V. Tropik va subtropik kosmopolit turlar. Arxangelskayaning ko‘rsatishicha ushbu guruxni ikkiga ajratish mumkin.
1. Tropik kosmopolitlar
2. Subtropik kosmopolitlar
Yuqorida ko‘rsatilgan tropik kosmopolit turlarga biz tomonimizdan aniqlagan turlar ichida mansubi mavjud emas.
Subtropik kosmopolitlar turlarga quydagi turlar mansub:
1. Planococcus ficus (Signoret, 1875)
2. Unaspis euonymi (Comstock, 1881)
3. Diaspidiotus perniciosus (Comstock, 1881)
Ushbu guruhdagi 3 turning barchasidan faqat birgina Planococcus ficus Farg‘ona vodiysida uy sharoitidagi tok (Vitis L.) lardaning jiddiy zararkunandasi sifatida qayd qilindi. Unaspis euonymi Euonymus L.ning jiddiy zararkunandasi sifatida o‘rganildi. Diaspidiotus perniciosus Respublikada ichki karantin tur sifatida qayd qilingan.
Qolgan 9 ta turning zoogeografik kelib chiqishi adabiyotlar orqali aniqlash ishlari olib borilmoqda.
1. Pseudococcus comstocki (Kuwana, 1902)
2. Pseudococcus vovae Nasonov, 1909
3. Phenacoccus aceris (Signoret, 1875)
4. Eriococcus salicis Borchsenius, 1938
5. Pulvinaria salicicola Borchsenius, 1953
6. Coccus hesperidum Linnaeus, 1758.
7. Sphaerolecanium prunastri (Boyer de Fonscolombe, 1834)
8. Chionaspis etrusca Leonardi, 1908
9. Diaspidiotus elaeagni (Borchsenius, 1939)
Ushbu 9 turlarning Farg‘ona vodiysida tarqalishiga qarab, ozuqa o‘simligiga nisbatan olsak, mevali va manzarali o‘simliklarda 2 ta: Pseudococcus comstocki, Coccus hesperidum jiddiy zararkunanda sifatida qayd qilindi. Pseudococcus comstocki respublika uchun ichki karantin tur sifatida qayd qilingan.
Manzararli o‘simliklarda Pseudococcus vovae keyingi yillarda ko‘payb jiddiy zararkunanda sifatida zararlilik darajasi ortib bormoqda. Qolgan Eriococcus salicis, Pulvinaria salicicola, Chionaspis etrusca turlari zararlilik darajasi kam bo‘lgan turlar xisoblanadi.
Phenacoccus aceris, Sphaerolecanium prunastri, Diaspidiotus elaeagni birqancha mevali daraxtlarning zararkunandalari ekanini ko’rishimiz mumkin.