2 – Ma’ruza. Axborot
himoyasi va uning turlari
Reja
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati
2. Axborotni himoyalash tizimi
3. Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash
4. Himoyalash tizimining kompleksliligi
5. Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari
6. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nasbatan xavf-xatarlar
Tayanch so‘zlar:
uzilish, tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati
Axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda kog‘ozsiz
avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta’minlash
murakkablashib va muhimlashib bormoqda. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan
axborot tizimlarida axborotni himoyalashning yangi zamonaviy texnologiyasi paydo
bo‘lmoqda. DataQuest kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, 1996—2000 yillarda
axborot
himoyasi vositalarining sotuvdagi hajmi 13 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan.
Axborotni himoyalash tizimi
Axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi axborotga ruxsat etilmagan kirishga,
uning
chiqib ketishiga va yuqotilishiga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy, texnik,
dasturiy, texnologik va
boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi —
axborotni himoyalash tizimi
deyiladi.
Axborot egalari hamda vakolatli davlat organlari shaxsan axborotning qimmatliligi, uning
yuqotilishidan keladigan zarar va himoyalash mexanizmining narxidan kelib chiqqan holda
axborotni himoyalashning zaruriy darajasi hamda
tizimning turini, himoyalash usullar va
vositalarini aniqlashlari zarur. Axborotning qimmatliligi va talab qilinadigan himoyaning
ishonchliligi bir-biri bilan bevosita bog‘liq.
Himoyalash tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maqsadli, aniq, ishonchli, kompleksli,
oson mukammallashtiriladigan va ko‘rinishi tez o‘zgartiriladigan bo‘lishi kerak.
U odatda
barcha ekstremal sharoitlarda samarali bo‘lishi zarur.