Leksikologiya


Ushbu modulni o`qitish-ning vazifalari



Yüklə 8,15 Mb.
səhifə3/6
tarix17.10.2023
ölçüsü8,15 Mb.
#156759
1   2   3   4   5   6
LEKSIKOLOGIYAMODULINIOQITISHDAKLASTERMETODIDANFOYDALANISH

Ushbu modulni o`qitish-ning vazifalari
Klaster[1] metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim talabalarga ixtiyoriy muammo yoki mavzular xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
[1] Klа́ster (cluster inglizcha so`z bo`lib (скопление, кисть, рой) — yig`ish, to`plash; panja, g`o`ra, mo`yqalam, jamg`arish; uya, oila kabi ma’nolarni ifodalab, bir doiradagi tushunchalarni bir butunlikda anglatuvchi terminni anglatadi.
Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar, fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etgani sababli “Leksikologiya modelini o`qitishda qo`l keladi. “Leksikologiya” modulining har bir muammosi bo‘yicha klaster tuzish mumkin. Chunki bu bo‘lim so‘zlarni tasniflash, so‘z ma’nolarnini o‘rganishga xizmat qiladi.
Benjamin Blum tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv maqsadlari taksonomiyasi bilish, tushunish, amaliyotga qo‘llash, tahlil, sintez, xulosalash kabilarni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadlarning beshta jarayonida klasterdan foydalanish mumkinligi mutaxassislar tomonidan qayd qilingan.[1]
Ushbu jihatlar biz tadqiq qilayotgan modulni o`qitish xususiyatlatiga mos keladi.
[1] Tolipova J.O. Pedagogik kvalimetriya. – Toshkent, 2017.-B.30.
So`z ma’nolarning o`zaro munosabati, o`zi ifodalayotgan obyektni qanday ifodalashiga ko`ra farqli turlari mavjudligini klasterdan foydalanish asosida o`rgatish talabalarning mavzuni oson tushunishlariga, ularning xotirasida mustahkam saqlanishiga imkon beradi. Bundan tashqari, klaster metodi orqali darsni tashkil etish talabalarning o`rganilayotgan obyektga nisbatan diqqatini oshirishga, olingan bilimlarni analiz va sintez qilish, umumlashtirish, taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o`rgatadi, mavzuni o`rganish uchun ishchi muhiti yaratiladi.
Klaster
- Mavzu bo‘yicha erkin va ochiq fikrlash
- Fikrlarni rag‘batlantiradi
- Ko‘p variantli fikrlash
- Yangi fikrlar uyg‘otish
-Mavjud bilimlarni esga olish
- Olingan bilimlarni mustahkamlash
- Bilim va tafakkurlarni chizma shaklida ifodalash
- umumlashtirish
- O‘rganilayotgan tushunchalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish

Yüklə 8,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin