8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi


Xorazmshohlar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy hayot



Yüklə 71,32 Kb.
səhifə7/26
tarix25.02.2023
ölçüsü71,32 Kb.
#85518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
8.Xorazmshohlar javoblar.1

26.Xorazmshohlar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Xorazmshohlarning harbiy-siyosiy g‘alabalari (ayniqsa sulton Takаsh va Alouddin Muhammad davrida) davlatning iqtisodiy qudratiga asoslangan edi. Bu davlatning iqtisodiy qudratini markazdagi hamda unga tobe mamlakatlardagi pul xo‘jaligi, tanga zarbxonalari, pul muomalasini nazarga olib, organish kerak boladi.Xorazmshohlar nomidan qaysi shaharlarda tanga zarb qilingan? Bu savolga javob topsak, qolgan masalalar ham oydinlashadi. Qolyozma manbalarda bu haqida ayrim malumotlar uchraydi.Rasmiy hujjatga kora, birinchi bolib Xorazmshoh Otsiz oz nomidan tanga zarb ettira boshlaydi. 536-yilning shavvol (1142-yil, may) oyida sulton Otsiz Marvni zabt etib, Nishopurni egallash uchun yurish boshladi. U, Nishopurga yaqinlashganida shaharning obroli vakillari podshohni kutib olishga chiqdilar va agar sulton aholiga omonlik bersa, talon-torojga yol qoymasa, shaharni hazrati oliylariga topshiramiz, deb vada berdilar. Otsiz bu shartlarga rozi boldi va Nishopur aholisiga murojaat qilib, (hokimiyatga) bunday shartlarini qoydi: Mazkur murojaat xalqqa oqib eshittirilganidan keyin, Nishopurda bizning nomimizga xutba oqilishi, tanga zarb etilishi va tiroz (sulton ismi, unvonlari naqsh etilgan, qimmatbaho gazlama) toqilishi kerak. Murojaatda bu tangalar oltinmi, kumushmi, mismi - aytilmagan. Bu yerda Xorazmshoh Otsiz tangalardan oz homiysi buyuk sulton Sanjarning nomini yozdirmay, oz nomidan tanga zarb qilishni kozda tutgan. Buning boisi 536-yil safar oyining 5-kuni sulton Sanjar Qatvon cholida qoraxitoylardan yengilib, ogir ahvolda qolgan va tobeligidagi Otsizning bu isyoniga qarshi chora korishdan ojiz edi. Har holda Xorazmshoh Otsiz nomidan tanga zarb etish bu gal 5 oygina davom etdi, bu vaqtdagi Nishopur tangalarida sulton Sanjar nomi tilga olinmadi.1167-yilda Xorazmshoh El-Arslon (ibn Otsiz) Nishopurni fath etganida ham, uning vassali - tobesi Muayyid Oy Abo qo‘l ostidagi o‘lkalarda El-Arslon nomi bilan oltin dinorlar va kumush dirhamlar zarb qilingan.Xorazmshohlarga tobe bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda hamda viloyatlarda Xorazmshoh nomiga xutba o‘qilib, tangalar zarb qilingan. 591 (1195)-yilda Кеrmon Xorazmshohlarga o‘tganida sulton Takаsh nomidаn tangalar zarb etilgan.Balx hokimi Imodiddin ham 603 (1206)-yilda, Hirot hokimi G‘iyosiddin G‘o‘riy, Bamiyon hokimi Alouddin, 606 (1209)-yilda Mozandaron hokimi (nomi aytilmagan), shu yili Samarqand podshohi sulton Usmon ibn Ibrohim Xorazmshoh nomidan tangalar zarb etishgan.Fors va Ozarbayjon otabeklari Sad ibn Zangiy va Ozbek 619 (1217)-yilda Alouddin Muhammaddan yengilgach, uning nomiga xutba oqitib, tangalar zarb qildilar. Sulton Alouddin Muhammad sharafiga Arron va Ozarbayjondan, to Darband va Shirvongacha masjidlarning minbarlaridanxutba oqilgan (Nasaviy, Ibnul Asir).Xorazmshoh Jaloliddin 619 (1222)-yilda mo‘g‘ullardan yеngilib,-Hindistonga borganida mahalliy hukmdorlar Nosiriddin Qubochi (1205-1227) va Shamsiddin Eltutmish Mu’izziy (1211-1236), rajputlar va hakkarlar o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, sulton Jaloliddin nomiga kumush va mis tangalar zarb etdi. (Sulton Eltutmish yengilmagan, u sulton Jaloliddinga ittifoqchi bolishni taklif etgan edi, sulton bunga javob ham bermay, Gurjistonni egallashga ketib qoldi M. M.)Tarixiy manbalarda Xorazmshohlar nomiga tanga zarb etilgan barcha shaharlar korsatilmagan. Ammo, topilgan tangalarning ozidagi yozuvlardan kelib chiqib, quyidagi shaharlarda Xorazmshohlar nomiga tangalar zarb qilinganini bilib olamiz: Movarounnahrda Samarqand, Buxoro, Barob (Forob, Otror), Xojand (Ozgand), Termiz, Chagoniyon, Vaxshda, saljuqiylar va g‘o‘riylarning viloyatlarida — Balx, Bomiyon, G‘aznon, G‘o‘r, Guruzuvon, Zamindovar, Yovmur, Qunduz, Marv, Niso, Nishopur, Peshovar, Tolaqon, Farvoon (Parvon), Shofurkon va boshqa hammasi bo‘lib, 30 ga yaqin viloyat shaharlarida Xorazmshohlar nomiga tangalar zarb etilgan. Ayniqsa, Takаsh o‘g‘li Alouddin Muhammad davrida bunday tangalarning jug‘rofiy hududlari kengaygan.Sulton Jaloliddin 623 (1226)-yilda Tiflis hamda Sharqiy Gurjistonni fath etganida bu yerlarda o‘z nomidan tangalar zarb eta boshladi. Tiflis shahri olingan vaqtda malika Rusudan xazinasi sulton Jaloliddin qoliga tushgach, u malika Tamar, Georgiy Lasha va Rusudan nomlariga chiqarilgan tangalarga oz nomini yozdirib, qaytadan chiqardi.Somoniylar davridan boshlab, kopgina Sharq mamlakatlarida (doimiy urushlar, vayronliklar va boshqa sabablar tufayli) oltin tangalar bozorlarda kamayib, sifatsiz kumush tangalar va mis tangalar kopaydi. Olimlar fikricha, bunga kumush konlarida zahiralarning kamayib ketgani ham tasir qilgan.Buyuk saljuqiylar davlatida oltin dinorlar zarb qilinar edi. Gaznaviylar kabi, saljuqiylar ham oltin dinor ogirligini turli misqollarda chiqarar, aholi buni bilar edi. Dinorlar ogir, yengilligiga qarab, turlicha atalardi. Saljuqlar zamonida asosiy zarbxona Nishopurda edi. Nishopur (Naysabur) dinorlari ancha Yuqori sifatdi (92 98 foiz sof oltindan) edi.. Saljuqiylarga tobe boshqa bazi yirik shaharlarda ham Yuqori sifatli dinorlar chiqarilardi. Qizigi shundaki, Yuqori sifatli oltin dinorlar bilan sof kumush aralash oltin dinorlar birday muomalada bolar, ammo, sof dinorlar qimmatbaho mollarni olishga sarflanardi.Dirhamlar esa avvallari kumush va mis aralashmasidan tayyorlanardi, keyinchalik (kumush yetishmay qolgan vaqtlarda) misning ozidan zarb etila boshladi. Sulton Sanjar davlatining zaiflashgan ikkinchi davrida sifatsiz kumush va oltin suvi yugurtirilgai dinorlar va mis dirhamlar zarb etilgan.Goriylar Yuqori sifatli oltin dinorlar zarb qilar edilar. Alouddin Muhammad ibn Takiаh g‘o‘riylar xazinasini qo‘lga kiritganida sof oltin dinorlar bor edi. G‘o‘riylarning eng so‘nggi dinorlarida ham oltin 98 – 99 foizni tashkil etardi. Rukniddin chiqargan sof oltin dinorlar rukniy, G‘iyosiddin chiqargan dinorlar g‘iyosi-g‘o‘riy deb atalardi (G‘iyosiddin Muhammad b. Som va uning o‘g‘li G‘iyosiddin Mahmud shunday dinorlar zarb etishgan). G‘o‘riylar oltin, kumush, billoniy (mаydа tаngа uchun ishlаtilаdigаn pаst nаv kumush)va mis tangalar zarb qiltanlar.Alouddin Muhammad ibn Takаshga qoraxoniylardai qolgan xazinada oltin dinorlar, kumushlangan mir dirhamlar va falslar bor edi. XII asrning ikkinchi yarmida kumush taqchil bo‘lib qolgan vaqtlarda kumush qоplаmаli mis dirhamlar qimmatini davlat majburiy belgilab qo‘ygan edi. Alouddin Muhammad b. Takаsh davrida ham shunday tangalar muomalada edi.Hijriy 610 (mil. 1213-14)-yildan boshlab, Samarqandda Muhammad b. Takiаh nomi bilan kumush qоplаmаli mis dirhamlar zarb ztildi. 610-612 (1213-1218)-yillarda Buxoroda ham sulton Muhammad nomiga shunday tangalar zarbetilgan. Tillo va kumush tanga pullar muomalasida sulton Muhammad avvaldan qolgan an’anaga qarab ish tutdi. Hatto tangalarda sosoniylar davridagi toj va otliq shakli saqlandi. Qumush qоplаmаli mis dirhamlar ikki xil qiymatda chiqarilishi savdo ishlarida qulaylik tug‘dirgan edi. 1219-20-yillarda Termiz va Chag‘oniyonda ham shunday, ikki xil qimmatdagi tangalar zarb etilgan.O‘sha zamonlarda ham kumush qоplаmаli mis tangalarni keragidan ko‘p chiqarib yuborilishi inflyasiyani - pul qadrsizlanishini keltirib chiqargan.Хorazmshoh o‘z davlatini kengaytirgan vaqtlarida avvalgi hukmdorlarni sulolalari zarb etgan dinor va dirhamlarni ham muomalada qoldirdi. Saqlanib qolgan xazinalardagi oltin tangalar tarkibi shundan dalolat beradi. Bu xazinalarda Xorazmshohlarning tangalari bilan birga goriylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sultonlarining tangalari ham uchraydi. Yana bir qiziq malumot: Alouddin Muhammad davrida butun oltin tangalar bilan birga yarimta tangalar ham uchrashi - iqtisodiy siyosatda oltin ogirligi, qimmati ozgarib turganini korsatadi.Mogullar istilosi davrida, tabiiyki, badavlat odamlar, hokimlar, vazirlar tilla tangalardan iborat xazinalarini barcha shaharlar va qishloqlarda komib, yashirganlar. Mogul bosqinchilari yashirilgan xazinalarning kopchiligini topib olganlar (Marv shahri olinganida mogullar tilla va yoqut javohirni yashirish uchun yutib yuborgan savdogarni qilich bilan qornini yorib olgan. Song boshqa kop begunoh odamlarni ham ichidan tilla chiqarmikan deb, oldirib yorib korganlar. Ammo, ancha-muncha xazinalar asrlar davomida topilmay komilganicha qolib ketgan. (Maxsus ilmiy ekspeditsiyalar ularni izlash bilan shugullangan.) Bunday xazinalarning topilishi XII-XIII asrlardagi iqtisodiy hayotni organish uchun qimmatli malumotlar beradi.Bazi xazinalarda ilgari zarb etilgan oltin tangalarning mogullar davrida chiqarilgan oltin tangalar bilan birga topilishi - mogul hukmdorlari ham avvalgi podshohlar zarb etgan tangalarni bekor qilmay, muomalaga kiritganidan dalolat beradi.

Yüklə 71,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin