Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə6/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
2-sinf Ona tili kons

Matnni o 'qing. Sarlavha toping.
Matn o'qiladi. O'quvchilar o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib sarlavha topadilar:
«Ayyor Tulki», «Tulki va turna», «Tulki och qoldi»
Matnni rasmga qarab ikki qismga bo'lish. Har bir qismni xatboshidan rasmlar tartibida ko'chirish.
— Rasmlar matn mazmuni bo'yicha berilganmi? (Yo'q.)
- Birinchi rasm qaysi gaplar bilan tasvirlangan? O'qing.
Endi ikkinchi rasm tasvirlangan gaplarni o'qing. (O'qiydilar.
— Endi sarlavhalardan birini tanlab qo'yib, matnni rasmlar tartibida ko'chiramiz: avval birinchi rasmni tasvirlagan gaplani( Turnatulkining uyiga...) xatboshidan boshlab, ya'ni ikki barmoq joy qoldirib ko'chirib yozamiz. Keyin ikkinchi rasm tasvirlangan (Tulki turnaning uyiga...) gaplarni xatboshidan boshlab ko'chirib yozamiz.
IV.Mustahkamlash. Ko 'chirilgan matnni tekshirish. O`quvchilar avval daslikdan matn so'zlarini bo'g'inlarga bo'lib o`qiydilar keyin yozganlarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar, yo'l qo'ygan xatolai bo`lsa , o'zlari tuzatadilar.
V. Uyga vazifa. 30- mashq.
MRO`TIBO`_______________
Sana:
Mavzu.1-nazorat ishi.
Maqsad.
Ta`limiy:Qo'llanmada berilgan «Esdalik»' asosida kitobdan diktant yozishga o'rgatish. Tabiyaviy:O`quvchilarda o`ziga bo`lgan ishonchni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Xatboshiga rioya qilgan holda matn yozish ko'nikmasini o'stirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish.
1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.O`tilganlarni mustahkamlash maqsadida savol-javob o`tkaziladi.
III.Nazorat ishi bayoni:
Bugungi darsimizda kitobdan diktant yozishni o'rganamiz.
(O'qituvchi «Esdalik»ning har bir bo'limini o'qib, o'quvchilar nima qilishlari kerakligini tushuntiradi.)

  • Oldin nima qilar ekanmiz? (Matnni o'qiymiz, tushunmagan so'zlarimizni so'rab bilib olamiz.)

  • Keyin nima qilar ekanmiz? (Har bir so'zni alohida o'qiymiz, yozilishini bilib olamiz.)

  • Juda yaxshi, siz nimalarni o'rgangansiz? (O'quvchilar o'qituvchi yordamida gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlashni, oxiriga nuqta qo'yishni; kishilarning ismi va familiyasini bosh harf bilan boshlab yozishni yodga tushiradilar.)

O 'qiluvchi diktantning har bir bo 'limini xatboshidan boshlashni (ozroq joy qoldirishni unutmaslikni), husnixat qoidalariga rioya qilib, chiroyli va to'g'ri yozishni, yozganini tekshirishni (so'zlarni bo'g'inlab o'qish va yo'l qo'ygan kamchiliklarini to'g'rilashni) tushuntiradi.
Kitobdan diktant yozishga tayyorlanish va uni yozish.
IV.Mustahkamlash. Qo'llanma oxirida berilgan «Esdalik»ka qarang.
1. O'quvchilar darslikda berilgan matnni o'qiydilar.
Tushunmagan so'zlarini o'qituvchidan so'rab bilib oladilar 28-mashq.
2. Har qaysi so'zni qayta o'qiydilar va qanday yozilganini eslab qolishga harakat qiladilar.

  1. O'quvchilar kitobni yopadilar. O'qituvchi matnni aytib turib yozdiradi. O'quvchilar yozib bo'lgach, o'qituvchi matnni sekinlik bilan o'qiydi, ular yozganlarini tekshiradilar.

  2. Darslik ochilib, o'quvchilar yozganlarini darslikdan o`zlari tekshiradilar va yo'l qo'ygan xatolarini to'g'rilaydilar.

V. Darsni yakunlash. O'quvchilar daftarlarini tekshirish uchun yig`ib olinadi.
VI.Uyda:O`tilganlarni takrorlash.
MRO`TIBO`_______________

Sana :
Mavzu : Diktant tahlili ,xatolar ustida ishlash,o`rganilganlarni mustahkamlash .


Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilarni chiroyli yozishga o`rgatish .
Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


2. Navbatchi axboroti .
3. Daftar tarqatish .
II. Diktantning umumiy natijasi bilan o`quvchilarni tanishtirish .
Kim qanday xatoga yo`l qo`yganligini aytib o`tish .
O`quvchilar diktant yozishda yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rib chiqib , alohida qatorga to`g`rilab chiroyli qilib yozadilar .

III. Induvidual xatolar ustida ishlash .


Har bir o`quvchi o`zining xatosini daftardan ko`rib chiqqan holda uni to`g`rilashga kirishadi Harflarni ilmo xatolariga qarab to`g`rilab yozish .

IV. Tipik xatolar ustida ishlash .


Lug`at so`zlardan foydalanish . Aylanma daftarga lug`at diktant yozish .
V. Test savollari bilan ishlash .
1. O`zbek tilida nechta undosh tovush bor ?
a) 24 ta b) 25 ta g) 23 ta
2. Qaysi tovushni aytganimizda havo og`izda to`siqqa uchraydi ?
a) unli tovushni b) undosh tovushni g) barcha tovushlarni
3. Qaysi harf ikki tovushni anglatadi ?
a) b b) k g) j
4. O`zbek tilida nechta unli tovush bor ?
a) 6 ta b) 7 ta g) 7 ta
5. Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi ?
a) tovushlarda b) harflarda g) sonlarda
O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa: Kuz haqida 3-4 ta gap yozib kelish .


MRO’TIBO’ _________________________


Sana:
Mavzu. Undosh tovushlar va harflar.


Maqsad.
Ta`limiy: Undosh tovushlarning xususiyatlari haqidagi bilimlanul umumlashtirish;
Tarbiyaviy: O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: muhim belgilariga qarab, undosh tovushlarni aniqlash ko'nikmasini o'stirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish.
1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.

II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.


III.Yangi mavzu bayoni:
Darslik ustida ishlash. 31-mashq.
O'quvchilar b, ch, k, j undoshlarini talaffuz qiladilar va suhbat yordamida undosh tovushlarni talaffuz qilganda, havo og'izda to'siqqa uchrashi, shuning uchun shovqin eshitilishi (ch, k) va shovqin bilanj birga ozroq ovoz eshitilishi (b, j) ni aniqlaydilar. Undosh tovushlar undosh harflar bilan belgilanishini bilib oladilar.
Xulosani darslikdan o'qish.32- mashq.
Bu mashqni bajarish bilan tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi ahamiyati tushuntiriladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin