Numizmatika fani asoslari. Dastlabki tangalar. Sharq va G`arb mamlakatlari numizmatikasi. Reja



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə7/9
tarix17.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#114897
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu

Dastlabki tangalar. Birinchi tangalar bundan 3000 yoki 2500 yillar ilgari paydo bo‘lgan. Birinchi tanga qaerda zarb qilinganligi to‘g‘risida qadimgi tarixchilar va zamonaviy olimlar turlicha fikrda. Jumladan, ayrimlari birinchi tanga eramizdan avvalgi XII asrlarda Xitoyda, keyinchalik Hindistonda muomalaga chiqarilgan deyishsa, boshqalari tanganing vatani Kichik Osiyodir deyishadi.
Qadimgi yunon tarixchilari Gerodot va Ksenofont asarlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, ilk tangalar Kichik Osiyodagi Lidiya davlatida eramizdan avvalgi VIII - VII asrlarda paydo bo‘lgan.
Ammo Lidiya davlatidan mustaqil ravishda Yunonistonning Egina shahrida, Xitoy, Hindistonda ham tangalar ixtiro qilingan. Ularning ko‘rinishi sodda bo‘lib, dastlab ayrim chizgilar bilan bezatilgan, so‘ngra sekin-asta turli jonzotlarni (toshbaqa, ukki, dengiz mushugi, baliq va boshq.) tasvirlangan. Bunda aks ettirilgan jonzot, uning nomi, shahar tug‘rosi yoki nomi bilan hamohangligidan dalolatdir.


Lidiya tangasi. Er. Av. VII asr




Lidiya tangasi. Er. Av. VI asr
Eramizdan avvalgi VII asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida Mermnad sulolasining asoschisi Giges (er. av. 692-654) davrida oltin va kumushning tabiiy qotishmasi elektra, elektrum (E.Rtveladzening “Drevniye monetы Sredney Azii” asarida – “oq oltin” iborasida qo‘llaniladi)dan zarb etilgan. Tulki lidiyaliklarda muqaddas hayvon hisoblanib, eng ulug‘ ma’buda Bassarayning ramzi tasviri bo‘lgan. Bu tangani lidiyaliklar oltin stater deb ataganlar. “Stater” yunoncha - “tarozi dastagi” degan ma’noni bildiradi.
Lidiyaliklardan bir necha o‘n yillardan keyin Yunonistonning Egina shahrida ham tanga zarb qila boshlangan. Bunda biz lidiyaliklarning ta’sirini aslo ko‘rmaymiz. Eginada tangalarni Lidiyadan o‘zlashtirmay mustaqil ravishda sof kumushdan zarb qilishni ixtiro qilganlar.
Uning shakli va tasviri ham Lidiyanikidan o‘zgacha bo‘lgan. Egina tangalari loviyasimon kumush shakli berilgan bo‘lib, toshbaqa surati tasvirlangan. Bu staterning og‘irligi 12 gr bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay, lidiyaliklar va eginaliklar ta’siri ostida Yunonistonning boshqa shaharlari, ularning Qora dengiz bo‘yidagi mustamlakalariga, keyinchalik u butun Elladaga va uning mustamlakasi Eron, Italiyaga tarqaldi.




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin