8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi


Xorazmshoh Takash davridagi siyosiy voqealar



Yüklə 71,32 Kb.
səhifə3/26
tarix25.02.2023
ölçüsü71,32 Kb.
#85518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
8.Xorazmshohlar javoblar.1

11.Xorazmshoh Takash davridagi siyosiy voqealar
590 (1193)-yil Xorazmshohlar davlatining asta-sekin yuksalish va kuchayishining boshlanish yili boldi. Musulmon olami Sharqida murakkab siyosiy vaziyatlarda davlatning mustahkamlanishiga mamuriy boshqaruv va qoshinni aniq tashkil qilish yoli bilan erishildi. Kop otmay bu davlat Orta Osiyo va Eron davlatlari orasida eng qudratli davlatga aylandi.Xorazmshoh Takash olkasiga qarshi olib borgan kop yillik kurash davomida oz davlatining sharqiy hududiga yaqin joylardagi siyosiy voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borgan. Yuqorida qayd qilinganidek, qoraxitoylar bilan munosabatlarning uzilishi Xorazmning ularga qaramligiga barham beradi. Eng muhimi, Takash kuffor qoraxitoylarga qarshi kurashda keyin ham ularning jiddiy hujumlariga duch kelmadi. Biroq qoraxitoy hukmdorlari kochmanchi qipchoq qabilalarini sharqdan Xorazmshohlar yeriga, birinchi navbatda Jand hududi va atroflariga bostirib kirishga gij-gijlab, qutqu soldilar. Xorazmshoh Takash valiahd shahzoda paytidayoq Jand shahri voliysi edi. Mamlakat taxtiga otirgach, esa ozining seng sevimli ogli Nosiriddin Malikshohni bu yerga voliy qilib tayinladi. Xorazmshoh Takash devon al-inshosining boshligi Bahouddin Muhammad al-Bagdodiy bitgan farmonda Xorazmshohlar davlati uchun Jandning ahamiyati yorqin aks ettirilgan. Unda Jand Islom zaminining eng muhim qismlaridan va golibona davlatimizning asosi va ibtidosi ekanligini takidlab, Xorazmshoh Xorazmning oziga qanday ahamiyat bersa, Jandga ham shunday ahamiyat berishi uqtiriladi. Farmonda Jand aholisining islom sultonligi chegarasi himoyachilari sifatidagi xizmatlari alohida takidlanib, Kufforlarning har qanday hujumini daf qilishga qodir bolgan qorqmas va tajribali askarlarni harbiy xizmatga jalb qilish vazifasi yuklatiladi.Xorazmshoh Takash Kufforlarga qarshi jihod qilish va ularni islom diniga kiritishni ozining eng asosiy va sharafli vazifasi deb elon qilgan. Uning bu harakati 576-yil, ramazon oyida (1181-yil, yanvar) yozilgan va Gor hokimiga yuborilgan xatida yorqin ifodalangan. Xatda Xorazm qoshinlari oz mamlakati bilan chegaradagi Qipchoqlar yeriga qadar borish, ular oldiga qoyilgan vazifann shak-shubhasiz bajarilishi uqtiriladi. 577-yil muharram oyida (1181, may). Osha Gor hokimi nomiga yozilgan boshqa bir maktubda Xorazm va qipchoq qoshinlarining qoraxytoylarga qarshi hamkorlikda hujum qilish haqida gap boradi.578-yil 12-jumadul oxir (1182-yil 14-oktyabr)da Xorazmshoh Movarounnahr ustiga yurish qiladi va Buxoroni bosib oladi. Shaharni olish uchun bolgan jang haqida uning zafar yorligi - fathnomasi darak berib turibdi. Bu yorliqda Buxoroning bosib olinishi, ulug jihod (jihodi azam) deb baholanadi. Yorliqda aytiladiki, olovday dahshatli, shamolday uchqur Xorazm qoshini bir lahzada Jayhundan otdilar va Buxoro zaminiga bostirib kirdilar. Buxoroda Xorazmshoh Takash nomiga xutba oqiladi va tanga zarb qilina boshlandi. Xorazmshoh bu yerda ikkita farmon elon qiladi. Ularda Buxoroni bosib olishda yordam korsatgani uchun sayyidlardan biriga minnatdorlik izhor qiladi. Bu sayyid vazifasidan olingan Buxoro xatibi va muftiysi Badriddin orniga tayinlanadi. Xorazmshoh unga shaharda xutba oqitishga, xalifa nomidan keyin Takash nomini qoshib aytishga buyruq beradi.Buxoroni olish Takash uchun oson ish bolmagan. Shahar aholisi taslim bolishni istamas, hatto Xorazmshohni masxara qilib, ustidan kulardi. Ular bir kozli itni olib keldilar (Takashning bir kozi kor edi) chakmon va kalonsuv kiydirib, qala devori tepasiga chiqarib qoydilar va Mana sizning Xorazmshohingiz, deb manjanaqdan oqqa tutadilar. Xorazmliklar esa Ey kuffor lashkarlari Yo ajnad ul-kufr, Siz islom dinidan qaytgansiz, shu qaysar felingizda davom etmoqdasiz, deb javob
qaytardilar. Ammo, Buxoro qolga kiritiganidan keyin Xorazmshoh shafqatli ekanini korsatadi, ularni qorsligi uchun jazoga tortmaydi.Togrul III olimidan keyin 590-yil 4-rajab (1194-yil, 25-iyun)da Xorazmshoh Takash Hamadonni va Iroq Ajamining kop qismini egalladi va bosib olingan yerlarni oz amirlariga bolib berdi. Isfahonni Qutlug Inonchga, Hamadonni amir Qorakozga, Rayni esa ogli Yunusxonga topshiradi, unga otabek qilib amir Mayochuqni tayinladi. Xorazmshoh Iroq amirlarini kamsitib, har qanday harbiy harakatni toxtatishga majbur qiladi va Iroq Ajamining butun xazinasini qolga kiritadi. U barcha amaldorlarni ishdan boshatib, devondagi vazifalarga yangi odamlarii tayinladi, iqto yerlarini avvalgi egalaridan tortib olib, oz odamlariga beradi. Hamadondagi dabdabali marosimlardan keyin Xorazmshoh Gurganjga qaytib keladi.Xalifa an-Nosir Xorazmshohning Iroqi Ajam yerlarini bosib olishiga sira ham rozi bololmasdi. Takash Xorazmga qaytib kelishga ulgurmay turib, xalifaning qutqusi bilai Iroqda ozaro urushlar boshlanib ketadi. Isfahon hokimi Qutlug Inonch xalifa tomonga otadi va Takashning ogli Yunusxon va uning otabegi Mayochuq bilan ittifoq haqidagi shartnomani buzib, ularga qarshi ochiq jang boshlaydi. Zanjon yonidagi jangda Mayochuq qoshinlari Qutlug Inonchni tor-mor keltiradi. U omon qolgan askarlari bilan xalifa vaziri Ibn al-Qassobning Hulvan darasi yonidagi qarorgohiga keladi. Vazir Qutlug Inonchni sharaf libosi bilan taqdirlab, qol ostidagi butun sipohiy qoshinini uning ixtiyoriga topshiradi. Qutlug Inonch va vazir qomondonligi ostida qoshin Kirmonshohon orqali Hamadonga qarab yol oladi. 591-yil shavval (1195-yil sentyabr)da qisqa jangdan keyin Yunusxon va Mayochuq Hamadondan quvib chiqariladi. Qutlug Inonch va Ibn al-Qassob Hamadon atrofidagi yerlarni qolga kiritib, Rayga yaqinlashadilar. Bu yerda Xorazm qoshinlari yana maglubiyatga uchraydi, Biston va Jurjonga chekinadi. Kop otmay butun Iroqi Ajam Xorazm qoshinlaridan tozalanadi.592 (1196)-yilda Xorazmshoh va xalifa qoshinlari ortasida yana shafqatsiz jang boladi, buning natijasida xalifa qoshini tor-mor qilinadi va Hamadon, Ray va Isfahonda yana Xorazmshoh hukmronligi ornatiladi.

Yüklə 71,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin