1–mavzu. Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari va davlat dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi.
Reja:
1. Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va gigiena soxasi. «Ilk qadam» dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi.
2. Bolalarning jismoniy rivojlanish xaritasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlar kuch, epchillik, chaqqonlik, chidamlilik kabi sifatlarni shakllantirish.
3. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Gimnastika turlari va tasnifi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika va uning axamiyati. Gimnastika turlari. O’tkazish metodikasi.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
1.1 O’zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan talablarini tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyurilgan:
Dostları ilə paylaş: |