ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI TINGLOVCHISI PRIMOV AZAMAT ISKANDAROVICHNING Bitiruv ishi “LEKSIKOLOGIYA” MODULINI O‘QITISHDA KLASTER METODIDAN FOYDALANISH Mavzu:
Reja:
KIRISH
I BOB. “LEKSIKOLOGIYA” MODULINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1.“Leksikologiya” moduli va uni o‘qitishning ustuvor yo‘nalishlari
1.2. “Leksikologiya” modulini o‘qitishda klaster metodidan foydalanishga doir innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar
1.3. “Leksikologiya” modulini o‘qitishda klaster metodidan foydalanishning mohiyati va mazmuni
II BOB. “LEKSIKOLOGIYA” MODULINI O‘QITISHDA KLASTER METODINING AMALIY AHAMIYATI, MODULNING O‘QUV-USLUBIY TA’MINOTI
2.1.O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (sillabus)
2.2. Ma’ruzalar matni
2.3. Modul yuzasidan amaliy topshiriq, ishlanmalar va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ILOVALAR
Har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalaridan biridir. Sh.M.Mirziyoyev Klaster metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmuyi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa, ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
Muammoli masalalarni dars jarayoniga olib kirish, talabalarda bu borada yetarli bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish, bunda klaster metodida foydalanish kabi jihatlarga qaratilganligi bilan ushbu bitiruv ishi dolzarblik kasb etadi.