Farg‘ona vodiysi koksidlarining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi va ozuqa o‘simliklari farg‘ona vodiysi koksidlarining zoogeografik viloyatlar bo‘yicha taqsimlanishi


Farg‘ona vodiysi koksidlarining viloyatlar va dunyo faunasida tarqalishi



Yüklə 46,06 Kb.
səhifə4/11
tarix23.06.2023
ölçüsü46,06 Kb.
#134674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
= (2) (2)

Farg‘ona vodiysi koksidlarining viloyatlar va dunyo faunasida tarqalishi
Oʻrta Osiyodagi togʻlar orasida joylashgan vodiy, Oʻrta Osiyoning yirik togʻ oraligi (soylik) botiklaridan biri. Shimolida Tyanshan va janubida HisorOlay tog tizmalari bilan oʻralgan. Asosan, Oʻzbekiston, qisman Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari hududida. Keng qismi Turkiston va Olay tizmalarining shimoliy yon bagʻirlariga borib taqaladigan uchburchak shaklida boʻlib, shimoli-gʻarbdan Qurama va Chatqol tizmalari, shimoli-sharqdan Fargʻona tizmasi bilan oʻralgan. Gʻarbda tor yoʻlak (eni 8–10 km) "Xoʻjand darvozasi" orqali Toshkent—Mirzachoʻl botigʻi bilan tutashgan. Uz. 300 km, eni 60–120 km, eng keng joyi 170 km, maydoni 22 ming km². Balandligi, gʻarbida 330 m, sharqdda 1000 m. Uning umumiy tuzilishi ellips (bodom)simon koʻrinishda. Gʻarbdan sharqqa kengayib boradi. Fargʻona vodiysi yer yuzasi toʻrtlamchi davrning allyuvial va prolyuvialallyuvial choʻkindilari bilan toʻlgan. Soylik toshkoʻmir davrida egilma shaklida boʻlgan, oʻrta toshkoʻmir davrida k,alin qumtosh — loyli choʻkindilar bilan qoplangan. Boʻr davrida sayoz dengiz boʻlgan. Paleogen davrining oxiriga kelib batamom quruklikka aylangan. Soylik atrofidagi tog tizmalari alp burmalanishida keskin koʻtarila boshlagan, lekin, denudatsiya jarayonida qaytadan yemirilgan. Vodiy tubidagi dengiz yotqiziklari ustini kontinental yotqiziqlar qoplagan (qalinligi 300–400 m).
Fargʻona vodiysida turli geologik davrlarda neft, kumir, tabiiy gaz, gips, temir, mis rudalari, simob, ohaktosh, pyx, oltingugurt, mum, tuz, polimetall rudalar, surma, mineral suv kabi foydali kazilmalar hosil bulgan.
Fargʻona vodiysi yer yuzasi tuzilishini bir necha pogʻona (zona)ga boʻlish mumkin. Relyefining birinchi pogʻonasi soylikning markaziy qismini va Sirdaryoning hozirgi oʻzanigacha boʻlgan 300–400 m balandlikdagi yerlarni egallagan. Bu hududda 200 km masofadagi nishablik sharq, janubi-sharq va janubidan gʻarbga tomon 80 m ga teng. Dengiz yotqiziqlari ustida akkumulyativ jinslar, keyingi davrlarning koʻl yotqiziqlari, shamol olib kelgan jinslar keng tarqalgan. Bu pogʻonada shoʻrxoklar, koʻllarning oʻrni, qumli tepaliklar uchraydi.
Soylikning ikkinchi pogʻonasi daryo va soylarning keng yoyilmalarini egallagan toshshagʻalli maydonlardan iborat (400–600 m). Toʻrtlamchi davr allyuvial yotqiziqlari keng tarqalgan boʻlib, ular soylik atrofini halqa kabi oʻrab olgan.
Relyefning uchinchi pogʻonasini balandligi 600–1200 m boʻlgan adirlar zonasi tashkil qiladi. Fargʻona vodiysi yuzasi janubdan oʻrab turgan Konibodom, Shoʻrsuv, Rishton, Chimyon, Avval, Muyan adirlari toshshagʻallardan iborat yotqiziklardan, Navkat va sharqiy adirlari lyoss va lyosslashgan gil jinslardan tuzilgan; kattakatta qoyasimon jarliklar, qulamalar bu yer relyefi uchun xosdir. Shimoliy Fargʻonadagi Namangan, Chuyet, Pop adirlarining janubiy yon bagʻirlari Sirdaryo vodiysi tomon zinapoyasimon pasaygan. Adirlar ortidagi tekisliklar allyuvial jinslar bilan qoplangan. Vodiyni oʻrab turgan togʻlar ana shu akkumulyativ tekisliklardan boshlanadi.
Andijon viloyatining bunday sharoitida koksidlarning rivojlanishi uchun qulay joy sanaladi. Farg‘ona vodiysining Andijon viloyatida tarqalgan turlarning tumanlar bo‘yicha taqsimlanishi va https://www.gbif.org/ turlarning o‘rganilishi 1-jadvalda berilgan.
1-jadval

Yüklə 46,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin