Reja: 1.Dislaliya haqida tushuncha; 2.Dislaliyaning shakillari; 3.Dislaliya kelib chiqish sabablari Tayanch tushunchalar:Chuchukli, rotatsizm, lambdatsizm, sigmatizm, xirurgiya, differensial, mexanizm, funksional, prognatiya, prikus, artikulyatsiya, kinestik analiz, realizatsiya, taqlid, yugancha,
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.Y. Ayupova. “ Logopediya “ 10.08.2007-yil
2. M.Y. Ayupova. “ Logopediya” O’zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. 2007-yil
3. L. Mo’minova. “ Tutilib gapiruvchi o’smirlar uchun qo’llanma “
4. Raxmanova V. S. “ Korreksion pedagogika va logopediya “ 2007-yil.
5. “Logopediya” ( L. S. Volkova tahriri ostida ) .
Dislaliya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis-buzilish, lalia-nutq degan ma’noni anglatadi
Dislaliya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis-buzilish, lalia-nutq degan ma’noni anglatadi
Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko’p tarqalgan kamchilikdir.
Ye.F.Rau ma’lumotiga ko’ra, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar maktabgacha yoshdagi bolalarda 15-20% ni, kichik maktab yoshdagi bolalarda 5-7% ni tashkil etar ekan.
Etiologik belgilarga ko‘ra dislaliya ikki shaklga bo‘linadi:
MEXANIK (ORGANIK) FUNKSIONAL DISLALIYA.
Mexanik dislaliya va uning sabablari
Mexanik (organik) dislaliya pereferik nutq apparatning (til, jag‘, tanglay, tish) organik buzilishi natijasidir.
Til tagidagi etning (yugancha) kaltaligi mexanik dislaliyaga sabab bo‘ladi. Bu kamchilik til harakatini qiyinlashtiradi, til tagidagi etning haddan tashqari kalta bo‘lishi tilning yuqori tomon ko‘tarilishiga imkon bermaydi. Bundan tashqari, tilning haddan tashqari katta bo‘lishi yoki haddan tashqari kichik va tor bo‘lishi ham dislaliyaga olib keladi. Bunday hollarda to‘g‘ri artikulyatsiya qiyinlashadi.
Jag‘ tuzilishidagi kamchiliklar prikus nonormalliklarga olib keladi. Meyorda bo`lmagan prikuslar bir necha xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Prognatiya-yuqori jag‘ oldinga tomon chiqqan bo‘ladi. Buning natijasida pastki oldingi tishlar yuqoridagi tishlar bilan birlashmaydi. (4-rasm)
Progeniya-pastki jag‘ oldinga chiqqan bo‘ladi (5-rasm)
Ochiq prikus-yuqori va pastki jag‘lar birlashganda ular orasida oraliq masofa qoladi. Ayrim hollarda bu oraliq faqat oldingi tishlar orasida bo‘ladi (oldingi ochiq prikus). (6-rasm)