27.Jaloliddin Manguberdi halokati va uning sabablari 623-yil shavvolining ortasida (milodiy 1231-yil avgusti) Xorazmshoh aysh-ishrat va mastlikka berildi. Bazmlardan biridan song Jaloliddin olikdek qotib uxlab qoldi va ordasini mogullar orab olganini bilmadi ham. Mogullar uning chodiriga yaqinlashib kelgan edilar hamki, amir Urxon askarlari bilan kelib qoldi va mogullarni chodirdan haydab yubordi. Fursatdan foydalanib, xodimlar Xorazmshohni chodirdan olib chiqdilar, uni mastligicha otga otqazib, choptirib ketdilar.Mogullar ularning ketidan quvdilar, shunda Jaloliddin oziga kelib, Urxonga ularni chalgitishni buyurdi, ozi esa quvgindan qutulib qolmoqchi boldi. An-Nasavnyning yozishicha, sulton mogullar quvginidan birgina ozi qochib xato qilgan. Amir Urxon esa 4 ming otligi bilan mogullardan qutula oldi, keyin Isfahonga ketdi, uni qolga olib, biror muddat shaharning mustaqil hokimi bolib turdi. Keyin, totorlar unga hujum qildilar, song Urxon 639-yilgacha (milodiy 1241-1242-yillar) Forsda soqchilar kuzatuvi ostida turdi.Xorazmshoh mogullardan qochib, Amid tomoniga intildi, u yerda bekinmoqchi bolgan edi, lekin, aholi uni shaharga kiritmadi. Jaloliddin tezda Amidni tashlab ketdi va mogul otliqlari tomonidan quvgin qilinayotgan, oz maslakdoshlari tomonidan tashlangan holda, Mayoforiqin yaqinidagi toglarga qochdi.Sultonning ketidan 15 mogul quvib bordi. Ulardan ikkisi unga yetib oldi, lekin, sulton ularni oldirdi, qolganlari ortda qoldilar. Ayn Dor qishlogi yaqinida sultonni kurdlar tutib olib, uni taladilar va oldirmoqchi boldilar. Shunda Jaloliddin talonchilarning boshli giga bunday dedi: «Men haqiqatan ham sultonman, mening taqdirimni hal qilishga shoshilma. Sen tanlashing mumkin: yo meni Mayoforiqinning hokimi al-Ma-lik al-Muzaffar Shaxobiddin Gozining huzuriga olib bor u senga mukofot beradi yoki meni mamlakatlarimning biriga olib bor shunda sen amir bolasan».Kurd Xorazmshohga yordam bermoqchi boldi va uni chodirda xotnnining nazoratida qoldirib, ot topgani ketdi. Chodir egasi yoqligida nayza bilan qurollangan yana bir kurd keldi. U xotin kishidan: «Bu xorazmlik kim?» deb soradi. U esa, bu sulton, deb javob berdi va hozir u erimning himoyasida, dedi. Bu kurdning ukasini xorazmliklar Hilotda oldirishgan bolib, bu hech sulton emas, deb oyladi va nayza urib, uni oldirdi.Xorazmshoh Jaloliddin ana shunday halok boldi. U 628-yil shavvolining ortasida (milodiy 1231-yil 17 va 20-avgust orasida) oldirildi.Kurdlar Xorazmshohning barcha qimmatbaho bezaklarini yechib oldilar va otininng egar-jabduqlarini ham olib ketdilar. Bir necha kundan song ulardan biri Xorazmshohning libosini kiyib, qurollarini oziga osib, Amidga keldi, bu yerda uni Jaloliddinning mamluklaridan biri korib qoldi. Mamluk bu haqda al-Malik al-Muzaffarga xabar qildi, u esa kurdni qatl qilishga, Xorazmshoh oldirilgan qishloq erkaklarining barchasini qirishga va qishloqning oziga ot qoyishga buyruq berdi. Qishloqdan Xorazmshohning ashyolari va qurollari topilib, ularni amirlar tanidilar. Sultonning jasadi Mayoforiqinga keltirildi. Al-Malik al-Muzaffar Xorazmshohning amakisi Uturxondan: «Oldirilgan Jaloliddinmi?» deb soradi. U «Ha!» deb, yiglab yubordi. Uni kechasi Mayoforiqin yaqiniga komdilar. va mogullar Xorazmshohning tanasini haqorat qilmasin deb qabrini tekislab qoydilar.Al-Malik al-Ashrafga, Jaloliddinning olimi haqidagi, goyoki, xursandchilik xabarini keltirishgandan dedi: «Siz meni uning olimi bilan tabriklayapsizlarmi? Biroq siz buning samarasini yigasiz, chunki Alloh nomi bilan qasam ichamanki, uning halokati mogullarning islom yerlarini istilo qilishlarini anglatadi. Endi biz bilan Yajuj va Majuj ortasida devor bolib turgan Xorazmshohdek biror kimsa yoq».Xorazmshoh Jaloliddin oldirilgandan song, u oldirilmagan, oldirilgan kishi unnng silohdoridir, degan ovozalar tarqaldi. Jumladan, Ibn al-Ibriy (Bar Ebrey) bunday xabar qiladi: «Ayrim kishilar, oldirilgan Jaloliddin emas, uning silohdori edi, Jaloliddin osha kuni qurolsiz bolgan va sulton libosini kiymagan, deydilar. U sofilar kiyimida edi va olkalar boylab darbadarlikda yurardi. Odamlar yana, Xorazmshohni falon mamlakatda va falon shaharda korganlarini va 652-yil (milodiy 1254-yil) bir guruh savdogarlar Jayhundan otganlarini va soqchilar osha yerda savdogarlar bilan ketayotgan bir nomalum kambagalni tutganliklari haqida ham gapira boshladilar. Soqchilar uning kimligini aniqlay boshlaganlarida u Jaloliddin Xorazmshoh ekanligi malum bolgan. Ular uni tutib, ura boshladilar va soroq qildilar. Biroq, u aytgan sozlaridan qaytmagan va qiynoq ostida olgan. Lekin, u Xorazmshoh emas edi, bunga aql bovar qilmaydi, shubhasiz u aqldan ozgan edi».