Numizmatika fani asoslari. Dastlabki tangalar. Sharq va G`arb mamlakatlari numizmatikasi. Reja



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə4/9
tarix17.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#114897
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-mavzu

Tanga maydoni – tanganing aversi va reversining yuzasidagi yozuvlar va tasvirlar bilan band bo‘lmagan qismi.
Nominal – tanga qiymati, ma’lum qiymatga ega bo‘lgan tangani bildiradi.
Hisob pul birligi – ammo tangada o‘zining buyum shakliga ega emas.
Tanga to‘plami - ma’lum metall og‘irligiga ega bo‘lgan tangalar miqdori.
Tanga darajasini sinash (“proba”) - tangadagi qimmatbaho metall massasining tangani umumiy massasiga nisbati.
Tanganing buzilishi – tanga tarkibidagi qimmatbaho metallni tanganing og‘irligini kamaytirmagan holda qisqartirish.
Ligatura – oltin va kumush quymalarga noqimmatbaho metallarning aralashtirilishi.
Gurt - tanganing cheti, qirg‘og‘i, qirrasi, quyi qismini tanganing asosiy maydonidan ajratib turadigan gorizontal chiziq.
Tanga to‘plami - ma’lum metall og‘irligiga ega bo‘lgan tangalar miqdori.
Tangalar tarixi. Tanglarning nomlari o‘zining tarixiga ega. Hozirgi kunda jahon bozorida qadimdan hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan turli tanga va pul birliklarning nomlarini uchratish mumkin. Bu nomlarning kelib chiqishi ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Jumladan, tanga, tenge, rus tilidagi dengi so‘zi ham “tanga” so‘zidan olingan. Ba’zi tadqiqotchilar rus tilidagi “kopeyka” (tiyin) so‘zi Chig‘atoy xoni Kepakxon zarb etgan “kepaki” so‘zi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin3. Yoki, Novgorod dengasida qo‘lida nayza (rus tilida kope) ko‘targan otliq tasvirlanadigan bo‘ldi. Shundan nayza – kope – kopeyka termini kelib chiqqan ehtimoli ko‘proq. Ruscha “moneta”, inglizcha “money” so‘zi aslida lotinchadan olingan. Mo‘g‘ullar mis tangalarini “pulo‘” (pul) deb ataganlar.
Nemislar golden (oltin) so‘zidan - gulden, italyancha “gross” (yo‘g‘on) so‘zidan chexlarning groshi, ukrainlarning groshisi kelib chiqqan. Litvaliklarning kumush pullari XIV asrda Ukrainada ham muomalada bo‘lgan Metallning qattiqligi va rangiga qarab sifatini aniqlash uchun tangani bir chetini tishlab ko‘rganlar. Tishlanavergan tangalar kemtik bo‘lib qolgan va bu kemtik tangalar litvacha karb deyiladi. Ana shu paytdan boshlab bu tangalarni Ukrainlar karbovanets deb atay boshlaganlar. G‘arbiy Yevropaning “taler” so‘zidan “dollar” kelib chiqqan.
Dastlab qadimgi dunyoda tanga pullar faqat sof oltin va kumushdan zarb qilingan. Ammo bu metallar sof hamda juda mo‘rt bo‘lganligidan, tangalar tez yoyilib, siyqalanib ketgan. Shundan keyin tangalarga boshqa metallarni - mis yoki qalaydan tayyorlangan.
Har bir yirik davlatda vaqt o‘tishi bilan sarroflar, ya’ni pul almashtiruvchilar bo‘lgan. Sarroflar Yevropa va boshqa davlatlarda savdogarlar va badavlat kishilarga boyliklarini saqlashda katta yordam berar edilar. Savdogarlar safarga otlanishdan oldin o‘z sarmoyasini sarrofga topshirar, u esa qancha miqdorda pul olgani haqida hujjat yozib berar edi. Savdogarlar o‘zga davlatga borganida u yerdagi sarrofdan kerakli pul miqdorini olish imkoniyatiga ega edi. “Bank” (italyancha “banco — stol4), “sarrof stoli” degan ma’noni anglatadi. Sarroflar faoliyati natijasida banklar vujudga kelgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi5.
Savdogarlar va tadbirkorlar bir shahardan ikkinchisiga og‘ir tillalarni ko‘tarib yurmasliklari uchun “chek” bilan hisob – kitob qilishgan bo‘lib, ular sarroflar (bankirlar) xizatidan foydalanganlar. Sarroflar – pul maydalab beruvchilar, almashtiruvchilarga naqd pulni topshirib, shu haqda hujjat, ya’ni chek olganlar. Mo‘ljaldagi shaharlarga yetib borib, huddi shu chekni ko‘rsatib mablag‘larini olganlar. Sarroflar dastlab Sharqda, keyin Yunonistonda, X asrdan keyin esa Yevropada paydo bo‘lgan.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin