Numizmatika fani asoslari. Dastlabki tangalar. Sharq va G`arb mamlakatlari numizmatikasi. Reja



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə1/9
tarix17.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#114897
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu



Numizmatika fani asoslari. Dastlabki tangalar. Sharq va G`arb mamlakatlari numizmatikasi.
Reja

  1. Numizmatika fani predmeti, fan sifatida shakllanishi

  2. Numizmatika terminologiyasi

  3. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi. Tangalar tarixi.

  4. Sharq mamlakatlari va G`arb mamlakatlari numizmatikasi

  5. Qadimgi Sharqda tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar.

  6. Dastlabki tangalar. Lidiya, Egina tangasi. Yunon tangalari



Tayanch atama va tushunchalar: tamg‘a, nomisma, tanga, kolleksiya to‘plash numizmat, myuntskabinet, avers, revers, emitent, tanga huquqi, tanga regaliyasi, legenda, nominal, hisob pul birligi, tanga to‘plami, tangani sinash, ligatura, tanga buzilishi, tanga maydoni, gurt. savdo vositasi, ekvivalent, kauri, elektrum, stater, moneta, drahma, didrahma, tetradrahma, dekadrahma, bimetallizm



  1. Numizmatika fani predmeti, fan sifatida shakllanishi

Tanga - turkiy "tamg‘a" so‘zidan olingan bo‘lib, maxsus ramzlar tushirilgan, ma’lum og‘irlik, qiymat va belgilangan meyorga ega metall quymasidir.
U o‘zining og‘irligi, qiymati, sifat tarkibiga ega bo‘lgan, pul, qiymat o‘lchovi, qonuniy muomala va to‘lov vositasi, xazina to‘plash, jahon puli vazifalarini bajaradi. Ma’dan yoki metall (oltin, kumush, mis) dan yasalgan pul birligidir. Tangalar o‘z tarixiga ko‘ra dumaloq doira bo‘lgan.
Nomisma” yunoncha so‘zidan olingan bo‘lib, tanga, pul degan ma’noni anglatadi. Numizmatika – tangalar haqidagi fan bo‘lib, arxeologiya, manbashunoslik fani bilan aloqadorlikda rivojlanadi. Tangalar nafaqat tarixni, balki fanning turli sohalari, mafkura, siyosat, iqtisodiyot, me’morchilik, savdo, xalqaro aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni yechishda, tilshunoslik hamda san’atshunoslikka oid muhim masalalarni hal etishga ham yordam beradi.
Tangashunoslik oltin, kumush va misdan ishlangan metall pullarni o‘rganish haqidagi fandir. Ushbu sohadan alohida yo‘nalishlar - qog‘oz pullarni - bo­nis­tika, orden, medallarni faleristika fani o‘rganadi.
Numizmatika” termini o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan, bugungi kunda “numizmatika” tushunchasi tanga va medallarni kolleksiyalash hamda ularni o‘rganuvchi fanni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin