Numizmatlar – tangalardagi rasmlar (tip), yozuvlar (izoh), belgilarni, tanganing og‘irligini, o‘lchamini, metall sifatini, kim tomonidan, qachon va qayerda zarb etilganligini u muomalada bo‘lgan hududlarni, qiymati qanday bo‘lganligi kabilarni o‘rganadilar.
Insoniyat tarixi va madaniyatini o‘rganishda tangalarning ahamiyati katta. Numizmatik izlanishlar asosida tangalardan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tarixga oid bo‘lgan ma’lumotlar aniqlanadi. Tangalar tilsiz asosiy manba bo‘lib, u orqali sodir bo‘lgan tarixiy voqea va jarayonlar sanasi, hukumdor-shohlar hukmronligi, mafkurasi, dini, davlat chegaralari, antropologik va etnografik xususiyatlarni, jumladan, shohlar ko‘rinishi, kiyimi va bezaklari va boshqa hashamatlarni o‘rganishda beqiyos ahamiyatlidir. Xususan, xatto qo‘lyozma manbalar ham asrlar davomida boshqalar tomonidan qayta ko‘chirib yozilar, o‘zgartirilar, ayrim so‘zlarning ma’nosi aslidan uzoqlashib ketishi yoki ayrim yozma manbalarda inson omili - sub’ektivlik kuzatilishi mumkin. Tangalarda yozuvlar esa saqlanib qolaveradi. Aynan shu jihati bilan tangalar o‘z davrining tilsiz asosiy, birinchi darajali manba sanaladi.
Yevropada qadimgi tanga pullarni o‘rganishga qiziqish uyg‘onish davrida boshlangan. Dastavval ularga estetik nuqtai nazardan qaralgan va mashhur tanga kolleksionerlari bo‘lgan.
Ayniqsa, XIV-XV asrlardagi uyg‘onish davri mamlakati bo‘lgan Italiyada qadimgi Rim tangalarini mashhur italyan shoiriF.Petrarka (1304-1374) va florensiyalik Kozimo Medichi(1389-1464)lar kolleksionerlari hisoblanadilar.
Birinchi numizmat paduyalikDjovanni Kavini(1499-1570) bo‘lib, uning kolleksiyasida ko‘plab qadimgi davr tangalari bo‘lgan. U tangalarni xronologik ketma-ketlikda joylashtirgan.
1517 yilda Rimda Andreo Fulvioning“Mashhur shaxslarning tasviri” (“Izobrajeniya znamenitыx lyudey”), 1553 yilda Lionda Gilom Rullning “Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot” (“Beglыy obzor monet naiboleye znamenitыx lits, sushestvovavshix s sotvoreniya mira, s kratkim opisaniyem ix jizni i deyaniy, zaimstvovannыm u klassikov”) asarida Rim hukmdorlarining tasvirlariga qiziqqan xolos, ammo ulardan hech biri tangalarni o‘rganishga ilmiy jihatdan yondashmagan.
Tangalarni yig‘ish XIV asrlardan boshlab numizmatika kolleksiyalarini to‘plash keng urfga kirgan. Yevropada mamlakatlarida saroy huzurida tangalar kolleksiyalaridan “myunskameralar” tashkil etganlar. XVI asr o‘rtalarida mansabdorlarning saroy va qasrlarida 950 ta maxsus Myunskabinet bo‘lgan. Kolleksiyalar bilan ishlash uchun maxsus xizmatchilar yollangan.
XVI asrda birinchi numizmatikaga ayrim oid ma’lumotlar yozila boshlangan bo‘lsada, ammo ularda tarixiy haqiqatdan yiroq bo‘lgan afsonalar, fantastik fikrlar ustunlik qilgan.
Kolleksiya to‘plash numizmatikaning fan bo‘lib shakllanishiga turtki bo‘ldi. Turli kolleksionerlar qo‘lida, g‘arbiy Yevropa hukmdorlari, san’at ahli tangalarni boylik sifatida to‘plashlari natijasida turli mamlakat tangalari yig‘ilib bordi. Qirol va imperatorlar qimmatbaho tangalarni davlat xazinasidan ajratib olib, maxsus tangalarni saqlovchi xonalar tashkil qilarkanlar, ularni o‘rganish va tartib berish uchun olimlarni jalb etganlar.
Avstriyaning Vena shahrida imperator Maksimilian I saroyida, Parijda qirol Genrix IV va Lyudovik XIV saroyida qirollar medallari, ayrim tangalar to‘plangan. XVIIIasrda Britaniya muzeyida tangalarning yirik kolleksiyalari yig‘ilgan.
Imperator Pyotr I XVIII asrda Peterburgda asos solgan Kunstkamera deb atalgan muzeyda tangalardan tashqari medallarning katta kolleksiyasi jamlangan. Keyin bu kolleksiyalar Ermitajga1 berildi. Hozirgi kunda Ermitaj tangalar kolleksiyasi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda turadi. Yevropaning beshta - Parij, London, Peterburg, Vena va Berlin shaharlarida qadimgi tangalarning yirik kolleksiyalari jamlangan.
XVII asrlar ham tangalarni o‘rganishga ilmiy yondoshish kuzatilmaydi. Kolleksionerlarni XIV-XVI asrlarda asosan hukmdorlarning tashqi qiyofasi va tarjimai holi qiziqtirgan, XVIII asrdagina fanni ilmiy nuqtai nazardan rivojlanishi kuzatildi va numizmatika bilan ilmiy shug‘ullanuvchi mutaxassislar “numizmatlar” paydo bo‘ldilar, numizmatika fani Yevropaning bir qator universitetlarida ham o‘qitish joriy qilindi.
Bu davrda numizmatik bilimlar ham rivojlangan. 1749-1769 yillarda tangalarning bir necha tomli katalogi Leyptsigda I.F.Ioaxim va I.G.Byome tomonidan nashr qilingan. Bu katalogda tangalardagi yozuvlarga qarab izoh yozilgan.
Ilmiy numizmatikaga Vena universiteti professori, arxeolog Y.Ekkel (1737-1798) asos soldi. U 1792-1798 yillarda yozilgan sakkiz jilddan iborat “Qadimgi tangalar ilmi” (“Nauka o drevnix monetax”) kitobida 70 mingdan ziyod tangalarni jamlandi. Y.Ekkel bu to‘plami uchun u tarixchi va tadqiqotchilar orasida antik davr tangashunosligi otasi nomini olgan.
Germaniyalikakademik, Rossiya Fanlar Akademiyasi Qozon universiteti professori Xristian Martin Fren (1782-1851) Oltin O‘rda tangalarini o‘rganib, tasniflagan. Olimni 1807 yilda universitetga taklif etishganida, u “Somoniylar va buxorxudotlar tangalari tavsifi” “Opisaniye nekotorыx Samanidskix i buveyxidskix monet” mavzusida arab tilida ma’ruza o‘qigan. Xristian Martin Fren bu yerda Povoljedan topilgan tangalarning 400 turini o‘rganib, yozma manbalarda qayd etilmagan, shu vaqtga qadari tarix faniga noma’lum bo‘lgan Oltin O‘rda xonlari ismlari va hukmronligi yillarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Olim Sharq tangalariga qiziqishi tufayli Peterburgdan ketmadi va umrini Sharq tangalarini o‘rganishga bag‘ishladi. U xatto o‘z familiyasiga Xristian Danilovich nomini qo‘shdi. U haqda shogirdi P.S.Savelev: “Martin Fren Rossiya uchun Sharq tangalari manbashunosligini ochdi”, - deb yozadi.
1834 yilda A.D.Chertkov “Qadimgi rus tangalari tavsifi” “Opisaniye drevnix russkix monet” asarida qadimgi rus tangalarining ilmiy tasnifini amalga oshirdi. Rus numizmati Aleksey Vasilevich Oreshnikov (1855-1933) “Rus tangalari” “Russkiye monetы” asarida tangani muhim tarixiy manba deb ataydi, tangalar asosida turli knyazliklarda tangalari tasniflangan katalogni tuzdi.
XX asrda numizmatikaning mavqei o‘zgardi, endilikda tadqiqotlar xususiy myuntskabinetlardan ilmiy tus oldi. “Numizmat” tushunchasi “kolleksioner” tushunchasidan ajratildi. Numizmatika tadqiqotchilarning harakatlari tufayli olg‘a siljidi. 1986 yilda Kembrijda 13 tomlik tangalar tarixi bo‘yicha jahon olimlari ishtirokida yozilgan to‘plamning 1 -jildi bosmadan chiqdi.
O‘rta Osiyo numizmatikasi rivojiga M.Masson, V.A.Klishkin, Ye.A.Davidovich, O.I.Smirnova, I.To‘xtiyev, E.Retveladze, G‘.Boboyorov, M.H.Fedorov A. Musakayeva, T. Ernazarov-Nuriddinova, A.Ataxujayev kabi olimlar salmoqli xissa qo‘shdilar.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “Numizmatika” bo‘limi O‘rta Osiyo bo‘yicha eng boy haqiqiy tangalar saqlanadigan va uni o‘rganadigan ilmiy soha dargohidan biridir. Muzeyda Eron shohi Doroning oltin tangalari, Makedoniyalik Aleksandrning tetradrahmasidan tortib XX asrning boshlarida O‘rta Osiyoda zarb qilingan va savdo muomalasida yuritilgan 65 mingdan ortiq oltin, kumush va misdan ishlangan tangalar saqlanmoqda. Yurtimizdagi boshqa muzeylarida ham ko‘plab qadimiy tangalarning namunalari saqlanib kelmoqda.
Jumladan, ilk o‘rta asrlarda Sharq musulmon davlatlarida zarb qilingan tangalarga mahalliy hukmdorlar o‘zlari bilan birga xalifa nomini ham qo‘shib zarb qilganlar. Chunki xalifalar Allohning yerdagi noibi, diniy va siyosiy hokimiyat ramzi hisoblangan. Agar tangalarda xalifa nomi qayd qilinmagan bo‘lsa, demak yerli hokimiyat va xalifalar o‘rtasida nizo borligi yoki davlatning mustaqilligini ko‘rsatadigan dalil hisoblanadi.
Tangalar nafaqat siyosiy balki, madaniyat san’atga ham oid qimmatli ma’lumotlarni beradi. Ular arxitektura yodgorliklari sur’atini aks ettirgani, ularga qarab me’morlar binolarni ham ta’mirlashi mumkin2. Jumladan, Afinada zarb etilgan bir tangada Akropoldagi Dionis teatri tasvirlangan. Bu bilan Akropolning tasviri, qaysi tomonida bu teatr joylashgan o‘rni aniqlangan.
Xazina va tangalar topilmasi bugungi kunda maxsus tadqiqotlarning asosiy ob’ekti hisoblanadi. Bu manba orqali numizmat tangalar zarb qilingan vaqtdagi pul muomalasi, savdo yo‘llari va iqtisodiy aloqalariga oid masalalarga javob topishi mumkin. So‘nggi 50-yil mobaynida numizmatika yordamchi tarix fanlari doirasidan bir muncha chetga chiqdi, ammo o‘zida yordamchi tarix fani funksiyasini saqlab qoldi. Bu yillar mobaynida uning mustaqil tarix faniga aylanishi uchun sharoit vujudga keldi.
Qog‘oz pullarni alohida boshqa soha - bonistikao‘rganadi.