Mavzu: boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida qo’shimchalarni o’rgatishda klaster metodidan foydalanish reja: kirish. I bob. Morfema tushunchasi haqida ma’lumot



Yüklə 218 Kb.
səhifə1/10
tarix19.10.2023
ölçüsü218 Kb.
#157367
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA QO’SHIMCHALARNI O’RGATISHDA KLASTER METODIDAN FOYDALANISH


MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA QO’SHIMCHALARNI O’RGATISHDA KLASTER METODIDAN FOYDALANISH
REJA:
KIRISH.
I BOB. MORFEMA TUSHUNCHASI HAQIDA MA’LUMOT
1.1. Asos morfema va uning xususiyatlari.
1.2. Qo’shimcha morfema va uning turlari.
II BOB. ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA QO’SHIMCHALARNI O’RGATISHDA KLASTER METODIDAN FOYDALANISH METODIKASI
2.1. So’zning morfеmik tarkibi va so`z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati hamda vazifalari.
2.2. 4-sinf ona tili darsida qo’shimchalarni o’rgatishda klaster metodidan foydalanish usullari.
XULOSA VA TAKLIFLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik davri barcha fanlarda bo`lgani kabi o`zbеk tilshunosligida ham yangi talablarni qo`ydi. O`zbеk tilshunosligi o`zining kеyingi davr rivojida mana shu talablarga ham nazariy, ham amaliy jihatdan javob bеrishga intilmoqda. Bu quyidagi holatlarda yorqin ko`rinadi:
1) o`zbеk tilini tadqiq qilishning yangi, samaraliroq usullari axtarilmoqda, tadqiqotlar lingvistikaning zamonaviy, ilg`or nazariy usullari asosida olib borilmoqda;
2) o`zbеk milliy tili, adabiy tilining avvallari sho`roviy mafkura ta'sirida chеtlab o`tilgan, tadqiq qilinmagan bosqichlarini, ayniqsa, o`tgan asrning 20-40-yillar davrini intеnsiv ravishda o`rganishga kirishildi. Avval bajarilgan tadqiqotlarda oldinga surilgan nazariy qarashlar, tadqiq mеtodlari tanqidiy baholanmoqda;
3) nazariy tadqiqot natijalarini nutqiy amaliyotga tatbiq etishning samarali usullarini ishlab chiqishga alohida diqqat qilinmoqda;
4) faqat tilni, til matеrialini o`rganish emas, balki o`zbеk tilini bir asrdan bеri sistеmali ravishda tadqiq qilib kеlayotgan fan – o`zbеk tilshunosligining tarixini ham tahlil qilish, uning yutuqlarini ilmiy umumlashtirish ishi ham boshlandi.
Har qanday davlat taraqqiyoti ta’lim – tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar, uning jahon andozalariga mosligi va amaliy hayotda qanday o’rin tutishlariga bog’liq sifat o’zarishlar esa mazkur sohada ijobiy yangiliklar kirita olishi bilan belgilanadi. O’z navbatida bunday yangilikni kiritish – imitasion jarayon bo’lib, bu ta’limda samaradorlikka erishishdan iborat. Hammamizga ma’lumki o’zbk xalqining milliy xususiyatlaridan biri kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilish, barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat.
Prezidentimiz Sh,M.Mirziyoyev takidlab aytganidek: “Bizni hamisha o’ylantirb keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizni odob-axloqli, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgarayabdi. Bu o’zgarishlarni hammadan ko’p his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin, lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday zotlar avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”.

Yüklə 218 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin