Egina kumush stateri er. av. 480 y. (tetrahma) Lidiya davlati Krez davrida (er. av. 561-546) Kir II tomonidan (546 y) qulatilgan. Keyin bimetallizmga (tilla va kumush qorishmasi) asoslangan tanga tizimi Yunoniston va Eronda keng tarqaldi6.
Tanganing zarb etilishi davlatning tashkil etilishi bilan ham bog‘liq. Biroq, Lidiya tangasini davlatning tashkil topishi bilan bog‘lash mumkin emas. Chunki Lidiya yoki Eginga nisbatan Shumer, Akkad, Bobil va yunon polis (shahar davlatlari)ning taraqqiyoti yuqori darajada bo‘lsada, ammo ularda tanga kashf qilinmagan edi. Lidiya va Eginda aynan savdo-sotiq rivoji tangani kashf etilishiga olib keldi.
Rim saltanatida imperatorlar portreti va ular yuritgan siyosatni targ‘ib qiluvchi shiorlar aks etgan. Tanga metallining sifati o‘sha davlatning taraqqiyoti haqida ham ma’lumot beradi. Tangalardagi ramziy belgilar, davlatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Qadimgi tangalar ikki xil usul bilan tayyorlangan: quyma (quyilgan) va zarb qilingan. 1. Metallni eritib qolipga qo‘yish orqali. (Quyma tangalar maxsus shakl va tasvir o‘yilgan qolip – idishlarga ma’dan quyilgan) Bu dastlabki sodda texnik usul bo‘lib, unda tanga sathidagi tasvirlar tezda o‘chib ketgan.
2. Metallni ikki shtempel (temir yoki bronzadan ishlangan muhr – maxsus asbob) orasiga qo‘yib qisilgan. Shtempellar qisqich shaklida bo‘lgan. Yuqorigi shtempelda aversi sur’ati, quyi shtempelda reversidagi hayvon sur’ati o‘yilgan. Natijada metallga kerakli yozuv va sur’atlar aks ettirilgan.
Tanga zarb qiluvchi uskunalar. Sur’atning yuqorisida shtempel, pastda metall quyiladigan qism7. Eramizdan avvalgi VII asrga kelib zarblangan tangalar keng miqyosda chiqarilgan.
Attika qiroli Agrifoniy kumushni Lavrion tog‘idan qazib oldirdi. “Talant” yunoncha bo‘lib, og‘irlik ma’nosini bildiradi. Taxminga ko‘ra u Elladaga Bobildan kirib kelgan. 1 talant 60 minaga teng bo‘lsa 6000 ming drahmaga yoki 36000 obolga teng. 594 yilda kelib Afinada Solon islohotidan so‘ng talantga aniq og‘irlik miqdori belgilangan va 26,196 kgga tenglashtirilgan. Ungacha talant 34,33 kg og‘irlikda noaniq ravishda mavjud edi. Demak, talant ko‘p miqdordagi tangalarni og‘irlik sifatida o‘lchash uchun ishlatilgan.