.

Yüklə 46,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin