“Media va axborot savodxonligi - raqamlashuv davrining asosiy talabi” mavzusi yuzasidan testlar. 1. Tez-tez qo’llaniluvchi «savodxonlik» atamasi bugunda qanday tushunchalar bilan birga qo’llaniladi?
a) «raqamli», «kompyuter», «vizual», «texnologik», «kommunikatsion», «media» va «axborot» kabi tushunchalar bilan birga qo’llaniladi.
b) “axborot tarqatish”, “axborot uzatish”, “axborotni qabul qilish” kabi tushunchalari bilan birga qo‘llaniladi.
s) “axborot xavfini bartaraf etish” tushunchasi bilan birga qo‘llaniladi.
d) a va b javoblar to‘g‘ri.
2. «Media» so’zi qaysi so‘zdan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
a) «Media» so’zi lotin tilida ko’plikdagi medium so’zidan olingan bo’lib, «o’rta, oralik, oraliqdagi» ma’nolarni bildiradi.
b) «Media» so‘zi rus tilidan olingan bo‘lib, “savodxonlik” degan ma’noni anglatadi.
s) «Media» so‘zi fransuz tilidan olingan bo‘lib, “savodsizlik” degan ma’noni anglatadi.
d) Barcha javoblar to‘g‘ri
3. Zamonaviy ko’llanishda media atamasi bir necha ma’noga ega. Media so‘zi qanday ma’nolarda qo‘llaniladi?
a) «media» so’zi OAVni: gazeta, televidenie, radio, kitob va Internetni anglatadi.
b) undan mediakontentni - yangiliklar, reklama e’lonlari, elektron o’yinlar va filmlarni belgilash uchun foydalaniladi.
s) mediakontentni ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlarni, fotosuratchilarni, mediakompaniyalarni va hokazolarni ham bildirishi mumkin.
d) Barcha javoblar to‘g‘ri.
4. Media savodxonlik tushunchasiga ta’rif bering.
a) “Media muhitiga tahliliy yondashuv, ya’ni uni tanqidiy qabul qilish va media vositasida o’zini ifoda etish” degan ta’rif berilgan.
b) “Mediya vositalarini hayotga tadbiq etish” degan ta’rif berilgan.
s) “Zamonaviy internet savodxonligi” degan ta’rif berilgan.
d) To‘g‘ri javob berilmagan.
5. Media savodxonlik o’z ichiga quyidagilarni oladi:
a) Estetik va kreativ ko’nikmalar media kontentni ijodiy jihatdan anglash, yaratish va talqin qilish qobiliyatini bildiradi. Media kontentni yaratish orqali o’quvchi mazkur ko’nikmalarni o’zida shakllantirishi mumkin.
b) Interfaollik ko’nikmalari media vositasida muloqot qilish va turli mediarollarni bajarib ko’rish kobiliyati orqali namoyon bo’ladi. Mazkur ko’nikmalarni ta’lim va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko’nikmalari o’z fikr va qarashlarini ifoda etishga tayyorlikni ko’rsatadi.
s) Tanqidiy tahlil ko’nikmalari turli tahliliy vositalardan foydalangan holda, turfa xil media kontentni talqin qila olish va ahamiyatini tushunishni bildiradi. Ushbu ko’nikmalar rang-barang mediakontent va janrlarni o’rganish orqali yaxshiroq rivojlanadi;
d) Barcha javoblar to‘g‘ri.
6. Media va axborot savodxonligi o‘zida qanday asosiy tushunchalarni qamrab oladi?
a) demokratiya an’analarida rivojlanayotgan jamiyatda media, kutubxona, arxiv va boshqa axborot xizmatlarining funksiyalari;
b) OAV va axborot xizmatlari mazkur funksiyalarni samarali ravishda amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar;
s) taqdim etilayotgan kontent va xizmatlar vositasida mazkur funksiyalarni bajarilish sifatini baholash usullari.
d) Barcha javoblar to‘g‘ri
7. Bugungi kunda media atamasining sinonimi sifatida ishlatiladigan so‘zlar qanday nomlanadi.
a) OAV
b) mass-media
s) MOV
d) a va b javoblar to‘g‘ri
8. Axborot savodxonligi qanday izohlanadi?
a) axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi.
b) axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
s) axborotni saqlash va keng xalq ommasiga etkazib berishni anglatadi.
d) a va b javoblar to‘g‘ri
9. MAS tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi:
a) Media savodxonlik; Axborot savodxonligi;O‘z fikrini erkin bayon etish savodxonligi;
b) Kutubxona savodxonligi; Yangiliklar savodxonligi; Kompyuter savodxonligi; Internet-savodxonligi; Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik;
s) Kinosavodxonlik; elektron o‘yinlardan foydalanish savodxonligi; Televizion savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik.
d) barcha javoblar to‘g‘ri
10. MASning asosiy afzalliklari nimalardan iborat?
a) MAS bo‘lajak jurnalistlarni kelgusida foydalana olishi uchun keng bilimlar bilan qurollantiradi.
b) MAS demokratik jamiyatda media va axborot kanallarining faoliyati haqida muhim bilimlar beradi, media va axborot xizmatlarining funksiyalari doirasidagi faoliyatini baholash uchun zarur bo‘ladigan, ushbu funksiyalarni amalga oshirish va asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni tushunishni ta’minlaydi.
s) axborotlarni zudlik bilan tarqalishiga xizmat qiladi.
d) a va b javoblar to‘g‘ri