9.Xorazmshoh Elarslonxon davridagi hudud kengaytirish siyosati haqida malumot bering Hnjriy 551-yil, rajab oyining 3-kuni (1156-yil, 22-avgust) Elarslon Xorazmshohlar taxtiga otirdi. Xorazmshoh faqat Xurosondagina emas, balki saljuqiylarga tobe bolgan butun Orta Sharq mamlakatlarida yuz berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib turdi. Xorazmshoh El-Arslon 1163-yilning ozida, kuchayib ketgan Oy-Aboning tanobini tortib qoyish va uning mulklarini egallash maqsadida katta lashkar bilan Nishopurga yurish boshladi va shaharni qamal qildi. Ammo, muhosara (qamal) chozilib ketdi, ikkala taraf holdan toyadi. Qamaldan hech bir ish chiqmagach, Elarslon sulhga rozi bolib, Xorazmga qaytadi. Niso shahri Xorazm bilan tutash bolgani uchun Elarslon qatiy harakat boshlab, Nisoga lashkar tortdi. Ammo, Xorazmshoh qoshinlari yetib kelgunicha, Oy-Abo shahar qamalini tashlab, Nishopurga qaytdi. Bundan xabar topgan Xorazmshoh qoshini bilan Nishopur tomon yurdi. Ammo, fikrini ozgartirib, qoshinlarni yana Nisoga qaytardi. (Ehtimol, Xorazmshoh taktika qollab, doq-popisa uchun Oy-Abo qoshinlarini ozroq quvib, song qaytgandir - tarj). Niso shahri 1158-yildan buyon amir Umar ibn Hamza an-Nasaviyning iqto mulki edi. U (Xorazmshohning kuch-qudratini bilgani uchun bolsa kerak), Elarslonga tobelik bildirib, uning nomi bilan xutba oqittirdi. Shundan song Xorazmshoh qoshinlari Dehistonni egalladilar. U yerning amiri Oybek (Nishopurga) Oy-Abodan himoya sorab boradi. Dehiston esa Xorazm mulklari qatoriga qoshildi. Bu yerda xorazmlik noiblar hokimlik qila boshladi. Xorazmshoh Elarslon qoshinlarining bir qismini Muayyid mulklari bolgan Bayxaq va Sabzavor shaharlarini zabt etish uchun jonatadi. 1167-yilning may oyida bu ikki shahar Xorazmshohga taslim boladi. Oy-Abo Muayyid esa qochishga majbur boladi. Xorazmshoh Nishopurni egalladi va u yerda Tojud-dunyo vad-din Malikut-turk val-ajam (Ajam va turklar podshohi) Elarslon nomiga xutba oqiladi. Xorazm qoshinlari shu yili (1167) Ozarbayjonga (Eron Ozarbayjoniga - M.M) bostirib kirib, Abxor, Zanjon va Qazvin shaharlarini egalladilar, ular bu shaharlarni talab, vayron qildilar. Xorazmiylar Qazvindan 2000 ta zotli tuyani (olja qilib) olib ketdilar. Inanchxonni oz mulklarida (viloyatida) qoldirib, ozlari Xorazmga qaytdilar. Xorazmshoh Iroq sultonligi yerlarini bosib olishda aytarli zafar qozonolmagach, yana Movarounnahr voqealariga aralasha boshladi. 553-yilning jumadul-soniy oyida (iyul, 1158) Xorazmshoh Elarslon katta qoshinlar bilan Samarqandga hujum boshlaydi. Sogd (Zarafshon) daryosining ikkala sohilida bolgan janglarda Elig-Turkman yetakchiligidagi qoraxitoy va turkman qoshinlari Xorazmshoh lashkarlarining qattiq hujumlariga dosh berolmaydilar. Butunlay maglub bolish xavfi tugilganidan Elig-turkman sulh tuzishni iltimos qiladi. Ikki ortadagi sulh Samarqandning taniqli imom va ulamolari yordamida tuziladi. Xorazmshoh shu bitimga kora qarluqlarni avvalgi joylariga qaytardi va ozi qoshinlari bilan Xorazmga qaytadi.Shuni ham aytish kerakki, Xorazmshoh Samarqandga kelayotganida Buxoro yaqinidan otgan. Manbalarda aytilishicha Xorazmshoh buxoroliklarni turli vadalar, yaxshi sozlar bilan tinchitib, song Samarqandga yol olgan.