O’quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o’quv dasturi o’zlashtirilishining sifat darajasi to’g’risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to’xtalib o’tadi (ba’zi metodikalar o’zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo’lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagani, bolaning betob bo’lgani va darslarni o’tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo’magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo’ljallangan vazifalar belgilanadi.
Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3 marta to’ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo’yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo’yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo’yicha yo’riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta’lim sohalarini o’zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O’quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo’yicha yakuniy kuzatuv o’tkaziladi.
Hozirda Respublikamizda jadal suratlarda har bir sohani rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor siyosiy darajaga chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash va ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan pedagogik jarayonga e’tibor yanada kuchaytirildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda hayot uchun zarur boʻlgan dastlabki asosiy harakat koʻnikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari boʻyicha T.S.Usmanxodjaev, A.N.Livitskiy, R.S.Salomov, K.M.Maxkamjonov; maktabgacha yoshdagi bolalarni sogʻlomlashtirish va jismoniy mashqlarni bajarishga moslashish nazariyasi boʻyicha F.X.Xodjaev, G.Q.Jalolova, F.A. Raimbekova olimlar va mutaxassislar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarida MTMning katta guruh bolalarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish yoʻllarini ishlab chiqish bugungi kunda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammolaridan biri boʻlib qolmoqda.
Tadqiqotning maqsadi: jismoniy mashqlar yordamida 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |